{"id":2680,"date":"2021-10-01T09:34:39","date_gmt":"2021-10-01T06:34:39","guid":{"rendered":"https:\/\/milliycha.uz\/?p=2680"},"modified":"2024-07-22T09:16:48","modified_gmt":"2024-07-22T06:16:48","slug":"qadimiy-yunon-libosi","status":"publish","type":"post","link":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/qadimiy-yunon-libosi\/","title":{"rendered":"Qadimiy Yunon libosi"},"content":{"rendered":"\n<p>Mil. avv. VII-I asrlarda Bolqon yarim orolida Qadim Yunonistonning o \u2018ziga xos ajoyib madaniyati gullab-yashnadi. Yunonistonning qulay tabiiy iqlimi &#8212; iliq dengiz havosi, unumdor yerlar, boy qazilma boyliklar yerli xalqning asosiy ish faoliyatini belgilab berdi. Yunonistonning siyosiy jamiyat boshqaruvi qattiqqo\u2019llikka asoslangan sharq mamlakatlaridan keskin farq qilardi. Uning asosi demokratiya hamda quldorlikka asoslangan jamiyat qurilishi edi.<\/p>\n\n\n\n<p>Yunon san\u2019ati realistik xarakterga ega bo&#8217;lib, inson shaxsi go&#8217;zalligi, uning cheksiz qobiliyatga ega ekanligiga ishonch, badiiy tilining oddiy va yorqinligi hayot haqiqatiga asoslanganligi \u2013 bularning ban Yunon san\u2019atining asosiy tamoyillari bo&#8217;lib, qadim antik madaniyati, butun Yevropa madaniyati va uning kelajagi uchun katta ahamiyat kasb etdi.<\/p>\n\n\n\n<p><strong>Go\u2018zallik tushunchasi. <\/strong>Qadim yunon madaniyatida ruh va tana go\u2018zalligining uyg\u2018unligiga alohida e\u2019tibor berildi. Vatanparvarlik, yuksak fuqarolik burchi, aqliy dunyoqarash va axloqiy poklik uning jisman go\u2018zalligi bilan uyg\u2018un bo\u2019lishi lozim deb qaraldi.<\/p>\n\n\n\n<p>Inson tanasi go\u2018zalligi, undagi a\u2019zolarning mutanosibligi &#8212; bularning bari alohida ahamiyat kasb etardi. Yunon musavviri Polikletning \u201cDorifon\u201d (\u201cNayza irg\u2018ituvchi\u00bb) haykalida inson tana go\u2018zalligi aks ettirilgan. Ushbu haykaltaroshning \u00abQanon\u00bb nazariy traktatida inson go&#8217;zalligi, unga qo&#8217;yiladigan talablarga alohida o \u2018rin berilgan. Traktatda o\u2018lchov birligi sifatida inson tanasi olingan bo\u2018lib, tana o\u2019lchamlarida ham alohida mezonlar mavjud. Xususan, kalla inson tanasining yettidan bir qismiga teng bo&#8217;lishi kerak degan qarash tan olingan.<\/p>\n\n\n\n<p>Yunon ayolining o\u2018mi jamiyatda nechog&#8217;liq cheklanganligiga qaramay, qadim Yunoniston san\u2019atida ayol tasvirida ham sog\u2018lom, har tomonlama barkamol taraqqiy etgan, maqsadli shaxs qiyofasini aks ettirishga intilish kuchli. Xususan, Venera Milosskaya nomi bilan mashhur Afrodita haykali fikrimizni isbotlaydi. llohaning yuz tuzilishi, xususan, to\u2018g\u2018ri chiziqli burun va dahan, uncha keng bo\u2019lmagan manglay, biroz to\u2018lqinsimon sochlar, yoysimon qoshlar bilan chegaralangan katta bo\u2018rtib turgan ko\u2018zlar &#8212; bularning bari hozirgacha ayollar go\u2018zalligining ramzi hisoblanadi.