{"id":26724,"date":"2022-05-04T17:25:27","date_gmt":"2022-05-04T14:25:27","guid":{"rendered":"https:\/\/milliycha.uz\/?p=26724"},"modified":"2022-05-04T17:25:29","modified_gmt":"2022-05-04T14:25:29","slug":"elektr-bilan-davolash","status":"publish","type":"post","link":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/elektr-bilan-davolash\/","title":{"rendered":"ELEKTR BILAN DAVOLASH"},"content":{"rendered":"\n<p>ELEKTR BILAN DAVOLASH, elektroterapiya \u2014 elektr toki, elektr va magnit maydonlaridan davolash hamda profilaktika maqsadida foydalanish; fizioterapiyaning muhim bo&#8217;limi. Elektr bilan davolash faqat vrach buyurganda mustaqil tarzda va boshqalar davo choralari bilan birga qo&#8217;llaniladi. Bemorni davolashda Elektr bilan davolash yordamchi davo usuli hisoblanadi. Bunda past quchlanishli o&#8217;zgarmas elektr toki, o&#8217;zgaruvchan toklar, shuningdek, past chastotali impulsli toklar, turli chastotali o&#8217;zgaruvchan magnit maydonlar, yuqori chastotali o&#8217;zgaruvchan magnit maydoni va boshqalar qo&#8217;llaniladi. Past kuchlanishli tok elektrodlar orasida turgan tananing ma&#8217;lum qismidan o&#8217;tganida hujayrada fizikkimyoviy jarayonlarning o&#8217;zgarishi ro&#8217;y beradi, qon aylanishi, uyqu yaxshilanadi, og&#8217;riq kamayadi, yallig&#8217;lanish jarayonlarini bartaraf etishga yordam beradigan sharoitlar yaratiladi, zararlangan to&#8217;qimalarning tiklanishi tezlashadi va hokazolar. Mazkur reaktsiyalar past chastotali impulsli tok bilan davolaganda kamroq seziladi, bu \u2014 impulsli toklarni og&#8217;riqni kamaytirish, uyqu buzilganda (elektruyqu), bo&#8217;shashgan muskullarni mashq qildirish (elektr stimulyatsiyasi) da qo&#8217;llashga imkon beradi. Past chastotali o&#8217;zgaruvchan magnit maydonini davolash maqsadida qo&#8217;llash magnitoterapiya deb ataladi. Davo induktorlar \u2014 elektr magnitlari yordamida o&#8217;tkaziladi, elektromagnit badanning ta&#8217;sir ko&#8217;rsatilishi kerak bo&#8217;lgan ma&#8217;lum joyiga qo&#8217;yiladi. Magnit maydonining kuch chiziqlari to&#8217;qimalarga qarab, ularni ma&#8217;lum darajali isitadi va turli fizik-kimyoviy o&#8217;zgarishlarni yuzaga keltiradi, bu og&#8217;riq va qichishishning kamayishiga, tomirlar kengayishiga, uyquning yaxshilanishiga yordam beradi. Franklinizatsiyada davo maxsus konstruktsiyadagi ignali elektrodlar bilan o&#8217;tkaziladi. Ignali elektrodlar boshning yoki zararlangan soha (yara)ning ustiga qo&#8217;yiladi, bunda nerv sistemasi, uyqu va umumiy ahvolning yaxshilanishi kuzatiladi. Uvchterapiyada Ultra yuqori chastotali o&#8217;zgaruvchan elektr maydonidan foydalaniladi, bunda davo zararlangan joyga qo&#8217;yiladigan kondensator plastinkalar bilan bilinarbilinmas issiqtik ta&#8217;sir ettirib o&#8217;tkaziladi. UVCH yallig&#8217;lanishga qarshi ta&#8217;sir ko&#8217;rsatadi, tomirlarni kengaytiradi, to&#8217;qimalar oziqlanishini yaxshilaydi va og&#8217;riqni kamaytiradi. Mikroto&#8217;lqinli terapiya \u2014 o&#8217;ta yuqori chastotali (santimetr va desimetr diapazonidagi) nurlanishning elektr magnit maydonini davolash maqsadida qo&#8217;llashdan iborat. Davo turli shakldagi nurlantirgichlar bilan ta&#8217;sir ko&#8217;rsatib o&#8217;tkaziladi, muolajada bemorlarda issiqlik hissi paydo bo&#8217;ladi. Bo&#8217;g&#8217;imlar, umurtqa pog&#8217;onasi, periferik nerv shikastlanganda, quloq, tomoq va burun, ayollar jinsiy a&#8217;zolarining