{"id":2719,"date":"2021-10-02T14:09:19","date_gmt":"2021-10-02T11:09:19","guid":{"rendered":"https:\/\/milliycha.uz\/?p=2719"},"modified":"2024-07-22T09:15:55","modified_gmt":"2024-07-22T06:15:55","slug":"mashhur-yozuvchilar-hayotidan-hangomalar","status":"publish","type":"post","link":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/mashhur-yozuvchilar-hayotidan-hangomalar\/","title":{"rendered":"Mashhur yozuvchilar hayotidan hangomalar"},"content":{"rendered":"\n
Kunlardan bir kuni Bernard Shou ot minib sayrga chiqadi. Ancha muddat o\u2018tgach, yo\u2018lida uchragan odamga murojjat qiladi:
\u2013 Birodar, shu otni jilovidan ushlab tursangiz, iltimos, men birrov pochtaxonaga kirib chiqaman.
\u2013 E, nimalar deyapsiz, janob, men axir parlament a\u2019zosiman-ku?!
\u2013 Ko\u2018rinishingizdan halol, vijdonli odamga o\u2018xshayapsiz, Mayli, tavakkal, men sizga ishonaman.<\/p>\n\n\n\n
* * *<\/p>\n\n\n\n
Enriko Karuzo birinchi marta Amerikaga kelganda jurnalistlar uni o\u2018rab oladi. Ulardan biri xonandadan so\u2018raydi:
\u2013 Italiya va Amerika o\u2018rtasidagi savdo aloqalari haqida nima deya olasiz?
\u2013 Bu haqda hech o\u2018ylab ko\u2018rmagan ekanman, \u2013 deydi xonanda biroz xijolat bo\u2018lib. \u2013 Lekin ishonchim komilki, nima demoqchi ekanimni ertaga chiqadigan gazetalardan o\u2018qib bilib olarman.<\/p>\n\n\n\n
* * *<\/p>\n\n\n\n
Lessing parishonxotirligi bilan mashhur edi. Bir kuni uyiga kech qaytib, eshikni taqillatadi. Ichkaridan shunday javob bo\u2018ladi:
\u2013 Janob professor uyda yo\u2018q!
\u2013 Hay, mayli, nima ham qilardim, boshqa vaqtda kelarman, \u2013 deya professor uyidan uzoqlashadi.<\/p>\n\n\n\n
* * *<\/p>\n\n\n\n
Kunlardan bir kuni Eynshteyn hamrohlarini tabiat manzarasi bilan tanishtirayotib, shunday deydi:
\u2013 Ro\u2018parangizdagi mana shu tog\u2018da qadimgi qasr xarobalari bor. Tik jarlik yoqasidagi so\u2018qmoq bo\u2018ylab borsangiz, tog\u2018 etagidagi yashil vodiyga chiqasiz. Bu so\u2018qmoq juda xavfli, ehtiyot bo\u2018lish lozim, mabodo jarlikdan qulab ketguday bo\u2018lsangiz, o\u2018ng tomonga qarashni unutmang. Ko\u2018z oldingizda juda go\u2018zal manzara namoyon bo\u2018ladi.<\/p>\n\n\n\n
* * *<\/p>\n\n\n\n
O\u2018z davrida tilga tushgan \u201cAleksandr Nevskiy\u201d filmi suratga olinayotgan edi. Nogoh bosh rol ijrochisi Nikolay Cherkasovning tobi qochib qoladi. Suratga olish maydoni studiyaga yaqin edi. Aktyor Aleksandr Nevskiy libosi va grimida ichkariga shoshadi. Lekin qorovul yo\u2018lini to\u2018sib, so\u2018raydi:
\u2013 Ruxsatnomangizni ko\u2018rsating!
Aktyor ruxsatnomasi pardozxonada qolganini, hozir qorni qattiq og\u2018riyotganini aytadi. Qorovul esa baribir ichkariga kiritmaydi. Shunda Cherkasov buyuk sarkarda rolini o\u2018ynayotganini eslab qoladi. Qahr bilan shamshirini qinidan sug\u2018urib, qorovulga xezlanadi:
\u2013 Yo\u2018lni bo\u2018shat, yaramas! Hozir kallangni sapchadek uzib tashlayman!
