{"id":2695,"date":"2021-10-01T14:37:17","date_gmt":"2021-10-01T11:37:17","guid":{"rendered":"https:\/\/milliycha.uz\/?p=2695"},"modified":"2025-10-30T10:24:01","modified_gmt":"2025-10-30T07:24:01","slug":"oybek-1905-1968-kim-bolganini-bilasizmi","status":"publish","type":"post","link":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/oybek-1905-1968-kim-bolganini-bilasizmi\/","title":{"rendered":"Oybek (1905-1968) kim bo&#8217;lganini bilasizmi?"},"content":{"rendered":"\n<p>XX asr o\u2018zbek adabiyotining rivojiga salmoqli hissa qushgan ulug\u2018 adib, shoir, olim, jamoat arbobi Muso Toshmuhammad o\u2018g\u2018li Oybek 1905 yil 10 yanvarda Toshkent shahrida bo\u2018zchi oilasida dunyoga keldi. Oldin o\u2018rta maktabda, 1922\u20141925 yillarda esa Toshkent ta\u2019lim va tarbiya texnikumida ta\u2019lim oldi. So\u2018ngra O\u2018rta Osiyo Davlat dorilfununining ijtimoiy fanlar fakultetida tahsil ko\u2018rdi. 1930 yili O\u2018rta Osiyo Davlat dorilfununini tugatib, oliy maktablarda siyosiy iqtisoddan dars berdi.<\/p>\n\n\n\n<p>Oybek adabiyotga 1926 yili chop etilgan \u00abTuyg\u2018ular\u00bb she\u2019riy to\u2018plami bilan kirib kelgan. Shoirning \u00abDilbar\u2014 davr qizi\u00bb (1931), \u00abO\u2018ch\u00bb (1932), \u00abBaxtigul va Sog\u2018indiq\u00bb (1933), \u00abTemirchi Jo\u2018ra\u00bb (1933) dostonlari o\u2018z davrining she\u2019riy solnomalaridir. U tarixiy va zamonaviy mavzularda yigirmaga yaqin dostonlar yaratgan. Oybek she\u2019riyati nihoyatda go\u2018zal bo\u2018lib, o\u2018zining sodda, ravon va ifodali tilda, boy va rang-barang tasviriy vositalarda yaratilganligi bilan alohida ajralib turadi.<\/p>\n\n\n\n<p>Oybek mohir shoir bo\u2018lgani kabi yetuk romannavis ham edi. U yaratgan \u00abQutlug\u2018 qon\u00bb, \u00abNavoiy\u00bb, \u00abUlug\u2018 yo\u2018l\u00bb, \u00abOltin vodiydan shabadalar\u00bb, \u00abQuyosh qoraymas\u00bb kabi epik polotnolar o\u2018zbek realistik romanchiligi taraqqiyotida muhim bir davrni tashkil etadi.<\/p>\n\n\n\n<p>O\u2018zbek xalqining 1916 yilgi milliy-ozodlik qo\u2018zg\u2018oloni yozuvchining \u00abQutlug\u2018 qon\u00bb (1940) romanida zo\u2018r mahorat bilan realistik ifodalangan bo\u2018lsa, \u00abNavoiy\u00bb (1944) romanida o\u2018zbek adabiyotida birinchi bo\u2018lib, ulug\u2018 shoir va mutafakkir Alisher Navoiy obrazini yaratdi. Uning \u00abOltin vodiydan shabadalar\u00bb (1949) asarida xalqimizning urushdan so\u2018nggi davr yaratuvchilik mehnati, \u00abQuyosh qoraymas\u00bb (1958) romanida ikkinchi jahon urushi fojealari o\u2018z ifodasini topgan. Adibning \u00abUlug\u2018 yo\u2018l\u00bb (1977) asari esa \u00abQutlug\u2018 qon\u00bb romanining mantiqiy davomi bo\u2018lib, unda yozuvchi xalq milliy ongining shakllanishini ko\u2018rsatishga intilgan.<\/p>\n\n\n\n<p>Oybek 1949 yilda Pokistonga sayohat qilgan. Adib qardosh xalq hayotini, fikr va tuyg\u2018ularini, kurash va intilishlarini \u00abPokiston xotiralari\u00bb ocherklari, qator she\u2019rlari, \u00abZafar va Zahro\u00bb, \u00abHaqgo\u2018ylar\u00bb dostonlarida, nihoyat, \u00abNur qidirib\u00bb qissasida tasvirlagan.<\/p>\n\n\n\n<p>Adibning avtobiografik qissasi \u2014 \u00abBolalik\u00bb 1963 yilda yaratilgan. Qissaning bosh qahramoni yosh Muso, ya\u2019ni Oybekning o\u2018zidir.