<\/p>\n\n\n\n<p>Qadim haykallar rangi va adabiy asarlardagi tasvirlardan ma\u2019lum bo\u2018lishicha, yunonlar yorqin ranglarni &#8212; oltin sochlar, moviy ko\u2018zlar, oppoq terini yuqori qo\u2018yib, qadrlashgan. Biroq garmonik rivojlangan shaxslarga qo\u2018yiladigan talablar asosan yuqori tabaqa vakillarigagina xos bo&#8217;lib, quyi qatlam, xususan, hunarmandlar va qullarga bu aloqador emasdi.<\/p>\n\n\n\n<p>Yunon liboslari jamiyat estetik qarashlarning in\u2019ikosi bo\u2018lib, jamiyat idealini o\u2018zida aks ettirgan. Salobatli va oddiy, jisman mashq qilingan tana uchun harakat va erkinlik tug\u2018dirish \u2013 burmalangan qadim yunon libosi uchun asos rolini bajargan.<\/p>\n\n\n\n<p>Turli o&#8217;lchamdagi to\u2018g\u2018ri to\u2018rtburchak shaklidagi mato turfa xil buklamalar va taxlamlar ila burmalanib, tananing go\u2018zalligini namoyon ettirishga xizmat qilgan. Yunonlar o\u2018z liboslari uchun yumshoq, to\u2018kilib turadigan, yaxshi burmalanadigan matolarni tanlashgan. Matolar bu davrda qo\u2018lda to\u2018qilib, ulaming eni 2 metrgacha bo\u2018lgan. To\u2018quvchilik kasbi juda qadrlangan. Qadim yunon mifologiyasiga ko\u2018ra Olimp xudolarining bari mohir to&#8217;quvchi bo&#8217;lib, bir-birlari ila ushbu hunarda musobaqalashishgan.<\/p>\n\n\n\n<p>Matolar asosan junli va zig&#8217;ir tolalaridan to&#8217;qilgan. Paxta tolasini birinchi bor Aleksandr Makedonskiyning yurishlari davrida Hindistonda ko&#8217;rgan yunonlar hayratlanib, unga \u00abjun daraxti\u00bb deya nom berishgan. Yunonlarni libosning shakliy tuzilishi emas, balki ko\u2018proq uning badiiy plastik xususiyatlari qiziqtirgan. Eramizdan avvalgi V-IV asrlarga kelib, avvalgi davrlarda keng tarqalgan turli rasmlangan matolar o&#8217;rnini sidirg\u2018a, ko\u2018k, qizil, binafsha, yashil, sariq, jigarrang va ayniqsa oq rangdagi matolar egalladi. Yunon liboslarida qora rang ishlatilmagan. Kul rang va jigarrang motam ranglari hisoblangan.<\/p>\n\n\n\n<p>Sidirg&#8217;a matolar, turli shaklagi kashta, applikatsiya rasmlar ila hoshiyalangan. Bezaklar omamentlari geometrik yoki o&#8217;simliksimon xarakterga ega. Bular \u2014 meandr, to\u2018lqinsimon, palmetta. Liboslardagi vertikal buklamalar uiaming aniq va yorqinligini oshirib, go\u2018zalligini va plastik harakatlar erkinligini ta \u2019minlagan.<\/p>\n\n\n\n<p><strong>Erkaklar libosi.<\/strong> Erkaklar libosi ikki qismdan: ya\u2019ni xiton va gimatiydan iborat bo&#8217;lgan. Xiton bizning tasavvurimizdagi ich kiyim bo&#8217;lib, u asosan zig\u2018ir yoki junli toladan to\u2018qilgan matodan tayyorlangan. Xitonning yelka qismi tikilishi, yoxud fibula deb ataluvchi to\u2018qalar ila mahkamlangan. Xitonning ikki yonboshi tikilgan, ba\u2019zan bir yonboshi ochiq qoldirilgan. Xitonning uzunligi turlicha bo\u2018lsa-da, asosan tizzagacha bo\u2018lgan shakli keng tarqalgan. Eng keng tarqalgan ustki kiyim, ya\u2019ni yopinchiqlar gimatiy deb atalgan. Gimatiylaming o\u2018lchami 1,7 x 4 metr bo\u2018lib, to&#8217;g&#8217;ri to\u2018rtburchak shaklidadir. Gimatiylar inson tanasiga turli usulda o\u2018ralib, burmalanib, tashlanib mustahkamlanadigan yopinchiqlardir. Matoning taxlanish, burmalanish, mustahkamlanish va o&#8217;ralish uslubiga ko\u2018ra gimatiylar turli xil ko&#8217;rinishda yaratilgan. Yelkaga tashlangan uchi sirg\u2018alib ketmasligi uchun unga bir bo&#8217;lak og&#8217;ir metal mahkamlanib, ilib qo\u2018yilgan. Spartada jun matosidan qilingan gimatiylar tanaga xitonsiz kiyilgan.