Qo\u2018rqib ketgan qorovul boyoqish orqa-o\u2018ngiga qaramay qochib qoladi.<\/p>\n\n\n\n
* * *<\/p>\n\n\n\n
Dog\u2018istonlik mashhur shoir Abutolibning kitobini noshirlar kelgusi yilga qoldiradilar. Shunda shoir noshirlarga deydi:
\u2013 Qiziq, tarjimon Effendi Kapiyev men bilan suhbatlashib, aytgan gaplarimni yozib oldi va o\u2018sha zahotiyoq matbuotda e\u2019lon qildi. Rasul Hamzatov ham xuddi shunday qiluvdi. Ammo o\u2018zimning fikrimni o\u2018zim kitob qilib chiqarmoqchi bo\u2018lsam, bir yil ortga surishyapti. Qani mantiq?<\/p>\n\n\n\n
* * *<\/p>\n\n\n\n
Iqtidori o\u2018rtachadan ham nochor bo\u2018lgan bir adib jamiki unvon, orden va lavozimlarga ega bo\u2018ladi. Uni ko\u2018chada uchratgan Abutolib shunday deydi:
\u2013 Sen hamma narsaga erishding. Endi mutlaqo yozmasang ham bo\u2018laveradi.<\/p>\n\n\n\n
* * *<\/p>\n\n\n\n
Yozuvchilar uyushmasida ishlaydigan rahbarlardan biri grafomanlik bilan shug\u2018ullanardi. Uning yozganlari atrofdagilarda istehzoli kulgi uyg\u2018otardi, xolos. Yozuvchi Viktor Shklovskiy unga shunday ta\u2019rif beradi:
\u2013 Yozuvchilik bilan shug\u2018ullangan ma\u2019muriyatchi xuddi opera teatrida kuylayotgan o\u2018t o\u2018chiruvchiga o\u2018xshaydi.<\/p>\n\n\n\n
* * *<\/p>\n\n\n\n
O\u2018rtamiyona bir fizik Eynshteynga \u201chamkasb\u201d deya murojaat qiladi.
\u2013 Rostdanmi? \u2013 deydi olim hayratlanib. \u2013 Siz bilan hamkasbmizmi? Nima, siz ham bod kasalidan azob chekasizmi?<\/p>\n\n\n\n
* * *<\/p>\n\n\n\n
Hayotining so\u2018nggi yillarida yozuvchi M.E. Saltikov-Shchedrin og\u2018ir kasallikdan azob chekadi. Shunda ham u ijod bilan shug\u2018ullanaveradi. Uning huzuriga odamlar kelib turgan, adib vaqt topib ular bilan suhbatlashgan. Faqat hayotining so\u2018nggi kunlaridagina to\u2018shakdan turolmay qolgan, shu bois hech kimni qabul qilolmagan. Bir kuni qabuliga kimdir kelganini eshitib, shunday degan ekan:
\u2013 Chiqib unga uzrimni aytib qo\u2018ying, men juda bandman \u2013 o\u2018layapman\u2026<\/p>\n\n\n\n
* * *<\/p>\n\n\n\n
Albert Eynshteyn \u201cNisbiylik nazariyasi\u201dni yaratgach, dunyoga mashhur bo\u2018lib ketadi. Olimni xalqaro anjumanlarga, universitetlarga ma\u2019ruza o\u2018qish uchun taklif etishadi. Har kuni yangi nazariya bo\u2018yicha ma\u2019ruza o\u2018qiladi.
Bir kuni olimning haydovchisi shunday deydi:
\u2013 Janob, shu qadar ko\u2018p ma\u2019ruza o\u2018qiyapsizki, shu nazariyangiz hatto menga ham yod bo\u2018lib ketdi.
\u2013 Unda keyingi gal ma\u2019ruzani o\u2018zing o\u2018qiysan! \u2013 deydi olim.