o&#8217;tkir yallig&#8217;lanish kasalliklarida qo&#8217;llaniladi. Elektr bilan davolash usullari og&#8217;ritmaydi va bemorlar uchun xavfsizdir, lekin bunda bir qator qoidalarga rioya qilish talab etiladi. Elektr davoni ovqatlangandan 1-1,5 soat o&#8217;tgach qilish, muolaja paytida yerga tutashirilgan narsalarga (apparat korpusiga, isitgich batareyalariga, kranlar va boshqalarga) va muolaja qabul qilayotgan bemorlarga tegmaslik zarur. Elektr bilan davolash mahalliy va umumiy ta&#8217;sirlar tarzida bemorning tanasiga elektrodlar qo&#8217;yib (elektr toki qo&#8217;llaganda) yoki elektrodlarsiz (elektromagnit maydonlaridan foydalanilganda) amalga oshiriladi. Elektr bilan davolashda impulsli toklardan foydalanish yaxshi natija beradi. Ayniqsa, past chastotadagi impulsli toklar neyroendokrin regulyatsiya buzilganda to&#8217;qimalarga trofik ta&#8217;sir etib uni normallashtiradi, ayrim a&#8217;zo va sistemalar faoliyatini kuchaytiradi. Elektr bilan davolashning barcha usullari qo&#8217;llanilganda umumiy nospesifik reaktsiyalar \u2014 qon aylanishi, moddalar almashinuvi, to&#8217;qimalar trofikasi, organizm himoya xossalarining kuchayishi kuzatiladi. Elektr bilan davolash terapiyash muhim o&#8217;rinni egallaydi.<\/p>\n","protected":false},"excerpt":{"rendered":"<p>ELEKTR BILAN DAVOLASH, elektroterapiya \u2014 elektr toki, elektr va magnit maydonlaridan davolash hamda profilaktika maqsadida foydalanish; fizioterapiyaning muhim bo&#8217;limi. Elektr bilan davolash faqat vrach buyurganda mustaqil tarzda va boshqalar davo &hellip; <a href=\"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/elektr-bilan-davolash\/\" class=\"more-link\">Read More<\/a><\/p>\n","protected":false},"author":1,"featured_media":16402,"comment_status":"open","ping_status":"open","sticky":false,"template":"","format":"standard","meta":{"footnotes":""},"categories":[189],"tags":[],"class_list":["post-26724","post","type-post","status-publish","format-standard","has-post-thumbnail","hentry","category-e-harfi","entry"],"translation":{"provider":"WPGlobus","version":"3.0.2","language":"ru","enabled_languages":["uz","kr","ru"],"languages":{"uz":{"title":true,"content":true,"excerpt":false},"kr":{"title":false,"content":false,"excerpt":false},"ru":{"title":false,"content":false,"excerpt":false}}},"_links":{"self":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/26724","targetHints":{"allow":["GET"]}}],"collection":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/posts"}],"about":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/types\/post"}],"author":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/users\/1"}],"replies":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/comments?post=26724"}],"version-history":[{"count":1,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/26724\/revisions"}],"predecessor-version":[{"id":26732,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/26724\/revisions\/26732"}],"wp:featuredmedia":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/media\/16402"}],"wp:attachment":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/media?parent=26724"}],"wp:term":[{"taxonomy":"category","embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/categories?post=26724"},{"taxonomy":"post_tag","embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/tags?post=26724"}],"curies":[{"name":"wp","href":"https:\/\/api.w.org\/{rel}","templated":true}]}}