{"id":2692,"date":"2021-10-01T14:34:24","date_gmt":"2021-10-01T11:34:24","guid":{"rendered":"https:\/\/milliycha.uz\/?p=2692"},"modified":"2025-10-30T10:24:02","modified_gmt":"2025-10-30T07:24:02","slug":"abdurauf-fitrat-1886-1938-kim-bolganini-bilasizmi","status":"publish","type":"post","link":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/abdurauf-fitrat-1886-1938-kim-bolganini-bilasizmi\/","title":{"rendered":"Abdurauf Fitrat (1886-1938) kim bo&#8217;lganini bilasizmi?"},"content":{"rendered":"\n<p>Fitrat (taxallusi; asl ism-sharifi Abdurauf Abdurahim o\u2018g\u2018li) (1886, Buxoro \u2014 1938,4,10, Toshkent) \u2014 yozuvchi, tarixchi, adabiyotshunos, tilshunos, san\u2019atshunos va siyosatshunos olim, davlat va jamoat arbobi. Birinchi o\u2018zbek professori (1926).<\/p>\n\n\n\n<p>Mir Arab madrasasida tahsil ko\u2018rgan. 1902\u201403 yillarda haj safari munosabati bilan Turkiya, Hindiston va Arabiston mamlakatlarida, taxminan 1906\u201408 yillarda esa Markaziy Rossiyaning Moskva, Peterberg singari shaharlarida bo\u2018lgan. Shundan keyin Fitrat o\u2018qishni davom ettirish istagida Turkiyaga borib, 1909\u201413 yillarda Istanbulda yashagan. Fitrat o\u2018sha vaktda Turkiyada kuchaygan Yosh turklar harakati ta\u2019sirida Turkiyadagi buxorolik yoshlar yordamida \u00abBuxoro ta\u2019limi maorif jamiyati\u00bbni tuzadi. Jamiyat Buxoro va Turkiston maorifining olg\u2018a siljishiga doir muhim ishlarni amalga oshiradi.<\/p>\n\n\n\n<p>Fitrat Turkiyada tahsil olish, ma\u2019ruzalar o\u2018qish bilan birga samarali ijod ham qilgan. 1909 yili Istanbulda uning fors tilida yozgan \u00abMunozara\u00bb, \u00abSayha\u00bb (\u00abNa\u2019ra\u00bb) she\u2019riy majmuasi, 1912 yili esa \u00abSayyohi hindi\u00bb (\u00abBayonoti sayyohi hindi\u00bb) asarlari nashr etilgan. Keyinchalik Fitratning millatchi, turkparast va islomparast yozuvchi sifatida qoralanishiga sababchi bo\u2018lgan bu asarlar 20-asr boshlarida Turkistondagi milliy uyg\u2018onish harakatining norasmiy dasturi bo\u2018lib xizmat qilgan. Ayniqsa, \u00abMunozara\u00bb va \u00abSayyohi hindi\u00bb asarlari yoshlar dunyoqarashining keskin o\u2018zgarishi va ularning jadidlar safiga kelib qo\u2018shilishiga sababchi bo\u2018lgan.<\/p>\n\n\n\n<p>Fitrat vataniga qaytgach, Buxoroning turli tumanlarida o\u2018qituvchilik qilib, jadidchilik g\u2018oyalarini keng targ\u2018ib etdi. Yosh buxoroliklar harakatining mafkurachisi va g\u2018oyaviy rahbarlaridan biriga aylandi. 1915 yildan esa Yosh buxoroliklar harakatining so\u2018l qanotiga boshchilik qildi. 1917 yil fevral voqealaridan keyin jadidlarning Buxoro amirligidagi ahvoli murakkablashgach, Fitrat Samarqandga ko\u2018chib borib, \u00abHurriyat\u00bb gazetasida muharrir bo\u2018lib ishladi (1917\u201418). Ayrim ma\u2019lumotlarga qaraganda, Fitrat shu yillarda \u00abIttixodi taraqqiy\u00bb tashkiloti Eski Buxoro bo\u2018limining raisi ham bo\u2018lgan. Kolesov voqeasi (1918 yil, mart)dan keyin esa Toshkentga ko\u2018chib kelgan. 