{"id":27146,"date":"2022-05-21T10:56:10","date_gmt":"2022-05-21T07:56:10","guid":{"rendered":"https:\/\/milliycha.uz\/?p=27146"},"modified":"2022-05-21T10:56:10","modified_gmt":"2022-05-21T07:56:10","slug":"janubiy-kemachi-neftgaz-kondensat-koni","status":"publish","type":"post","link":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/janubiy-kemachi-neftgaz-kondensat-koni\/","title":{"rendered":"JANUBIY KEMACHI NEFTGAZ-KONDENSAT KONI"},"content":{"rendered":"\n<p>JANUBIY KEMACHI NEFTGAZ-KONDENSAT KONI &#8212; Buxoro viloyatidagi kon. Qorovulbozor temir yo\u2019l stantsiyasidan 35 kilometr shimoli-sharqda. 1979 yilda ochilgan, 1993 yilda foydalanishga topshirilgan. Kon relefi tekislikdan iborat bo&#8217;lib, shimoli-sharqdan Janubi-G&#8217;arb tomonga qiyalangan, yer yuzasi eol qumlari bilan qoplangan. 236-274 metr balandlikda joylashgan. Kon maydoni Chorjo&#8217;y tektonik pog&#8217;onasidagi Ispanlichandir ko&#8217;tarilmasining Sharqiy qismidir. Strukturasi kemachi-zekri braxiantiklinalining janub qismida mujassamlashgan, 1970 yil seysmik razvedka ishlari natijasida aniklangan. O&#8217;lchami 25&#215;15 kilometr. Keyinchalik qazilgan parametrik quduq ham sanoat miqyosida neft va gaz borligini tasdiqladi. 1979-1983 yillarda qaeilgan jami 22 quduq yura, bo&#8217;r, paleogen va to&#8217;rtlamchi davr jinslarini ochgan. Karbonat jinsli kollektor qatlamning umumiy qalinligi 336-407 metr bo&#8217;lib, u gorizontlarga ajratilgan. Sanoat miqyosidagi neft-gazlilik yuqori yura davrining karbonat yotqiziqlari bilan bog&#8217;liq. 15-R gorizontdan (2186-2308 metr chuqurlikda ochilgan) olingan gazning debiti 452-588 ming m\/sutka. Gaz-neft tutash yuza &#171;-2061 metr satxda belgilangan. Uyum massivli, o&#8217;lchami 11,5&#215;4.1 kilometr, balandligi 130 metr. G&#8217;ovaklilik koeffitsienti 0,16; gazga to&#8217;yinganlik koeffisienti 0,78. Gaz quruq, metan miqdori 78,96\u201492,23%, azot kam (5,28%), karbonat kislotali (3,16), kam oltingugurtli (0,03%). Qatlam gazida etan 44 g\/M1, propan 15 g\/M1, izobutan 3 g\/M1, Butan 4G\/m geliy 0,003%&#8217; Neft uyumi 15-NR va 15-R gori-zontlari bilan bog&#8217;liq bo&#8217;lib, 2309\u2014 2347 metr chuqurlikda ochilgan. Uyum massivli, o&#8217;lchami 11,5&#215;3,9 kilometr, balandligi 10,0 metr. Suvneft tutash yuzasi &#171;-2071 metr satxda belgilangan. G&#8217;ovaklilik koeffisienti 0,15, neftga to&#8217;yinganlik \u2014 0,69. Neft zichligi 0,884 g\/sm1. Neft bera olishlik koeffisienti \u2014 0,18. Neft o&#8217;rtacha va og&#8217;ir, oltingugurtli, smolali, parafinli, benzin fraktsiyasi kam. Neft tarkibida (%da); oltingugurt \u2014 1,98, asfaltenlar \u2014 1,77, smola \u2014 9,6, paraffin -5,75, benzin fraktsiyalari \u2014 8,56. Kondensatlar o&#8217;rtacha va og&#8217;ir, zichligi 0,774 g\/sm1, oltingugurtli, 300\u00b0 gacha 90-95% fraktsiyalar qaynaydi. Ulardan 75% benzin fraktsiyalariga to&#8217;g&#8217;ri keladi. Benzin fraktsiyalarning kerosin fraktsiyalarga nisbatan ajralishi 2,5 marotaba ko&#8217;p. Kondensatlardagi metan uglevodorodlarining miqdori 44,4\u2014 54,2%. Barqaror kondeneatning gazdagi miqdori 43 g\/M1. Yura davri yotqiziqlaridagi qatlam suvlari xlorid-kaltsiy tipli, metamorflashgan namakoblardan iborat. Suv zichligi 1,07\u20141,08 g\/sm1, minerallashganligi 90-100 g\/l. Suv tarkibida sanoat miqyosidagi yod (o&#8217;rtacha 54,0 mg\/l) va brom (o&#8217;rtacha 400,0 mg\/l) uchraydi. Shuningdek, sanoat miqyosida to&#8217;plangan litiy, rubidiy, strontsiy va tseziy elementlari mavjud. Janubiy kemachi koni neft va gaz zaxirasiga ko&#8217;ra o&#8217;rtacha yiriklikdagi konlar toifasiga kiradi.<\/p>\n","protected":false},"excerpt":{"rendered":"<p>JANUBIY KEMACHI NEFTGAZ-KONDENSAT KONI &#8212; Buxoro viloyatidagi kon. Qorovulbozor temir yo\u2019l stantsiyasidan 35 kilometr shimoli-sharqda. 1979 yilda ochilgan, 1993 yilda foydalanishga topshirilgan. Kon relefi tekislikdan iborat bo&#8217;lib, shimoli-sharqdan Janubi-G&#8217;arb tomonga &hellip; <a href=\"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/janubiy-kemachi-neftgaz-kondensat-koni\/\" class=\"more-link\">Read More<\/a><\/p>\n","protected":false},"author":1,"featured_media":16402,"comment_status":"open","ping_status":"open","sticky":false,"template":"","format":"standard","meta":{"footnotes":""},"categories":[190],"tags":[],"class_list":["post-27146","post","type-post","status-publish","format-standard","has-post-thumbnail","hentry","category-qoshimcha-harflar","entry"],"translation":{"provider":"WPGlobus","version":"3.0.2","language":"ru","enabled_languages":["uz","kr","ru"],"languages":{"uz":{"title":true,"content":true,"excerpt":false},"kr":{"title":false,"content":false,"excerpt":false},"ru":{"title":false,"content":false,"excerpt":false}}},"_links":{"self":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/27146","targetHints":{"allow":["GET"]}}],"collection":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/posts"}],"about":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/types\/post"}],"author":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/users\/1"}],"replies":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/comments?post=27146"}],"version-history":[{"count":1,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/27146\/revisions"}],"predecessor-version":[{"id":27149,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/27146\/revisions\/27149"}],"wp:featuredmedia":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/media\/16402"}],"wp:attachment":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/media?parent=27146"}],"wp:term":[{"taxonomy":"category","embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/categories?post=27146"},{"taxonomy":"post_tag","embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/tags?post=27146"}],"curies":[{"name":"wp","href":"https:\/\/api.w.org\/{rel}","templated":true}]}}