{"id":26697,"date":"2022-05-04T15:31:22","date_gmt":"2022-05-04T12:31:22","guid":{"rendered":"https:\/\/milliycha.uz\/?p=26697"},"modified":"2022-05-04T15:31:23","modified_gmt":"2022-05-04T12:31:23","slug":"elbek","status":"publish","type":"post","link":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/elbek\/","title":{"rendered":"ELBEK"},"content":{"rendered":"\n<p>ELBEK (taxallusi; asl nomi Yunusov Mashriq) (1898, Bo&#8217;stonliq tumani Xumson qishlog&#8217;i \u2014 1939.11.2, Magadan) \u2014 shoir, tilshunos va folklorshunos. 1911 yilda muhtojlik orqasida Toshkentga ko&#8217;chib kelib, qarollik bilan shug&#8217;ullangan. Xizmatdan bo&#8217;sh vaqtlarida &#171;Xoniy&#187; maktabi (1911), so&#8217;ng Avloniyning &#171;usuli savtiya&#187; maktabi (1914) da o&#8217;qigan. Ayni paytda bosmaxonada ishlab, gazeta sotish bilan turmush kechirgan. Narimonov nomidagi ta&#8217;lim-tarbiya texnikumida o&#8217;qituvchilik qilgan (1920 yildan). Madaniy qurilish ilmiy tekshirish institutida ilmiy xodim (1931-34). Ijodi 1917 yildan boshlangan. Dastlabki she&#8217;rlari &#171;el bayrog&#8217;i&#187;, &#171;Turon&#187;, &#171;Turk so&#8217;zi&#187;, &#171;Ulug&#8217; Turkiston&#187; gazetalari, shuningdek, &#171;O&#8217;zbek yosh shoirlari&#187; to&#8217;plami (1922) da bosilgan. Elbek \u2014 &#171;Armug&#8217;on&#187;, &#171;Yolqinlar&#187; (1925), &#171;Sezgilar&#187; (1927), &#171;Mehnat kuylari&#187;, &#171;G&#8217;unchalar&#187;, &#171;Chirchiq bo&#8217;ylarida&#187; (1935), &#171;Bolalar qo&#8217;shig&#8217;i&#187;, &#171;She&#8217;rlar to&#8217;plami&#187; (1936), &#171;she&#8217;rlar&#187; (1937) singari she&#8217;riy to&#8217;plamlar, &#171;Anorgul&#187; (1926), &#171;go&#8217;zal qiz&#187; (1927), &#171;Turkiston&#187; (1928), &#171;Bizniki&#187;, &#171;Paxta&#187;, &#171;O&#8217;tmishim&#187;, &#171;Chirchiq&#187; (1929), &#171;Batrak kolxozi&#187; (1930), &#171;O&#8217;zbekiston&#187; (1934), &#171;Bog&#8217;bon&#187;, &#171;etik&#187;, &#171;mergan&#187; (1935) singari dostonlar, &#171;Tozagul&#187; (1934) she&#8217;riy romani, &#171;Qo&#8217;shchi turg&#8217;un&#187; (1925), &#171;Dadamat&#187; (1936) hikoyalar kitobi muallifi. Elbek she&#8217;riy va nasriy asarlarida o&#8217;zbek xalqining yaqin tarixidan olingan, shu jumladan, shoirning kechmish-kechirmishi bilan bog&#8217;liq voqealar tasviri muhim o&#8217;rinni egallaydi. U tarixiy o&#8217;tmishga murojaat etganida ham, zamonaviy mavzularda qalam tebratganida ham ibratli voqealarni tasvirlashga, zamondoshlarining, ayniqsa, yosh avlodning dunyoqarashi va axloq-odobini shakllantirishda katta ahamiyatga ega bo&#8217;lgan masalalarni ko&#8217;tarishga intilgan. Elbek shu maqsadda hamma uchun tushunarli, ommabop til va uslubda, masal, rivoyat, qo&#8217;shiq singari xalqchil janrlarda asarlar yozishga alohida e&#8217;tibor bergan. A. Avloniy va Hamza qatori, Elbek ham masal janrida olib borgan izlanishlari bilan Gulxaniyning masalnavislik an&#8217;analarini davom ettirgan, bolalarga bag&#8217;ishlangan asarlari bilan o&#8217;zbek bolalar adabiyotining rivojlanishiga sezilarli hissa qo&#8217;shgan, 20-asr o&#8217;zbek adabiyotida birinchi bo&#8217;lib she&#8217;riy roman janrini boshlab bergan. Elbek 2, 4sinf o&#8217;quvchilari uchun &#171;yozuv yo&#8217;llari&#187; (1-bo&#8217;lak, 1921), &#171;o&#8217;rnak&#187;, &#171;Boshlang&#8217;ich maktabda ona tili&#187; (1923), &#171;Go&#8217;zal