<\/p>\n\n\n\n<p>Ustki kiyim yana bir shakli xlamidalar bo\u2019lib, yelkaga tashlab olingan xlamidalar ko\u2019krak qismida yoki yelkada fibula, ya\u2019ni to\u2019g\u2019nog\u2019ich bilan mahkamlangan. Xlamidalar ham shaklan to\u2019g\u2019ri to\u2019rtburchak matodan qilingan bo\u2019lib, ular gimatiyga nisbatan biroz kalta bo\u2019lgan.<\/p>\n\n\n\n<p>Odatda jun matodan tayorlangan xlamidalar o\u2019zining vertikal holatdagi ko\u2019p burmalari bilan ajralib turadi. Harbiylar metalldan peshband, uning ustida kalta xitonning ustidan \u201ckirasa\u201d deb nom olgan sovut kiyishgan. Ularning ustki kiyimi binafsha rangdagi xlamidalar bo\u2019lib, boshlariga dubulg\u2019a kiyishgan. Ularning boldirlari \u201cknemisi\u201d bilan himoyalangan. Hunarmandlar va kosiblar asosan dag\u2019al jun tolasidan qilingan yengsiz, ba\u2019zan kalta yengli xitonlar kiyishgan bo\u2019lsa, qullar kiyimi o\u2019ng tomoni ochiq \u201cekzomid\u201d yoki belga bog\u2019langan peshbanddangina iborat bo\u2019lgan.<\/p>\n\n\n\n<p>Yunonlar poyabzalining shakli oyoq kaftini takrorlab, asosan probka daraxti yoki arqondan tayyorlangan taglikdan iborat bo\u2019lib, u arqon yoki charm tasmalar yordamida oyoq to\u2019piqlari yoki boldirga mahkamlanib, kiyib yurilgan. Qadim dunyoning boshqa davlatlari singri Yunonistonda ham poyabzalni faqat yuqori tabaqa vakillarigina kiygan. Sandallarning bezaklari asosan turli rangda ishlovlangan teri, undagi chizgilar, turli metal, to\u2019qalar va duru marvarid bezaklar bilan bezaklangan.<\/p>\n\n\n\n<p>Bosh kiyimlar asosan yog\u2018in-sochinli ob-havo sharoitida yoxud sayohatlar paytidagina kiyilgan. Fetrdan tayyorlangan keng soyabonli, tepa qismi past shlyapalar kam bo\u2018lsa-da mavjud bosh kiyimlaridir. Uni, shuningdek, yelkaga tashlab qo\u2018yiladigan tasma bog\u2018lag\u2018ichlar bilan kiyishgan.<\/p>\n\n\n\n<p>Ushbu davrda erkaklar kalta soeh, yarimyoy shaklidagi soqol, mo\u2018ylov qo\u2018yishgan. Yigitlar soqol, mo\u2018ylovini qirtishlab olishgan, uzun sochlarini esa uzuksimon moslama bilan birlashtirib yurishgan. Yunonlar soqolni erkakning rutbasi deb hisoblashgan. Haykaltaroshlar buyuk shaxslarni navqiron qiyofada tasvirlab, yoshini soqoli ila ifodalashgan. Aynan soqol tasvir etilayotgan shaxsning yoshini anglatgan.<\/p>\n\n\n\n<p><strong>Ayollar libosi. <\/strong>Yunonistonda ayollaming o\u2018rni va haq-huquqlari erkaklarnikidan past bo\u2018lsa-da, biroq jamiyatdagi go\u2018zallik va nafosat tarbiyasida, xususan, avlodlar tarbiyasida ularning alohida o\u2018rni bo\u2018lgan. Bu ularning liboslari bichimiga ham katta ta\u2019sir ko\u2018rsatgan.<\/p>\n\n\n\n<p>Ayollar libosi ham xiton va gimatiydan iborat bo\u2018lib, ular o \u2018zining bezagi va turli tumanligi ila erkaklarnikidan ajralib turgan.