{"id":26765,"date":"2022-05-18T07:43:32","date_gmt":"2022-05-18T04:43:32","guid":{"rendered":"https:\/\/milliycha.uz\/?p=26765"},"modified":"2022-05-18T07:43:33","modified_gmt":"2022-05-18T04:43:33","slug":"elektr-razryadi","status":"publish","type":"post","link":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/elektr-razryadi\/","title":{"rendered":"ELEKTR RAZRYADI"},"content":{"rendered":"\n<p>ELEKTR RAZRYADI elektrlangan jismlarning tashqi ta&#8217;sir natijasida zaryadigsh yo&#8217;qotishi. Akkumulyatorlar va boshqalar kimyoviy elektr manbalarida, kondensatorlarda turli ishorali zaryadlar bilan zaryadlangan o&#8217;tkazgichlar o&#8217;zaro ta&#8217;sirlashganda sodir bo&#8217;ladi. Elektr razryadi gaz, vakuum va dielektriklarda ham ro&#8217;y beradi. Gazdan tok o&#8217;tishi gaz razryadi deb ataladi. Gaz razryadning mustaqil va nomustaqil turlari mavjud. Gazning o&#8217;tkazuvchanligi ionizatorga bog&#8217;liq bo&#8217;lsa, nomustaqil, tashqi ta&#8217;sirsiz gazdan tok o&#8217;tsa, mustaqil razryad bo&#8217;ladi. Gazlarning xossa va holatlariga, elektrodlarning materiali, shakli, o&#8217;lchamlari va o&#8217;zaro joylashishiga, elektrodlardagi kuchlanish kattaligiga bog&#8217;liq ravishda mustaqil razryadning miltillama razryad, yoy razryad, toj razryad, uchqun razryad, yashin kabi turlari kuzatiladi. Miltillama razryad gazda past bosimlarda kuzatiladi. Bunda elektrodlar orasidagi masofa 30-50 santimetr, elektrodlardagi kuchlanish o&#8217;zgarmas va bir necha yuz voltga teng bo&#8217;ladi. Nurlanishning rangi nay ichiga to&#8217;ldirilgan gaz turiga bog&#8217;liq. Bu xildagi razryad kunduzgi yorug&#8217;lik lampalarida, gaz razryadli naylar dekoratsiya maqsadlarida yoki reklama yozuvlarida ishlatiladi. Yuqori chastotali o&#8217;zgaruvchan elektr maydon ta&#8217;sirida yuqori chastotali gaz razryad paydo bo&#8217;ladi. Yuqori chastotali razryaddan spektroskopiyada yorug&#8217;lik manbai sifatida, texnikada tok yo&#8217;nalishini o&#8217;zgartirish, o&#8217;zgaruvchan tokni o&#8217;zgarmas tokka aylantirish bilan bog&#8217;liq bo&#8217;lgan ishlar va boshqalarda foydalaniladi. Toj razryad bir jinsli bo&#8217;lmagan elektr maydonipa bo&#8217;lgan gazda elektrodlar o&#8217;tkir qismlarining yaqinida binafsha rangdagi nurlanish tarzida paydo bo&#8217;ladi. Toj razryad yuqori kuchlanishli simlar yaqinida, daraxtlarning o&#8217;tkir uchlari va boshqalarda hosil bo&#8217;ladi. Yashin qaytargichlarning ishi toj razryadga asoslangan. Atmosferada momoqaldiroq bo&#8217;lgan vaqtda hosil bo&#8217;ladigan kuchli elektr maydon yashin qaytargichning uchida toj razryadni vujudga keltiradi. Bu razryad zaryadlarning bino oldida to&#8217;planishiga yo&#8217;l qo&#8217;ymay, ularni yerga o&#8217;tkazib turadi va binoga yashin tushishidan saqlaydi. Uchqun razryad normal yoki yuqori bosim sharoitida elektrodlar orasidagi elektr maydon kuchlanganligi juda katta bo&#8217;lganda havoda vujudga keladi. Uchqun razryaddan uchqun razryadlagichlarda, ichki yonuv dvigatelida yonilg&#8217;i aralashmasini o&#8217;t oldirishda, metall sirtini erroziyadan tozalash va boshqalar maqsadlarda foydalaniladi.<\/p>\n","protected":false},"excerpt":{"rendered":"<p>ELEKTR RAZRYADI elektrlangan jismlarning tashqi ta&#8217;sir natijasida zaryadigsh yo&#8217;qotishi. Akkumulyatorlar va boshqalar kimyoviy elektr manbalarida, kondensatorlarda turli ishorali zaryadlar bilan zaryadlangan o&#8217;tkazgichlar o&#8217;zaro ta&#8217;sirlashganda sodir bo&#8217;ladi. Elektr razryadi gaz, vakuum &hellip; <a href=\"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/elektr-razryadi\/\" class=\"more-link\">Read More<\/a><\/p>\n","protected":false},"author":1,"featured_media":16402,"comment_status":"open","ping_status":"open","sticky":false,"template":"","format":"standard","meta":{"footnotes":""},"categories":[189],"tags":[],"class_list":["post-26765","post","type-post","status-publish","format-standard","has-post-thumbnail","hentry","category-e-harfi","entry"],"translation":{"provider":"WPGlobus","version":"3.0.2","language":"ru","enabled_languages":["uz","kr","ru"],"languages":{"uz":{"title":true,"content":true,"excerpt":false},"kr":{"title":false,"content":false,"excerpt":false},"ru":{"title":false,"content":false,"excerpt":false}}},"_links":{"self":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/26765","targetHints":{"allow":["GET"]}}],"collection":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/posts"}],"about":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/types\/post"}],"author":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/users\/1"}],"replies":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/comments?post=26765"}],"version-history":[{"count":1,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/26765\/revisions"}],"predecessor-version":[{"id":26772,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/26765\/revisions\/26772"}],"wp:featuredmedia":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/media\/16402"}],"wp:attachment":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/media?parent=26765"}],"wp:term":[{"taxonomy":"category","embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/categories?post=26765"},{"taxonomy":"post_tag","embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/tags?post=26765"}],"curies":[{"name":"wp","href":"https:\/\/api.w.org\/{rel}","templated":true}]}}