Darhaqiqat, haydovchi universitetda ma\u2019ruzani qoyil qilib o\u2018qiydi. Minbardan tushayotganda tinglovchilardan biri nogoh unga savol berib qoladi. Shunda haydovchi o\u2018zini yo\u2018qotmaydi, topqirlik qiladi:
\u2013 Savolingizning javobi shu qadar oddiyki, buni hatto haydovchim ham biladi, \u2013 deya Eynshteynni ko\u2018rsatadi.<\/p>\n\n\n\n
* * *<\/p>\n\n\n\n
Yuriy Nikulin grimxonasida o\u2018tirganda tsirk xodimlaridan biri kirib, baqiradi:
\u2013 Yong\u2018in! Yuriy Vladimirovich, yong\u2018in!!
Shunda Nikulin xotirjam javob qiladi:
\u2013 Men yong\u2018inni yutolmayman. Bu ish bilan boshqa artist shug\u2018ullanadi.<\/p>\n\n\n\n
* * *<\/p>\n\n\n\n
Mashhur frantsuz aktrisasi madam de lya Rok eri bilan ajrashmoqchi bo\u2018ladi.
Muxlislar undan so\u2018rashadi:
\u2013 Nega bunday qarorga keldingiz?
\u2013 Erim menga xuddi itga munosabatda bo\u2018lganday qarayapti.
\u2013 Bunisi qandoq bo\u2018ldi?
\u2013 Mendan itdek vafodor bo\u2018lishni talab qilyapti.<\/p>\n\n\n\n
* * *<\/p>\n\n\n\n
Mashhur vrach Sergey Botkin Peterburg harbiy-tibbiyot akademiyasida dars berardi. Kunlardan bir kun u tanbal talabani uchinchi marta imtihondan \u201cyiqitadi\u201d. Tanbalning do\u2018stlari professorga uchrashib, talabaning ahvoli og\u2018irligini, boyoqish omadsizlikdan iztirob chekib, alam ustida o\u2018zini o\u2018ldirmoqchi ekanini aytishadi.
\u2013 Ortiqcha tashvishlanmanglar! \u2013 deydi professor. \u2013 U talaba odam anatomiyasini yaxshi bilmaydi, shu bois pichoq sanchish uchun yuraginiyam topolmaydi.<\/p>\n\n\n\n
* * *<\/p>\n\n\n\n
Mashhur adib Mark Tven oqshomda uyiga qaytayotgan edi. Pastqam bir joyda noma\u2019lum kishi uni to\u2018xtatib, ko\u2018ksiga to\u2018pponcha qadaydi:
\u2013 Soatni chiqar!
Yozuvchi qaroqchiga sinchiklab tikiladi:
\u2013 Soatni o\u2018tgan hafta olgansiz!
\u2013 Kechirasiz, \u2013 deydi qaroqchi, \u2013 bu orada yangisini olgan bo\u2018lsangiz kerak deb o\u2018ylovdim.<\/p>\n\n\n\n
* * *<\/p>\n\n\n\n
Frantsuz adibi Andre Moruadan bir do\u2018sti so\u2018radi:
\u2013 Qani ayt-chi, tarixni kim ko\u2018proq o\u2018zgartirdi? Sezarmi yoki Napoleon?
Morua shunday javob qiladi:
\u2013 Sivilizatsiya paydo bo\u2018lgandan buyon tarixni eng ko\u2018p o\u2018zgartirgan shaxslar \u2013 tarixchilardir!..<\/p>\n\n\n\n
* * *<\/p>\n\n\n\n
Qadimgi greklar donishmand faylasuf Diogenning fikrini juda qadrlashgan. Muxlislar bir kuni undan so\u2018rashadi:
\u2013 Qaysi yoshda uylangan ma\u2019qul?