1919\u201420 yillarda Afg\u2018onistonning Toshkentdagi vakolatxonasida tarjimonlik qilgan, \u00abChig\u2018atoy gurungi\u00bb ma\u2019rifiy-adabiy uyushmasini, shuningdek, \u00abTong\u00bb jurnalini tashkil etib, yosh ziyolilar avlodini millatparvarlik va vatanparvarlik ruhida tarbiyalashga kirishgan. \u00abTong\u00bb jurnalining shiori bo\u2018lgan: \u00abMiya o\u2018zgarmaguncha boshqa o\u2018zgarishlar negiz tutmas!\u00bb so\u2018zlari Fitratning shu yillarda olib borgan faoliyatining maqsad-mohiyatini to\u2018la ifodalaydi.<\/p>\n\n\n\n<p id=\"caption-attachment-15352\">BXSR tashkil topishi bilan Fitrat 1921 yilda maorif, 1922 yilda xorijiya tashqi ishlar noziri, xalq xo\u2018jaligi kengashi raisi, MIQ va Xalq nozirlari sho\u2018rosi raisining o\u2018rinbosari va boshqa lavozimlarda xizmat qildi. U shu davrda BXSR mablag\u2018i hisobiga 70 nafar turkistonlik istiqbolli yoshlarning Germaniyaga borib o\u2018qishi, Buxoroda Sharq musiqa maktabining tashkil etilishi, fan va madaniyat tarixiga doir xalq qo\u2018lida sochilib yotgan noyob qo\u2018lyozmalarni to\u2018plashda tashabbuskor bo\u2018ldi. Fitratning sa\u2019y-harakati bilan Buxoro jumhuriyatida turk (o\u2018zbek) tili davlat tili deb e\u2019lon qilindi; davlat teatri tashkil etilib, bu teatrda ishlash uchun Toshkentdan M. Uyg\u2018ur va Cho\u2018lpon, vaqf ishlarini boshqarish uchun esa M. Abdurashidxonov taklif etildi (1921). Ammo 1923 yil iyunda Moskvadan Ya. E. Rudzutak boshchiligida kelgan komissiya Fitratni ishdan olib, uni Rossiyaga \u00abchaqirib olingan\u00bb, deb e\u2019lon qildi va Fitrat 1923\u201426 yillarda Moskvaga borib, Sharqshunoslik ilmiy-tekshirish institutida ishladi. 1926 yilning oxiri \u2014 1927 yilning boshlarida vataniga kaytgan Fitrat 1937 yilda hibsga olinguniga qadar Samarqanddagi Oliy pedagogika instituti hamda Toshkentdagi Til va adabiyot institutida ilmiy faoliyat olib bordi.<\/p>\n\n\n\n<p>Fitrat ijodini shartli ravishda 3 davrga bo\u2018lish mumkin. Agar Fitrat 1909\u201416 yillarni tashkil etgan 1-davrda jadid ma\u2019rifatparvari sifatida ijod qilgan bo\u2018lsa, 1917 yil Fevral inqilobidan keyin Moskvaga surgun qilinguniga qadar bo\u2018lgan 2-davrda hurriyat va mustaqillik g\u2018oyalari bilan to\u2018yingan asarlar yozadi (1917\u201423). Sovet maxfiy xizmatining doimiy nazorati ostida yashagan Fitrat ijodining 3-davri (1923\u201437)da asosan ilmiy va pedagogik faoliyat bilan shug\u2018ullanadi.<\/p>\n\n\n\n<p>Fitratning adabiy merosi boy va rang-barang. U yozuvchi sifatida badiiy ijodning barcha turlarida qalam tebratibgina qolmay, o\u2018zbek adabiyotining yangi janr va turlar bilan boyishi, she\u2019r tuzilishining isloh etilishi, realizmning teranlashishi, davr, jamiyat va xalq hayoti bilan bog\u2018liq muhim ijtimoiy muammolarning o\u2018zbek adabiyotida badiiy talqin etilishiga ulkan hissa qo\u2018shdi.<\/p>\n\n\n\n<p id=\"caption-attachment-15342\"><strong>She\u2019riy ijodi.