{"id":26942,"date":"2022-05-20T11:51:13","date_gmt":"2022-05-20T08:51:13","guid":{"rendered":"https:\/\/milliycha.uz\/?p=26942"},"modified":"2022-05-20T11:51:14","modified_gmt":"2022-05-20T08:51:14","slug":"arab-musiqasi","status":"publish","type":"post","link":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/arab-musiqasi\/","title":{"rendered":"ARAB MUSIQASI"},"content":{"rendered":"\n<p>ARAB MUSIQASI \u2014 arablar musiqa madaniyati. Tarixiy ildizlari badaviy qabilalarning madaniy an&#8217;analari bilan bog&#8217;liq. Qabila shoiri o&#8217;z she&#8217;rlarini qo&#8217;shiq shaklida, musiqiy ohanglarda ijro qilgan. Ko&#8217;p musiqaviy she&#8217;riy janrlar kundalik hayotiy-maishiy sharoit, oilaviy va diniy marosimlar bilan bog&#8217;liq holda shakllangan: motam qo&#8217;shiqlari \u2014 navx, marsiya, hajviy \u2014 hija, nasihat \u2014 hikma, diniy marosim qo&#8217;shiqlari \u2014 saj az-zar va boshqalar. Arab musiqasining mazkur eng oddiy turlari asosida 6-asr oxiri \u2014 7-a.sr boshlarida shaklan murakkabroq, mavzu jihatidan boyroq aytim janrlari \u2014 nasb, sinad, hazaj, Xanafi, ximyari, rukbani, hamriyat va boshqalar vujudga kelgan. Islomgacha bo&#8217;lgan (Johiliya davri) Arab musiqasi, asosan, &#171;qiyan&#187; deb atalmish professional qo&#8217;shiqchi ayollar ijodida rivojlandi. Bunda Arab bo&#8217;lmagan (Ajam) xalqlardan chiqqan qo&#8217;shiqchilarning hissasi katta. 7-asr boshlarida Sosoniylar davlatining siyosiy va madaniy ta&#8217;siri kuchayishi bilan Arabiston yarim orolida Markaziy Osiyo va Eron musiqiy an&#8217;analari keng tarqalgan. Musiqa ijrochiligida Arabiston, Markaziy Osiyo, Eron xalqlarining torli musiqa asboblari \u2014mizhar, barbat, Muvattar, tanbur, vann, rubob, Kiron, chang (sanj), puflama sozlari \u2014 nay, surnay, mizmar, urma cholg&#8217;ular \u2014 Tabla, dalib, Daff, darabukka keng tarqalgan. 7-asrda Arab qabilalarining birlashuvi, Islom dinining qabul qilinishi va ilk Arab davlati (xalifalik) yuzaga kelishi Arab madaniyatining o&#8217;sishiga sabab bo&#8217;lgan. Azon aytish va Qur&#8217;onni tilovat qilish usullari Ajam musiqa ijro yo&#8217;llarini boyitgan va, shuningdek, bu davr Arab musiqasi Islom fath etgan mamlakatlar xalqlarining yuksak san&#8217;atini ijodiy o&#8217;zlashtirish asosida rivojlangan. Professional vokal janri \u2014 &#171;g&#8217;ina al-mutqan&#187; asoschilari Soib Xosir (? \u2014 683), Noshit forsi (8-a), Tuvays (? \u2014 710), Ibn Misjax (? &#8212; 715), Ibn Surayj (630-726), Jamila (? \u2014 720) va boshqalar aslida Markaziy Osiyo va eronlik bo&#8217;lib, Arab musiqasiga o&#8217;z xalqlari musiqa san&#8217;ati unsurlarini olib kirishgan. 9-11-asrlar Arab madaniyati, xususan, musiqa yuksak darajaga erishdi. Markaziy Osiyo va Eron xalqlari amaliy musiqani va qadimgi yunon musiqa nazariyasini tanqidiy o&#8217;rganish asosida buyuk mutafakkirlar Kindiy, Forobiy, Ibn Sino, Ibn Zayla, Abu Abdulloh Xorazmiy, &#171;sof birodarlar&#187; (&#171;Ixvon ussafo&#187; olimlar uyushmasi) va boshqalar. Arab tilida musiqa ilmining yuksak namunalarini yaratishgan. Arab musiqasi fani va estetikasining ravnaq topishida 9-asr o&#8217;rtalarida Bag&#8217;dodda ta&#8217;sis etilgan &#171;bayt ul-hikma&#187; (&#171;Hikmat uyi&#187;) olimlarining tarjimonlik faoliyati ham katta rol o&#8217;ynadi. Xurosonlik buyuk musiqachilar \u2014 Mansur Zalzal (? \u2014 701), ota-bola Ibrohim (742-804) va Ishoq (767\u2014 850) Mavsili, so&#8217;g&#8217;dlik Allaveyh (9-asr), Ziryob (10-asr) Arab musiqasiga muhim hissa qo&#8217;shgan. Arab musiqasi yangi sozlar bilan boyigan. Samarqandlik Xulays bin Axvas ixtiro etgan Shohrud, Muso bin Shokir qurgan gidravlik organ (Arabcha &#171;argan Rumiy&#187;), Shohin, surnay musiqa amaliyotida keng qo&#8217;llanilgan. Professional janrlarni ijro etishda va ilmiy tajribalar o&#8217;tkazishda ud asosiy cholg&#8217;u asbob bo&#8217;lib xizmat qilgan. 