Faylasuf shunday javob qiladi:
\u2013 Yoshlarga hali uylanish erta, keksalarga esa kech.<\/p>\n\n\n\n
* * *<\/p>\n\n\n\n
Mashhur frantsuz adibi Viktor Gyugo yangi romani qanday sotilayotganini bilish maqsadida noshirlarga faqat so\u2018roq belgisidan iborat maktub yuboradi. Javob xatini o\u2018qigan adib noshirlarning topqirligiga qoyil qoladi. Bir sahifalik maktubda kattagina undov belgisi bor edi.<\/p>\n\n\n\n
* * *<\/p>\n\n\n\n
Charli Chaplinning o\u2018g\u2018rilar orasida ham muxlislari bo\u2018lgan ekan. Aktyor bir kuni uyiga qaytayotib cho\u2018ntagidan ajoyib qo\u2018l soati topib oladi. Hayron bo\u2018lib topilmani politsiya idorasiga topshiradi. Oradan bir kun o\u2018tgach, u shunday maktub oladi: \u201cMuhtaram janob Chaplin! Bu maktubni sizga ashaddiy cho\u2018ntakkesar yozmoqda. Azbaroyi san\u2019atingizga qoyil qolganimdan cho\u2018ntagingizdagi soatni o\u2018g\u2018irlab, yana o\u2018zingizga sovg\u2018a qilib yubordim\u201d.<\/p>\n\n\n\n
* * *<\/p>\n\n\n\n
Mashhur qo\u2018shiqchi, rok-n-rol \u201cqiroli\u201d Elvis Preslining juda ko\u2018plab muxlislari bor edi. Ayniqsa, qizlar unga ketma-ket maktub bitib, tinchitmas edi. Bir gazeta muxbiri qo\u2018shiqchidan qizlar unga nima haqda yozishlarini so\u2018raydi.
\u2013 Ular ko\u2018pincha sochimdan bir tola yuborishimni so\u2018rashadi, \u2013 deya javob qiladi qo\u2018shiqchi.
\u2013 Hammasining iltimosini bajaraman desangiz, kal bo\u2018lib qolasiz-ku? \u2013 ajablanadi muxbir.
\u2013 E, menga-ku jin ham urmaydi, ammo itim yaqin orada kal bo\u2018lib qolishi mumkin.<\/p>\n\n\n\n
* * *<\/p>\n\n\n\n
Frantsuz fizigi Pol Lanjeven fanning jamiki murakkab masalalari haqida hammabop qilib gapira olishi bilan mashhur edi. Bir gal u Frantsuz Fanlar akademiyasida qoyilmaqom ma\u2019ruza o\u2018qiydi. Hamkasblari ma\u2019ruzadan keyin olimni o\u2018rab olib, bu qadar sodda, tushunarli gapira olishining sir-asrorini so\u2018rashadi.
\u2013 E, hammasi juda oddiy, \u2013 deya javob qiladi fizik. \u2013 Men gapirayotib tinglovchilar orasidan anqovroq bir basharaga qarab, to u tushunganday bo\u2018lmagunicha gapiraveraman. Tamom-vassalom!
Shu mahal Lanjevenning yoniga Fanlar akademiyasining prezidenti keladi:
\u2013 Sizni tabriklayman, hamkasb! Faqat tushunmadim, nega gapirayotganingizda mendan ko\u2018z uzmadingiz?<\/p>\n\n\n\n
* * *<\/p>\n\n\n\n
Gyote Veymar shahridagi istirohat bog\u2018ida sayr qilib yurgan edi, ro\u2018parasidan bir tanqidchi chiqib qoladi. Ular bir-birini yoqtirishmasdi. Qarshi tomondan kelayotgan tanqidchi takabburlik bilan dedi:
\u2013 Men ahmoqlarga yo\u2018l bermayman!
\u2013 Men hamisha ahmoqlarga yo\u2018l berganman! \u2013 dedi buyuk Gyote kulimsirab va sekin yo\u2018lning chetiga chiqdi.<\/p>\n\n\n\n
* * *<\/p>\n\n\n\n
Mashhur skripkachi va kompozitor Paganini o\u2018z kontsertiga kechikayotgan ekan. Shosha-pisha ko\u2018chada izvosh topib, teatrga olib borishni so\u2018rabdi. Izvoshchi mashhur skripkachiga shart qo\u2018yibdi:
\u2013 O\u2018n tanga berasiz!
\u2013 Yo\u2018g\u2018-e, namuncha qimmat?
\u2013 Maestro! O\u2018zingiz ham birgina simda kuy chalib, tomoshabinlarning pulini shilib olasiz-ku!