<\/strong>\u00a0Fitrat zullisonayn yozuvchi bo\u2018lib, adabiy faoliyatining dastlabki davrida asosan fors tilida ijod qilgan (\u00abSayha\u00bb). Fitratning bizga yetib kelgan o\u2018zbek tilidagi she\u2019rlari 1917 yil va undan keyingi davrga oid. Ma\u2019lumki, Fevral inqilobidan keyin Turkiston xalkdarining mustaqillikka erishishlari uchun birdan-bir tarixiy imkoniyat tug\u2018ilgan. Fitrat shu davrda xalqni mustamlakachilik kishanlarini parchalab, istiklol uchun kurashga da\u2019vat etuvchi she\u2019rlar yozishga kirishgan. Ammo an\u2019anaviy aruz vazni, uning nazarida, bunday zamonaviy g\u2018oyani ifodalash, xalkni oyoqqa qalqtirish va safarbar etish kuchiga ega emas edi. Shuning uchun ham Fitrat turk va tatar she\u2019riyatlarida shakllangan, o\u2018zbek xalq og\u2018zaki she\u2019riyatida ayrim unsurlari bo\u2018lgan sochmani milliy adabiyotimizga olib kirdi. Shoir \u00abYurt qayg\u2018usi\u00bb deb nomlangan bir she\u2019r va 4 ta sochma yozib, ularda hurriyat uchun kurash g\u2018oyasini baralla kuyladi. Fitrat mazkur sochmalarida Turkistonni xo\u2018rlangan va xorlangan Ona obrazida tasvirlab, bu jabrdiyda Onani zulm asoratidan xalos etish uchun Amir Temur singari jahongirlarga murojaat etdi, xalqni erk va hurriyat uchun kurash maydoniga da\u2019vat etdi. U shu yillarda \u00abMirrix yulduziga\u00bb, \u00abSharq\u00bb, \u00abShoir\u00bb singari she\u2019rlarini yaratib, ularda Turkistonni endi \u00abqizil\u00bb mustamlakaga aylantira boshlagan bolsheviklarga va ular barpo etayotgan tuzumga nafrat tuyg\u2018usini ifodaladi. Fitrat barmoq vaznida yozilgan shu she\u2019rlari bilan xalq og\u2018zaki she\u2019riyatining mulki bo\u2018lgan barmoqni isloh etib, Cho\u2018lpon bilan birga uni yozma adabiyotga olib kirdi va unga yangi hayot bag\u2018ishladi. \u00abO\u2018zbek yosh shoirlari\u00bb (1922) she\u2019riy majmuasining tuzuvchisi va asosiy muallifi. Afsuski, Fitrat bu she\u2019rlaridan keyin she\u2019riyat sohasida qariyb ijod qilmadi.<\/p>\n\n\n\n<p><strong>Nasriy ijodi.<\/strong>&nbsp;O\u2018tgan asrning 10-yillarida sahna asari sifatida namoyish etilgan \u00abMunozara\u00bb Fitratning nasrdagi ilk asaridir. \u00abMunozara\u00bb ham, \u00abSayyohi hindi\u00bb ham Fitrat publitsistikasining yorqin namunalaridan. Fitrat keyinchalik ham ijtimoiy, huquqiy, ma\u2019naviy hamda estetik qarashlarini ifodalashda publitsistikadan samarali foydalandi. Faqat 20-yillarning o\u2018rtalariga kelibgina u \u00absof\u00bb nasriy asarlarni yarata boshladi (\u00abQiyomat\u00bb, \u00abMe\u2019roj\u00bb, \u00abOq mozor\u00bb, \u00abZayd va Zaynab\u00bb, \u00abZahroning imoni\u00bb va b.). \u00abMunozara\u00bb va \u00abSayyohi hindi\u00bb asarlarida ko\u2018tarilgan milliy qoloqlik, diniy fanatizm mavzusi 20-yillar uchun ham dolzarb ahamiyatga ega edi. Fitrat bu hikoyalarida diniy syujetlardan jaholat ta\u2019siriga qarshi kurashda foydalandi. Bu asarlar, ayniqsa, 1930 yilda qayta ishlagan \u00abQiyomat\u00bb xayoliy hikoyasi hozirgi o\u2018zbek adabiyotida fantastikaning tug\u2018ilishi va shakllanishida milliy manba bo\u2018lib xizmat etdi.<\/p>\n\n\n\n<p id=\"caption-attachment-15371\"><strong>Dramaturgiyasi.