<\/p>\n\n\n\n<p>Ayollar xitoni o\u2018z tuzilishiga ko\u2018ra erkaklarnikidan farqlangan. Bu asosan ulardagi burmalaming ko\u2018pligi, shuningdek, bezakdorligida ko\u2018zga tashlanadi. Ayollar xitonining o\u2018ziga xosligi yuqori qismidagi qaytarmalaridir. Diploidalar deb nom olgan bu qaytarmalar libosda bezak o\u2018rnini bosib, u boshqa rangdagi matodan qilingan, turli tuman kashtalar, applikatsiyalar, bezakli detallar bilan bezaklangan. Qaytarmaning uzunligi turlicha bo\u2018lgan. Xususan, ular ko&#8217;krakkacha, bo\u2018ksagacha, tizzagacha bo\u2018lishi mumkin edi. Xuddi erkaklar xitonlari singari ayollarniki ham yelkaga fibulato\u2018g\u2018nog\u2018ichlar ila mahkamlanib, belda kolpos deb nom olgan belbog\u2018 bilan mahkamlanib, ayol tanasi go\u2018zalligini bo\u2018rttirib turgan. Kolposlar odatda belga bog\u2018lansa-da, uni ko\u2018krak pastidan yoki bo\u2018ksadan bog\u2018lash keng tarqalgan. Kolposlar enlik belbog\u2018lar bo&#8217;lib, ularni odatda tugun qilib bog\u2018langach, qolgan qismi uzun qilib tashlab qo\u2018yilgan.<\/p>\n\n\n\n<p>Vaqt o\u2019tgan sari xitonlar yanada mayinroq matolardan qilina boshlangach, ularga kolpos deb nomlangan bog\u2019ichlar bilan shakily ko\u2019rinish berilgan. Kolposlar nafaqat belda, shuningdek bo\u2019ksadan yoki ko\u2019krak qismida xochsimon (krestsimon) shaklda bog\u2019lanib, ular yeng shaklini bera boshlgan.<\/p>\n\n\n\n<p>Ayollar ostki kiyimi \u2013 gimatiylar ham turli usulda burmalangan. Ayollar gimatiylari shaklan erkaklarnikidan kichikroq bo\u2019lsa-da, o\u2019zining bezakdorligi bilan ularnikidan ajralib turardi.<\/p>\n\n\n\n<p>Ayollar sandalining shakily ko\u2019rinishi turlicha bo\u2019lib, u o\u2019zining bezakdorligi, yorqin ranglardagi teridan qilinib, oltin va kumush ila ziynatlangani bilan farqlanadi.<\/p>\n\n\n\n<p>Ayollar bosh kiyimini juda kam kiyishgan. Yog\u2019in-sochinli sharoitlarda asosan, gimatiy va xitonlarning yuqori tomoni ila o\u2019zlarini muhofazalashgan.<\/p>\n\n\n\n<p>Ayollar soch turmagi turlicha bo\u2019lib, bu davrda uzun va kalta soch birdek ko\u2019p uchragan. Bu davrda uzun, oltinrang, jingalak sochlar alohida qadrlangan. Shu bilan birga ularni turmaklashga alohida ahamiyat qaratilgan. Yunon tuguni deb nom olgan turmaklash usuli hozirgi kungacha uchraydi. Bu davrda keng urf bo\u2019lgan peshona bo\u2019ylab taralgan sochlarni, boshning orqa qismidan yuqoriga ko\u2019tarib turmaklash usuli \u201ckorimbos\u201d hozirgi kungacha uchraydi.<\/p>\n\n\n\n<p>Kalta sochlar chambarak yoki tasmalar bilan bezaklangan. Sochni bezashda shuningdek, oltin tasmalar, tillaqosh-diademalar, soch to\u2019g\u2019nog\u2019ichlardan keng foydalanilgan.<\/p>\n\n\n\n<p>Libosga qo\u2018shimcha qilib, soyabon va yoysimon yelpig\u2018ichlardan ham foydalanilgan.<\/p>\n\n\n\n<p>Qadim Yunonistonda zargarlik san\u2019ati ham keng taraqqiy etgan. Zargarlik buyumlari orasida ziraklar, bo&#8217;yinga taqiladigan zebziynatlar, intalyalar, kameyyalar, to\u2018g\u2018nog\u2018ich, to\u2018qalar, bilakuzuklar, uzuklar, tillaqoshlaraing bir qator turlari uchraydi. Ular asosan oltin va kumush singari qimmatbaho metallardan ishlangan. Ushbu buyumlar metallga ishlov berilib, turli naqshlar ila bezak berilib tayyorlangan.