\u2013 Unday bo\u2018lsa, siz ham izvoshingizning bitta g\u2018ildiragida meni manzilga oborib qo\u2018ysangiz, o\u2018sha aytgan pulingizni beraman!<\/p>\n\n\n\n
* * *<\/p>\n\n\n\n
Nemis botanigi K.Gebelni rassom do\u2018sti ustaxonasiga taklif etib, yangi ishlagan rasmni ko\u2018rsatadi. Gebel suratga juda uzoq tikilib qoladi, ammo maqtov eshitish ishtiyoqida turgan rassom asar haqidagi fikrini so\u2018raganda tomdan tarasha tushgandek dangaliga deydi:
\u2013 Do\u2018stim, olma noto\u2018g\u2018ri chizilgan!
\u2013 Yo\u2018g\u2018-e? Qanaqasiga endi noto\u2018g\u2018ri bo\u2018larkan? \u2013 deb so\u2018raydi rassom hayratlanib.
\u2013 Axir Momo Havo Odam Atoga uzatib turgan olma navining kashf etilganiga atigi sakson yil bo\u2018lgan, xolos!..<\/p>\n\n\n\n
* * *<\/p>\n\n\n\n
Amerikadagi kinofirmalardan biri mashhur ingliz siyosiy arbobi Uinston Cherchill haqida film qilmoqchi bo\u2018ladi. Filmda oltmish yoshli arbobning hayot yo\u2018li ko\u2018rsatilishi lozim edi. Cherchill rolini ijro etish sakson yoshli aktyor Charlz Kloftonga topshiriladi. Bu rol ijrosi uchun aktyor katta miqdorda pul olishini eshitgan Cherchill g\u2018azablanib, shunday iddao qiladi:
\u2013 Birinchidan, rolimni o\u2018ynayotgan bu odam haddan ziyod semiz, ikinchidan, juda qari. Uchinchidan, bunday pulga o\u2018zim ham o\u2018zimni qoyilmaqom qilib o\u2018ynab bera olaman!<\/p>\n\n\n\n
* * *<\/p>\n\n\n\n
Ingliz adibi jonatan Svift yayov yurishni yoqtirardi. Kunlardan bir kun u sayr qilib yurib bir mehmonxonaga keladi. Mehmonxona xo\u2018jayini unga hamma xonalar band ekanini, agar rozi bo\u2018lsa, bir fermer bilan bitta xonada tunashi mumkinligini aytadi. Adib rozi bo\u2018ladi.
Fermer qo\u2018shnisi gapdongina ekan, yarmarkadagi ishlari haqida jo\u2018shib-toshib hikoya qiladi.
\u2013 Mening ishlarim ham yomon emas, \u2013 deydi adib suhbatga qo\u2018shilib. \u2013 Yaqinda olti qotilni osib o\u2018ldirdim, endi qo\u2018shni shahardagi to\u2018rt qotilni jazolagani ketyapman.
\u2013 Siz\u2026 kimsiz o\u2018zi? \u2013 fermerning esxonasi chiqib ketadi.
\u2013 Men jinoyatchilarni jazolaydigan oddiygina jallodman, xolos.
Fermer shosha-pisha o\u2018rnidan turib, xonani tark etadi.<\/p>\n\n\n\n
* * *<\/p>\n\n\n\n
Sobiq ittifoq Yozuvchilar uyushmasining s\u2019ezdida uyushmaning Tula viloyati rahbari so\u2018zga chiqib, shunday deydi:
\u2013 Ijodiy yutuqlarimiz ancha salmoqli. Asr boshida bizning Tula viloyatimizda birgina yozuvchi \u2013 Lev Nikolayevich Tolstoy bor edi, endilikda esa bo\u2018limimizda yigirma yetti nafar yozuvchi ijod qilmoqda.<\/p>\n\n\n\n
* * *<\/p>\n\n\n\n
Mashhur frantsuz adibi Mopassan ma\u2019lum muddat vazirlikda kichik lavozimda ishlagan edi. Oradan yillar o\u2018tgach, o\u2018sha vazirlikning arxivida Mopassanga berilgan shunday tavsifnoma topiladi: \u201cIshga munosabati yaxshi, lekin yomon yozadi\u201d.<\/p>\n\n\n\n
* * *<\/p>\n\n\n\n
Amerika prezidenti Linkoln hayotda juda kamtar-kamsuqum inson bo\u2018lgan. Bir kuni xorijlik diplomat botinkasini o\u2018zi tozalayotgan prezidentni ko\u2018rib qolib, so\u2018raydi:
\u2013 Ie, janob prezident, o\u2018z botinkangizni o\u2018zingiz tozalaysizmi?