<\/strong>\u00a0Fitrat 1916 yildan boshlab teatr uchun ko\u2018plab asarlar yaratdi. Ammo uning nafaqat 1916\u201418 yillarda yozgan \u00abBegijon\u00bb, \u00abQon\u00bb, \u00abAbo Muslim\u00bb, \u00abTemur sag\u2018anasi\u00bb, \u00abO\u2018g\u2018izxon\u00bb singari pesalari, hatto 30-yillarda yozgan \u00abTo\u2018lqin\u00bb opera librettosi (1934) ham bizga yetib kelmagan. Ma\u2019lumki, Fitratning 5 pardali \u00abBegijon\u00bb pesasida dehqonlarning xon zulmiga qarshi ko\u2018targan isyonlari tasvir etilgan, \u00abTemur sag\u2018anasi\u00bb pesasida esa muallifning \u00abYurt qayg\u2018usi (Temur oldinda)\u00bb sochmasidagi istiqlol uchun kurash g\u2018oyasi o\u2018zining badiiy tajassumini topgan. Fitrat shu yillarda yozgan boshqa sahna asarlarida ham tarixiy o\u2018tmishga murojaat etganiga qaramay, bolsheviklarning Turkistonda olib borgan g\u2018ayrimilliy siyosatiga faol munosabat bildirib, zulm va zo\u2018ravonlikka asoslangan \u00abyangi tuzum\u00bbni keskin qoralagan. Fitrat ijodining shu davrdagi yetakchi motivi \u2014 bolshevizmga qarshi istiqlol uchun kurash g\u2018oyasi \u00abChin sevish\u00bb (1920) va \u00abHind ixtilolchilari\u00bb (1923) pesalarida, ayniqsa, yorqin ifodalangan. Dramaturg Turkistonda Sovet hokimiyati yillarida sodir bo\u2018layotgan fojiali voqealarni Angliyaning mustamlakasi bo\u2018lgan Hindistonga ko\u2018chirib, ingliz mustamlakachilariga qarshi kurashayotgan hind ixtilolchi (istiqlolchi)lari siymosida, ma\u2019lum ma\u2019noda, o\u2018z vatandoshlari obrazini yaratdi. J. Neruning e\u2019tirof etishiga ko\u2018ra, Fitratning bu asarlari hind xalqining mustamlakachilikka qarshi olib borgan kurashiga kuch va madad bergan.<a href=\"https:\/\/ziyouz.uz\/ilm-va-fan\/adabiyot\/ozod-sharafiddinov-abdurauf-fitrat\/attachment\/fitrat4\/#main\"><\/a><\/p>\n\n\n\n<p id=\"caption-attachment-15339\">Fitrat Moskvadalik paytida \u00abAbulfayzxon\u00bb va \u00abShaytonning tangriga isyoni\u00bb (1924), ona yurtiga qaytganidan keyin esa \u00abArslon\u00bb (1926), \u00abSho\u2018rishi Vose\u00bb\u00a0 (\u00abVose qo\u2018zg\u2018oloni\u00bb, 1927), \u00abTo\u2018lqin\u00bb pesalarini yozdi. Bu asarlar orasida \u00abAbulfayzxon\u00bb o\u2018zining shekspirona epik ko\u2018lami bilan alohida ajralib turadi. Mazkur pesa asosida ashtarxoniylar sulolasining so\u2018nggi vakili Abulfayzxon saltanatining tanazzuli (18-asr) natijasida Buxoroda mang\u2018it amirlarining hokimiyat tepasiga kelishlari bilan bog\u2018liq tarixiy voqealar yotadi. Fitratning olis tarixiy davrga nazar tashlashdan maqsadi \u00abPodsholik qon bilan sug\u2018orilgan bir og\u2018ochdir, Qon oqib turmagan yerda bu daraxtning qurib qolishi aniqdir\u00bb degan \u00abfalsafa\u00bb bilan yashagan va o\u2018zi ham shu g\u2018ayriinsoniy \u00abfalsafa\u00bbning qurboni bo\u2018lgan Abulfayzxon singari qonxo\u2018r podsholarni tarix qa\u2019ridan olib chiqib, xalqqa ko\u2018rsatishdir. Fitrat bu asari bilan bolsheviklar tuzumi 20-asrning Abulfayzxoni \u2014 Stalinni yaratishi va uning bepoyon mamlakatni qonga botirishini bashorat etdi. Shu ma\u2019noda mazkur tragediya Fitrat zakosi bilan yaratilgan xalqni ogohlantiruvchi asardir.<\/p>\n\n\n\n<p>\u00abAbulfayzxon\u00bbning badiiy qimmati shundaki, Fitrat asarda shekspirona qabartma tip va xarakterlarni yaratdi, zulmga asoslangan saltanat tojining otadan bolaga o\u2018tib kelishi natijasida paydo bo\u2018luvchi qonli oqibatlarni haqqoniy tasvirladi. Fitrat bu asari bilan o\u2018zbek adabiyotida tragediya janriga asos solib, mazkur janrning asosiy tamoyillarini belgilab berdi.