<br>Past tabaqa ayollarining libosi shaklan zodagonlarnikini takrorlasa-da, biroq ular arzon matolardan qilinishi, shaklan kichik hajmdaligi, shuningdek qimmat bo\u2018lmagan bezaklar ila bezaklanganligi bilan farqlangan.<\/p>\n\n\n\n<p>Yunon ayollari pardozga alohida e\u2019tibor berishgan. Ular bronza oynalardan foydalanishgan. Yuz, lab, kiprik va qoshlariga alohida ranglar bilan pardoz berishgan. Xushbo\u2018y hidli atirlardan foydalanishgan. Atirlar saqlanadigan flakonlar, ya\u2019ni lekiflaming o\u2018zi ham haqiqiy san\u2019at namunasi darajasida bo\u2018lgan. Yunon libosidagi asosiy elementlar &#8212; plastik shakl, burma va taxlamalarning mutanosibliklari galdagi madaniyatlar rivojida alohida ahamiyat kasb etdi va kishilik madaniyatining tarkibiy qismi sifatida Yevropa madaniyatining rivojida alohida o \u2018rin tutdi.<\/p>\n","protected":false},"excerpt":{"rendered":"<p>Mil. avv. VII-I asrlarda Bolqon yarim orolida Qadim Yunonistonning o \u2018ziga xos ajoyib madaniyati gullab-yashnadi. Yunonistonning qulay tabiiy iqlimi &#8212; iliq dengiz havosi, unumdor yerlar, boy qazilma boyliklar yerli xalqning &hellip; <a href=\"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/qadimiy-yunon-libosi\/\" class=\"more-link\">Read More<\/a><\/p>\n","protected":false},"author":1,"featured_media":2668,"comment_status":"closed","ping_status":"closed","sticky":false,"template":"","format":"standard","meta":{"footnotes":""},"categories":[98],"tags":[],"class_list":["post-2680","post","type-post","status-publish","format-standard","has-post-thumbnail","hentry","category-tarix","entry"],"translation":{"provider":"WPGlobus","version":"3.0.0","language":"ru","enabled_languages":["uz","kr","ru"],"languages":{"uz":{"title":true,"content":true,"excerpt":false},"kr":{"title":false,"content":false,"excerpt":false},"ru":{"title":false,"content":false,"excerpt":false}}},"_links":{"self":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/2680","targetHints":{"allow":["GET"]}}],"collection":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/posts"}],"about":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/types\/post"}],"author":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/users\/1"}],"replies":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/comments?post=2680"}],"version-history":[{"count":2,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/2680\/revisions"}],"predecessor-version":[{"id":2683,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/2680\/revisions\/2683"}],"wp:featuredmedia":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/media\/2668"}],"wp:attachment":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/media?parent=2680"}],"wp:term":[{"taxonomy":"category","embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/categories?post=2680"},{"taxonomy":"post_tag","embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/tags?post=2680"}],"curies":[{"name":"wp","href":"https:\/\/api.w.org\/{rel}","templated":true}]}}