\u2013 Ha, shunday, \u2013 deya javob beradi Linkoln, \u2013 siz kimnikini tozalaysiz?<\/p>\n\n\n\n
* * *<\/p>\n\n\n\n
Kunlardan bir kun atoqli adib Abdulla Qodiriy bog\u2018idagi so\u2018rida xayol surib o\u2018tirgan ekan, qo\u2018shnisi ko\u2018rib qolib so\u2018rabdi:
\u2013 Dam olayapsizmi, Abdulla aka?
\u2013 Yo\u2018q, men ishlayapman, \u2013 debdi yozuvchi.
O\u2018sha qo\u2018shni boshqa bir kuni kirganida Abdulla Qodiriy daraxtlarning tagini ketmon bilan yumshatayotgan ekan.
\u2013 Hormang, \u2013 debdi u adibga, \u2013 ishlayotgan ekansiz-da?
\u2013 Men ishlayotganim yo\u2018q, \u2013 debdi bu gal yozuvchi, \u2013 dam olayotibman, hordiq chiqarayotibman.<\/p>\n\n\n\n
* * *<\/p>\n\n\n\n
Urush yillari Frantsiyani bosib olgan nemis fashistlari mashhur rassom Pikassoning ustaxonasiga tez-tez kirib turishardi. Musavvir ularga o\u2018zining bitta asaridan olingan fotonusxani \u201cEsdalik uchun\u201d deya imzo qo\u2018yib, tuhfa etaverardi. Unda Ispan qishlog\u2018ining fashistlar tomonidan yakson qilinishi tasvirlangan edi. Kunlardan bir kun ustaxonaga Gestapo agenti kirib keladi va sumkasidan o\u2018sha fotonusxani jahl bilan olib, rassomga ko\u2018rsatadi:
\u2013 Bu sizning ishingizmi?
\u2013 Yo\u2018q, bu sizlarning ishingiz! \u2013 deb javob qiladi rassom.<\/p>\n\n\n\n
* * *<\/p>\n\n\n\n
Bernard Shouning \u201cPigmalion\u201d komediyasi ilk bor sahnalashtirilganda Angliyada zo\u2018r muvaffaqiyat qozonadi. Muallifning ijozatisiz filmni suratga oldirgan prodyusser shu voqea munosabati bilan katta ziyofat uyushtiradi. Kinoda qatnashganlarning deyarli hammasi ziyofatga keladi. Faqat\u2026 buyuk dramaturgni taklif etishmaydi. Lekin Shou baribir ziyofatga keladi. U bir chetda o\u2018tirib, prodyuser, rejissyor, operator, rassom va aktyorlar sha\u2019niga aytilgan hamdu sanolarni kulimsirab eshitib o\u2018tiradi. Uning nomi ham tilga olinmaydi. Shunda yozuvchi asta o\u2018rnidan turib, baland ovozda yig\u2018ilganlarga xitob qiladi:
\u2013 Xonimlar va janoblar! Men Bernard Shouning salomatligi uchun qadah ko\u2018tarishingizni so\u2018rayman! Darvoqe, tanishib qo\u2018yaylik, Bernard Shou \u2013 mening o\u2018zimman!..<\/p>\n\n\n\n
* * *<\/p>\n\n\n\n
Mashhur masalchi Ivan Andreevich Krilovdan bir kuni muxlislari so\u2018rashibdi:
\u2013 Juda noyob iste\u2019dodingiz bor-u, nega juda kam yozasiz?
Yozuvchi shunday javob qilibdi:
\u2013 \u201cNega yozasiz?\u201d degandan ko\u2018ra \u201cNega kam yozasiz?\u201d degan savolni eshitish yaxshiroq-da!..<\/p>\n\n\n\n
* * *<\/p>\n\n\n\n
Polyak shoiri Yulian Tuvimdan so\u2018rashibdi:
\u2013 Kimni xudbin odam deyish mumkin?