yozg&#8217;ichlar&#187; (1925) kabi o&#8217;quv qo&#8217;llanmalari va majmualarni yaratgan. Xalq og&#8217;zaki ijodi materiallarini to&#8217;plash va o&#8217;rganish maqsadida 1921-22 yillarda Bo&#8217;stonliq tumaniga, 1932 yilda esa Ohangaron va Chirchiq tumanlariga hamda Farg&#8217;ona vodiysiga ekspeditsiya uyushtirgan. Elbek ilmiy safarlar natijasida to&#8217;plangan materiallardan 1, 3-sinflar uchun &#171;bilim&#187; to&#8217;plamida keng foydalangan. &#171;Ashulalar to&#8217;plami&#187; (1934-35 yillarda 2 marta nashr etilgan), &#171;laparlar&#187; va &#171;ertaklar&#187; (1935) to&#8217;plamlarini e&#8217;lon qilgan. Elbek I.A. Krilov, A.S. Pushkin va N.A. Nekrasovning bir necha she&#8217;rlarini o&#8217;zbek tiliga tarjima qilgan. Uning &#171;O&#8217;zbekcha shakldosh so&#8217;zlar&#187; lug&#8217;ati (1934) o&#8217;zbek tilidagi dastlabki omonimlar lug&#8217;atidir. Elbek 1937 yilda qatag&#8217;on etilib, 10 yillik jazo muddatini o&#8217;tash uchun Magadanga jo&#8217;natilgan va o&#8217;sha yerda vafot etgan. 1957 yil 1 avgustda oklangan. As: tanlangan asarlar, T., 1999. Ad.: Yunusov M ., Hayot nafasi, T., 1983; Qobulov N., Elbek, T, 1988. Naim Karimov.<\/p>\n","protected":false},"excerpt":{"rendered":"<p>ELBEK (taxallusi; asl nomi Yunusov Mashriq) (1898, Bo&#8217;stonliq tumani Xumson qishlog&#8217;i \u2014 1939.11.2, Magadan) \u2014 shoir, tilshunos va folklorshunos. 1911 yilda muhtojlik orqasida Toshkentga ko&#8217;chib kelib, qarollik bilan shug&#8217;ullangan. Xizmatdan &hellip; <a href=\"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/elbek\/\" class=\"more-link\">Read More<\/a><\/p>\n","protected":false},"author":1,"featured_media":16402,"comment_status":"open","ping_status":"open","sticky":false,"template":"","format":"standard","meta":{"footnotes":""},"categories":[189],"tags":[],"class_list":["post-26697","post","type-post","status-publish","format-standard","has-post-thumbnail","hentry","category-e-harfi","entry"],"translation":{"provider":"WPGlobus","version":"3.0.2","language":"ru","enabled_languages":["uz","kr","ru"],"languages":{"uz":{"title":true,"content":true,"excerpt":false},"kr":{"title":false,"content":false,"excerpt":false},"ru":{"title":false,"content":false,"excerpt":false}}},"_links":{"self":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/26697","targetHints":{"allow":["GET"]}}],"collection":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/posts"}],"about":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/types\/post"}],"author":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/users\/1"}],"replies":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/comments?post=26697"}],"version-history":[{"count":1,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/26697\/revisions"}],"predecessor-version":[{"id":26698,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/26697\/revisions\/26698"}],"wp:featuredmedia":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/media\/16402"}],"wp:attachment":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/media?parent=26697"}],"wp:term":[{"taxonomy":"category","embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/categories?post=26697"},{"taxonomy":"post_tag","embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/tags?post=26697"}],"curies":[{"name":"wp","href":"https:\/\/api.w.org\/{rel}","templated":true}]}}