<\/p>\n\n\n\n<p id=\"caption-attachment-15345\"><strong>Ijtimoiy\u00a0huquqiy, diniy va ma\u2019rifiy asarlari.<\/strong>\u00a0Fitrat ilm-fan va ma\u2019rifatning turli sohalarida ham teran iz qoldirdi. U 1914\u201416 yillardayoq \u00abRahbari najot\u00bb (\u00abNajot yo\u2018li\u00bb), \u00abOila\u00bb va \u00abMavludi sharif yoki Mur\u2019oti xayr ul-bashar\u00bb, 1917\u201420 yillarda \u00abO\u2018qu\u00bb (\u00abO\u2018quv\u00bb), \u00abSharq siyosati\u00bb va \u00abYig\u2018la, Islom\u00bb, 1925 yilda esa \u00abMuxtasar islom tarixi\u00bb singari asarlarini e\u2019lon qildi. Fitrat mazkur asarlarida, bir tomondan, shu yillarda ro\u2018y bergan siyosiy-ijtimoiy masalalarga munosabatini ifodalagan bo\u2018lsa, ikkinchi tomondan, musulmon olami uchun o\u2018z ahamiyatini yo\u2018qotmaydigan yoki muayyan tarixiy davrda saqlanib qoladigan ma\u2019naviy va ma\u2019rifiy qadriyatlarni tushuntirib berdi. Fitrat bu asarlarida millatning nafakat siyosiy-ijtimoiy, balki diniy-ma\u2019rifiy masalalarda ham yetarli darajada bilimga ega bo\u2018lmaganini e\u2019tiborga olib, har bir musulmonning bilishi lozim bo\u2018lgan bir qator masalalarga yorqinlik bag\u2018ishladi. Fors tilida yozilgan \u00abRahbari najot\u00bb risolasida tafsir, hadis, fiqh, kalom ilmlari, shuningdek, lisoniy, falsafiy, dunyoviy ilmlar to\u2018g\u2018risida aniq tasavvur berdi; avlod, badan, fikr, axloq tarbiyasiga oid falsafiy-etik qarashlarini olg\u2018a surdi. Fitratning \u00abOila\u00bb risolasida esa oilaning jamiyat va inson hayotidagi rolini oshirishga, oila a\u2019zolarining huquqiy me\u2019yorlarini belgilashga qaratilgan fikr va mulohazalari yanada rivojlantirildi.<\/p>\n\n\n\n<p>Fitratning maktab o\u2018quvchilariga mo\u2018ljallangan \u00abO\u2018qu\u00bb (\u00abO\u2018quv\u00bb 1917 yil, Boku) qo\u2018llanmasi vatan, dunyo, tabiiyot, tibbiyot va gigiyena singari masalalar, shuningdek, o\u2018tmishda yashagan allomalar haqida tasavvur beradi (noma\u2019lum sabablarga ko\u2018ra, ushbu qo\u2018llanmaning 2-qismi yozilmagan).<\/p>\n\n\n\n<p>Fitrat huquqiy davlat qurish va uning rivojini ta\u2019minlash maqsadida 1918 yilda Yosh buxoroliklar partiyasining 13 bobdan iborat dasturini yozib berdi. Bu dasturda olimning ijtimoiy-siyosiy va huquqiy qarashlari o\u2018zining chuqur ifodasini topdi.<\/p>\n\n\n\n<p id=\"caption-attachment-15347\"><strong>Tilshunoslik va adabiyotshunoslikka oid asarlari.<\/strong>\u00a0Fitrat o\u2018zbek tilining grammatikasini o\u2018rganish ishini boshlab bergan va shu soha rivojiga katta hissa qo\u2018shgan. U 1918 yilda Q. Ramazon va Sh. Rahimiy bilan hamkorlikda \u00abOna tili\u00bb darsligini yaratdi. 