\u2013 Menga sira g\u2018amxo\u2018rlik qilmaydigan odamni xudbin deyish mumkin, \u2013 deya javob qiladi shoir kulimsirab.<\/p>\n\n\n\n
* * *<\/p>\n\n\n\n
Kunlardan bir kun qadimgi yunon faylasufi Diogen kamon otuvchining qayta-qayta urinsa ham mo\u2018ljalga sira urolmayotganini ko\u2018rib, nishonning yoniga borib turadi. Tomoshabinlar hayron bo\u2018lib so\u2018rashadi:
\u2013 Nega bunday qildingiz? Axir\u2026
\u2013 Eng xavfsiz joy mana shu yer ekan! \u2013 deb javob qiladi faylasuf.<\/p>\n\n\n\n
* * *<\/p>\n\n\n\n
Mashhur satirik yozuvchi M.M.Zoshchenkoning otasi rassom bo\u2018lgan, ammo o\u2018g\u2018li kabi shuhrat qozonolmagan.
Yozuvchi sifatida tanilgan Zoshchenko bir kuni komission do\u2018konda otasi ishlagan rasmni ko\u2018rib qoladi. Sotuvchidan kartinaning bahosini so\u2018raydi.
\u2013 Yuz so\u2018m! \u2013 deydi sotuvchi.
\u2013 Namuncha qimmat? \u2013 yozuvchi hayron bo\u2018ladi.
\u2013 Axir muallifning nomi qanday jaranglayotganini qarang! \u2013 deydi sotuvchi. \u2013 Zoshchenko-ya!!!<\/p>\n\n\n\n
* * *<\/p>\n\n\n\n
Musiqadan ta\u2019lim olayotgan bir qiz mashhur bastakor Frants Listdan so\u2018raydi:
\u2013 Ayting-chi, hurmatli maestro! Odamlar haqiqiy pianinochi bo\u2018lib tug\u2018ilish kerak deyishyapti, shu gap to\u2018g\u2018rimi?
\u2013 To\u2018ppa-to\u2018g\u2018ri! \u2013 javob qiladi maestro. \u2013 Axir odam tug\u2018ilmasa, qanday qilib pianino chaladi?<\/p>\n\n\n\n
* * *<\/p>\n\n\n\n
Mark Tven ishlayotgan tahririyatga bir kuni qurollangan bosqinchi kirib, tahdid qiladi:
\u2013 Qo\u2018lingni ko\u2018tar! Yo pulni berasan, yo o\u2018lasan! Qani, tezroq qimirla!
\u2013 Xayriyat-ey! \u2013 deydi muharrir kulib. \u2013 Yana kimdir she\u2019r ko\u2018tarib keldimikan deb qo\u2018rquvdim.<\/p>\n\n\n\n
* * *<\/p>\n\n\n\n
XIX asrda yashab o\u2018tgan mashhur nemis rassomi Mentsel huzuriga bir yosh musavvir kelib, o\u2018zining asarini ko\u2018rsatadi.
\u2013 Maestro! \u2013 deydi u. \u2013 Adolat bormi o\u2018zi bu dunyoda? Mana shu kartinani men bir kunda ishlagan edim, ammo uni bir yildan buyon sotolmayapman.
\u2013 Azizim! \u2013 javob qiladi rassom. \u2013 Agar siz bu asaringizni bir yil mobaynida ishlaganingizda edi, uni bir kundayoq sotgan bo\u2018lardingiz.<\/p>\n\n\n\n
* * *<\/p>\n\n\n\n
Kunlardan bir kun muxbir Bernard Shoudan so\u2018raydi:
\u2013 Ayollar tabiatidagi eng asosiy xususiyat nimada deb o\u2018ylaysiz?
Shou shunday javob beradi:
\u2013 \u201cKo\u2018rishguncha xayr\u201d degan so\u2018zni o\u2018ttiz martadan kam aytadigan ayol hali dunyoga kelmagan.<\/p>\n","protected":false},"excerpt":{"rendered":"