<\/p>\n\n\n\n<p>Oybek iste\u2019dodli shoir, yirik nosir bo\u2018libgina qolmay, mashhur olim, publitsist, tanqidchi va tarjimon, davlat va jamoat arbobi hamdir. O\u2018zbek kitobxoni Pushkinning \u00abEvgeniy Onegin\u00bb she\u2019riy romani, Lermontovning \u00abMaskarad\u00bb, Molerning \u00abTartyuf\u00bb dramalari, shuningdek, antik adabiyoti namunalarini Oybek tarjimasida o\u2018qishga muyassar bo\u2018lgan.<\/p>\n\n\n\n<p>Oybek 1943 yilda O\u2018zbekiston Fanlar akademiyasiga haqiqiy a\u2019zo etib saylangan va 1950 yilgacha akademiyada ijtimoiy fanlar bo\u2018limining raisi lavozimida ishlagan. U yuqori malakali filologlar tayyorlashga katta hissa qo\u2018shgan ustozdir.<\/p>\n\n\n\n<p>O\u2018zbekiston xalq yozuvchisi (1965), Hamza nomidagi Respublika Davlat mukofoti sovrindori unvonlariga sazovor bo\u2018lgan.<\/p>\n\n\n\n<p>Yozuvchi asarlari o\u2018zbek adabiyotining jahonaro shuhratini yanada oshirdi. Ustoz mahorati yosh yozuvchilar uchun ijod dorilfununiga aylandi. Oybekning o\u2018lmas asarlari ma\u2019naviy xazinamizdan mustahkam o\u2018rin oldi va umumxalq mulki bo\u2018lib qoldi.<\/p>\n\n\n\n<p>Oybek 1968 yil 1 iyulda 63 yoshida vafot etgan. Vafotidan so\u2018ng uning 20 jildlik to\u2018la asarlari majmuasi nashr etilgan. \u00abBuyuk xizmatlari uchun\u00bb ordeni bilan taqdirlangan (2001).<\/p>\n","protected":false},"excerpt":{"rendered":"<p>XX asr o\u2018zbek adabiyotining rivojiga salmoqli hissa qushgan ulug\u2018 adib, shoir, olim, jamoat arbobi Muso Toshmuhammad o\u2018g\u2018li Oybek 1905 yil 10 yanvarda Toshkent shahrida bo\u2018zchi oilasida dunyoga keldi. Oldin o\u2018rta &hellip; <a href=\"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/oybek-1905-1968-kim-bolganini-bilasizmi\/\" class=\"more-link\">Read More<\/a><\/p>\n","protected":false},"author":1,"featured_media":2696,"comment_status":"closed","ping_status":"closed","sticky":false,"template":"","format":"standard","meta":{"footnotes":""},"categories":[100],"tags":[],"class_list":["post-2695","post","type-post","status-publish","format-standard","has-post-thumbnail","hentry","category-adabiyot","entry"],"translation":{"provider":"WPGlobus","version":"3.0.0","language":"ru","enabled_languages":["uz","kr","ru"],"languages":{"uz":{"title":true,"content":true,"excerpt":false},"kr":{"title":false,"content":false,"excerpt":false},"ru":{"title":false,"content":false,"excerpt":false}}},"_links":{"self":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/2695","targetHints":{"allow":["GET"]}}],"collection":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/posts"}],"about":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/types\/post"}],"author":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/users\/1"}],"replies":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/comments?post=2695"}],"version-history":[{"count":2,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/2695\/revisions"}],"predecessor-version":[{"id":163273,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/2695\/revisions\/163273"}],"wp:featuredmedia":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/media\/2696"}],"wp:attachment":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/media?parent=2695"}],"wp:term":[{"taxonomy":"category","embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/categories?post=2695"},{"taxonomy":"post_tag","embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/tags?post=2695"}],"curies":[{"name":"wp","href":"https:\/\/api.w.org\/{rel}","templated":true}]}}