{"id":26830,"date":"2022-05-19T19:53:31","date_gmt":"2022-05-19T16:53:31","guid":{"rendered":"https:\/\/milliycha.uz\/?p=26830"},"modified":"2022-05-19T19:53:32","modified_gmt":"2022-05-19T16:53:32","slug":"etnonimika","status":"publish","type":"post","link":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/etnonimika\/","title":{"rendered":"ETNONIMIKA"},"content":{"rendered":"\n<p>ETNONIMIKA (etno&#8230; va Yunoncha oputa \u2014 ism, nom) \u2014 leksikologiyaning etnonimlarnn o&#8217;rganuvchi bo&#8217;limi. Etnonimika tilshunoslikning onomastika sohasi tarkibiga kiradi. Etnonimika ma&#8217;lum etnos tilidagi urug&#8217;, qabila, elat, millat va boshqalar xil etnik birliklar nomini to&#8217;plash, ularning paydo bo&#8217;lishi, nomlanishidagi asosiy motivlar, nomlarning lug&#8217;aviy tarkibi, undagi subtrat va adstrat materialning o&#8217;rni, etnonimlarning ma&#8217;no va etimologiyasi, yasalishi, etnonimik lug&#8217;atlarni tuzish tartib-qoidalari kabi muammolar bilan shug&#8217;ullanadi. O&#8217;zbek tili etnonimlarga boy bo&#8217;lib, ular negizida xalqning qadimiy totemistik tasavvurlari (bahrin, Toyloq, Lochin, qarg&#8217;a, qoraqush, Ilonli, Kaltatoy), tamg&#8217;a, maxsus belgilarga asoslanish (taroqli, to&#8217;g&#8217;ali, Qaychili, Qo&#8217;shtamg&#8217;ali, O&#8217;roqli, bolg&#8217;ali), son, miqdor tushunchalariga tayanib nomlash (ming, qirq, Mang&#8217;it, Nayman, Oltio&#8217;g&#8217;il, Beshbola, to&#8217;rtuyli, beshuyli), hajm, shakl tushunchalari (kattajuz, kichikjuz, Parchayuz), rangtus bilan bog&#8217;liq tushunchalar (Oqmang&#8217;it, oqtana, oqtelpak, Oqto&#8217;nli, Qoratelpak, Qoramang&#8217;it, Qoranayman, olako&#8217;ylak, Olato&#8217;n), etnosning ijtimoiy-siyosiy ahvoli, mavqei (beklar, beklarto&#8217;pi, boylarto&#8217;p, Mirzato&#8217;p, Malikbachcha), etnosning kasbkori (Ayronchi, kiyikchi, iyarchi, Baydoqchi, tevachi, To&#8217;nchi, Tug&#8217;chi, shotirchi, ovchi, mergan, Mirishkor), etnosning yashash joyi, urug&#8217;, qabila boshliqlarining nomlari yotishini ko&#8217;rsatadi. Turkiy Etnonimikani, jumladan, o&#8217;zbek Etnonimika.ni o&#8217;rganish ishiga taniqli turkiyshunoslar N.Aristov, V.V.Radlov, V.V.Bartold, S.P.Tolstov, S.M.Abramzon, L.V.Gumilyov, D.E.Eremeev, N.A.Baskakov, L.V.Zuev, A.N.Xanikov, B.A.Jdanko, B.X.Karmisheva, A.A.Valitova, S.Ataniyozov, D.Aytmurodov, R. G. Kuzeev; o&#8217;zbek olimlaridan Yahyo G&#8217;ulomov, B.Ahmedov, K.Shoniyozov, A.Muhammadjonov, X.Doniyorov, S.Gubaeva, T.Nafasov, A.Otajonova va boshqalar munosib hissa qo&#8217;shdilar. Etnonimika o&#8217;z tahlillarida tilshunoslikdan tashqari tarix, etnografiya, geografiya, psixologiya, dinshunoslik va boshqalar fanlarning ilmiy usullaridan ham foydalanadi. Ad.: Doniyorov X., O&#8217;zbek xalqiningshajara va shevalari, T., 1968; Etnonimn, M., 1970; Eremeev D.E., Etnonimm tyurok, M., 1971; Shaniyazov K., K etnicheskoy istorii uzbekskogo naroda, T, 1974; Aytmuradov A., Tyurkskie etnonimm, Nukus, 1986; Hasan ato Abushiy, Turkiy qavmlar tarixi, T, 1995. Ernst Begmatov.<\/p>\n","protected":false},"excerpt":{"rendered":"<p>ETNONIMIKA (etno&#8230; va Yunoncha oputa \u2014 ism, nom) \u2014 leksikologiyaning etnonimlarnn o&#8217;rganuvchi bo&#8217;limi. Etnonimika tilshunoslikning onomastika sohasi tarkibiga kiradi. Etnonimika ma&#8217;lum etnos tilidagi urug&#8217;, qabila, elat, millat va boshqalar xil &hellip; <a href=\"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/etnonimika\/\" class=\"more-link\">Read More<\/a><\/p>\n","protected":false},"author":1,"featured_media":16402,"comment_status":"open","ping_status":"open","sticky":false,"template":"","format":"standard","meta":{"footnotes":""},"categories":[189],"tags":[],"class_list":["post-26830","post","type-post","status-publish","format-standard","has-post-thumbnail","hentry","category-e-harfi","entry"],"translation":{"provider":"WPGlobus","version":"3.0.2","language":"ru","enabled_languages":["uz","kr","ru"],"languages":{"uz":{"title":true,"content":true,"excerpt":false},"kr":{"title":false,"content":false,"excerpt":false},"ru":{"title":false,"content":false,"excerpt":false}}},"_links":{"self":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/26830","targetHints":{"allow":["GET"]}}],"collection":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/posts"}],"about":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/types\/post"}],"author":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/users\/1"}],"replies":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/comments?post=26830"}],"version-history":[{"count":1,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/26830\/revisions"}],"predecessor-version":[{"id":26833,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/26830\/revisions\/26833"}],"wp:featuredmedia":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/media\/16402"}],"wp:attachment":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/media?parent=26830"}],"wp:term":[{"taxonomy":"category","embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/categories?post=26830"},{"taxonomy":"post_tag","embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/tags?post=26830"}],"curies":[{"name":"wp","href":"https:\/\/api.w.org\/{rel}","templated":true}]}}