1921 yilda Toshkentda bo\u2018lib o\u2018tgan Til va imlo qurultoyida Fitrat o\u2018zbek tilining sofligini ta\u2019minlash va rivojlantirishga qaratilgan bir qancha takliflarni o\u2018rtaga tashladi. U 20-yillarda o\u2018zbek tili tabiatini o\u2018rganishda davom etib, \u00abO\u2018zbek tili qoidalari to\u2018g\u2018risida bir tajriba: Sarf\u00bb (1925), \u00abO\u2018zbek tili qoidalari to\u2018g\u2018risida bir tajriba: Nahv\u00bb (1926) darsliklarini yaratdi va bu darsliklar 1930 yilga qadar bir necha marta nashr etildi. Olim o\u2018zbek tili morfologiyasi va sintaksisiga bag\u2018ishlangan bu asarlari bilan o\u2018zbek tili grammatikasini ilmiy asosda o\u2018rganish ishiga tamal toshini qo\u2018ydi. Fitratning tilshunoslik sohasidagi katta xizmatlaridan yana biri uning 20-yillarda qadimiy turkiy til, jonli xalq tili va shevalarga tayangan holda, ilmiy-madaniy muomalaga kirib kelayotgan yangi tushuncha hamda hodisalarni ifodalash uchun o\u2018zbek tilining lug\u2018at fondiga yangi so\u2018zlar va atamalarni ko\u2018plab olib kirganligidadir.<\/p>\n\n\n\n<p>Olim \u00abEng eski turk adabiyoti namunalari\u00bb (1927), \u00abO\u2018zbek adabiyoti namunalari\u00bb (1-jild, 1928) tazkiralarini tuzib, milliy adabiy merosimizning eng qadimiy davrdan so\u2018nggi davrlarga qadar yaratilgan namunalarini to\u2018plab, muayyan tizimga soldi (\u00abNamunalar\u00bbning 2-jildi e\u2019lon qilinmay qolgan), \u00abQutadg\u2018u bilig\u00bb singari o\u2018zbek yozma adabiyotining xalq orasida sochilib yotgan noyob yodgorliklarini qo\u2018lga kiritish, o\u2018rganish va chop etishga intildi. O\u2018zbek adabiyoti yirik namoyandalari ijodini ilk bor o\u2018rganib, \u00abBedil\u00bb (Bir majlisda)\u00bb (1923), \u00abNavoiyning forsiy shoirligi va uning forsiy devoni to\u2018g\u2018risida\u00bb, \u00abQutadg\u2018u bilig\u00bb (1925), \u00abAhmad Yassaviy\u00bb (1927), \u00abYassaviy maktabi shoirlari to\u2018g\u2018risida tekshirishlar\u00bb, \u00abHibbat ul-haqoyiq\u00bb, \u00abO\u2018zbek shoiri Turdi\u00bb (1928), \u00abXVI asrdan so\u2018ngra o\u2018zbek adabiyotiga umumiy bir qarash\u00bb, \u00abMuhammad Solih\u00bb, \u00abFors shoiri Umar Xayyom\u00bb (1929), \u00abMashrab\u00bb, \u00abFarhodu Shirin\u00bb dostoni to\u2018g\u2018risida\u00bb (1930) kabi katta ilmiy qimmatga ega risola va maqolalar yaratdi. Fitrat bu tadqiqotlari bilan o\u2018zbek adabiyotshunoslik faniga poydevor qo\u2018ydi. \u00abShe\u2019r va shoirlik\u00bb (1919), \u00abAdabiyot qoidalari\u00bb (1926), \u00abSan\u2019atning manshai\u00bb (1927), \u00abAruz haqida\u00bb (1936) singari maqola va risolalari bilan adabiyot nazariyasi faniga asos soldi.<\/p>\n\n\n\n<p>Bundan tashqari, Fitrat tarixshunoslik va sharqshunoslik sohalariga oid fors tilida maqola va risolalar ham yozdi (\u00abAmir Olimxonning kechmishi\u00bb, 1930). 1921 yil B. Soliyev va B. S. Sergeev bilan birgalikda amirga qarashli nodir qo\u2018lyozmalar, vaqf hujjatlarini yig\u2018ish, ularga tartib va tavsif berishda ishtirok etdi. B. S. Sergeev bilan birgalikda V. L. Vyatkin arxivida saqlangan krzilarga oid hujjatlarni o\u2018rganib, rus tilida \u00abKaziyskiye dokument\u044b XVI veka\u00bb (1937) kitobini nashr etdi.<\/p>\n\n\n\n<p id=\"caption-attachment-15370\"><strong>San\u2019atshunoslikka oid xizmatlari.