12-asr oxiri \u2014 13-asr boshlarida Arab musiqasi O&#8217;n ikki maqom tizimi doirasida rivojlana boshladi. Keyingi davrda musulmon diniy musiqattg qo&#8217;shiq janrlari \u2014 zikr, madh an-nabaviya va boshqalar paydo bo&#8217;lgan. 19-asr ikkinchi yarmi \u2014 20-asrda Arab musiqachilari milliy musiqa an&#8217;analarini qayta tiklashni maqsad qilib qo&#8217;ydi. Shu davrda &#171;taxta&#187; ansambl-ijrochilik an&#8217;analari keng tarqaldi. Ko&#8217;p qismli cholg&#8217;u janrlar \u2014 bashraf (yoki peshrav), taqsim, samoiy, taxmila, Longa, vokal-cholg&#8217;u turkumlar \u2014 Nuba, dor, muvashshax, lirik qo&#8217;shiq janrlari \u2014 du-bayt, layali, mauvval yangicha dunyoviy ma&#8217;no kasb etdi. 20-asr boshlarida Yevropa simfonik va opera musiqasining ifodaviy vositalarini ijodiy o&#8217;zlashtirishga intilish kuchaydi. Bu yo&#8217;nalishda, ayniqsa, misrlik kompozitorlar Said Darvesh (1892-1923), Yusuf Greyz (1899-1961) katta muvaffa-qiyatga erishdi. Simfonik musiqa ustalari Rifat Garai (1924 yil tug\u2019ilgan) va Halim ad-Daba (1921 yil tug\u2019ilgan) asarlari jahondagi ko&#8217;p kontsert zallarida ijro etiladi. Misrlik mashhur ashulachi Umm Kulsum ijodida zamonaviy Arab qo&#8217;shiqchiligi yuksak pog&#8217;onaga ko&#8217;tarildi. Deyarli barcha Arab mamlakatlarida o&#8217;rta va oliy musiqa o&#8217;quv yurtlari dasturlariga ham milliy, ham Evropa musiqa san&#8217;atini o&#8217;rganish maqsad qilib qo&#8217;yilgan. Arab musiqasi masalalari (uning an&#8217;analarini saqlash va rivojlantirish vazifalari)ga bag&#8217;ishlangan qator xalqaro ilmiy kongresslar o&#8217;tkazilgan (Qohira, 1932, 1969, Bag&#8217;dod, 1975). Ad.:Ep&#8217;Said Mohamed Avad xavas, Sovremsnnaya arabskaya narodnaya pesnya, M., 1970; Eolyan N., Ocherki arabskoy muzgki. M&#187; 1977. Abdumannon Nazarov.<\/p>\n","protected":false},"excerpt":{"rendered":"<p>ARAB MUSIQASI \u2014 arablar musiqa madaniyati. Tarixiy ildizlari badaviy qabilalarning madaniy an&#8217;analari bilan bog&#8217;liq. Qabila shoiri o&#8217;z she&#8217;rlarini qo&#8217;shiq shaklida, musiqiy ohanglarda ijro qilgan. Ko&#8217;p musiqaviy she&#8217;riy janrlar kundalik hayotiy-maishiy &hellip; <a href=\"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/arab-musiqasi\/\" class=\"more-link\">Read More<\/a><\/p>\n","protected":false},"author":1,"featured_media":16402,"comment_status":"open","ping_status":"open","sticky":false,"template":"","format":"standard","meta":{"footnotes":""},"categories":[190],"tags":[],"class_list":["post-26942","post","type-post","status-publish","format-standard","has-post-thumbnail","hentry","category-qoshimcha-harflar","entry"],"translation":{"provider":"WPGlobus","version":"3.0.2","language":"ru","enabled_languages":["uz","kr","ru"],"languages":{"uz":{"title":true,"content":true,"excerpt":false},"kr":{"title":false,"content":false,"excerpt":false},"ru":{"title":false,"content":false,"excerpt":false}}},"_links":{"self":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/26942","targetHints":{"allow":["GET"]}}],"collection":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/posts"}],"about":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/types\/post"}],"author":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/users\/1"}],"replies":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/comments?post=26942"}],"version-history":[{"count":1,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/26942\/revisions"}],"predecessor-version":[{"id":26943,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/26942\/revisions\/26943"}],"wp:featuredmedia":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/media\/16402"}],"wp:attachment":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/media?parent=26942"}],"wp:term":[{"taxonomy":"category","embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/categories?post=26942"},{"taxonomy":"post_tag","embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/tags?post=26942"}],"curies":[{"name":"wp","href":"https:\/\/api.w.org\/{rel}","templated":true}]}}