<\/strong>\u00a0Fitrat 1921 yilda Sharq musiqa maktabini tashkil etib, uning birinchi direktori bo\u2018lgan. Maktabga mumtoz musiqa bilimdonlari (sozanda va xonandalar) bilan birga V. A. Uspenskiy singari musiqashunoslarni ham taklif etdi. U shu vaqtdan boshlab \u00abShashmaqom\u00bb kuylarini to\u2018plash va notaga yozib olish ishlariga rahbarlik qildi. Fitrat tashabbusi bilan Ota Jalol va ota G\u2018iyosdan Buxoro Shashmaqomi V. Uspenskiy tomonidan ilk bor notaga olinib nashr etildi [Shest muz\u044bkaln\u044bx poem (makom), Buxara M., 1924]. Fitrat \u00abShashmaqom\u00bb, \u00abO\u2018zbek musiqasi tug\u2018risida\u00bb maqolalari va \u00abO\u2018zbek klassik musiqasi ham uning tarixi\u00bb (1927) risolasi bilan 20-asr o\u2018zbek musiqashunoslik fanini boshlab berdi.<\/p>\n\n\n\n<p>O\u2018zbekiston mustaqillikka erishgach, 1991 yil 25 sentyabrda Fitratga (vafotidan keyin) Alisher Navoiy nomidagi O\u2018zbekiston Respublikasi davlat mukofoti berildi. Buxoro shahrida Fitrat bog\u2018i va uy-muzeyi tashkil etildi. Buxoroda Fitrat haykali urnatilgan. Respublikadagi bir necha maktab, ko\u2018cha va xo\u2018jaliklar Fitrat nomi bilan ataldi.<\/p>\n","protected":false},"excerpt":{"rendered":"<p>Fitrat (taxallusi; asl ism-sharifi Abdurauf Abdurahim o\u2018g\u2018li) (1886, Buxoro \u2014 1938,4,10, Toshkent) \u2014 yozuvchi, tarixchi, adabiyotshunos, tilshunos, san\u2019atshunos va siyosatshunos olim, davlat va jamoat arbobi. Birinchi o\u2018zbek professori (1926). Mir &hellip; <a href=\"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/abdurauf-fitrat-1886-1938-kim-bolganini-bilasizmi\/\" class=\"more-link\">Read More<\/a><\/p>\n","protected":false},"author":1,"featured_media":2693,"comment_status":"closed","ping_status":"closed","sticky":false,"template":"","format":"standard","meta":{"footnotes":""},"categories":[100],"tags":[],"class_list":["post-2692","post","type-post","status-publish","format-standard","has-post-thumbnail","hentry","category-adabiyot","entry"],"translation":{"provider":"WPGlobus","version":"3.0.2","language":"ru","enabled_languages":["uz","kr","ru"],"languages":{"uz":{"title":true,"content":true,"excerpt":false},"kr":{"title":false,"content":false,"excerpt":false},"ru":{"title":false,"content":false,"excerpt":false}}},"_links":{"self":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/2692","targetHints":{"allow":["GET"]}}],"collection":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/posts"}],"about":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/types\/post"}],"author":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/users\/1"}],"replies":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/comments?post=2692"}],"version-history":[{"count":2,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/2692\/revisions"}],"predecessor-version":[{"id":163274,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/2692\/revisions\/163274"}],"wp:featuredmedia":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/media\/2693"}],"wp:attachment":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/media?parent=2692"}],"wp:term":[{"taxonomy":"category","embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/categories?post=2692"},{"taxonomy":"post_tag","embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/tags?post=2692"}],"curies":[{"name":"wp","href":"https:\/\/api.w.org\/{rel}","templated":true}]}}