{"id":27285,"date":"2022-05-21T16:03:12","date_gmt":"2022-05-21T13:03:12","guid":{"rendered":"https:\/\/milliycha.uz\/?p=27285"},"modified":"2022-05-21T16:03:12","modified_gmt":"2022-05-21T13:03:12","slug":"orientalizm","status":"publish","type":"post","link":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/orientalizm\/","title":{"rendered":"ORIENTALIZM"},"content":{"rendered":"\n<p>ORIENTALIZM (lotincha opepk -Sharq) \u2014Yevropa san&#8217;atida shakl topgan badiiy usul, ijodiy tamoyil; Sharq xalqlari madaniyatiga xos mavzu va obrazlarga murojaat etishi, shuningdek. Sharq san&#8217;ati ifodaviy vositalari, badiiy shakllarining qo&#8217;llanishi bilan belgilanadi. kelib chiqishi Yunoniston (miloddan avvalgi 8\u2014 7-asrlar), qadimgi Rim (milodiy 1-asr, &#171;misrlashgan 3-uslub&#187;, Pompeyadagi &#171;orfey uyi&#187; va boshqalar) san&#8217;ati bilan bog&#8217;liq. O&#8217;rta asr davrida o.ning jihatlari Kurtuba xalifaligi (masalan, 8-10-asrlarda qurilgan va &#8216;keyinchalik cherkovga aylantirilgan Kordova katta masjidi), Granada (13-14-asrlarda bunyod etilgan al-humro saroyi va boshqalar) me&#8217;morligida taqasimon ravoqlar, o&#8217;ziga xos dekorativ va jimjimador panjaralar orqali namoyon bo&#8217;lgan. Keyinchalik ham Ispaniyaning Jan.da sharqona uslub &#171;Mudexar&#187; nomi bilan davom etdi (15-asrga mansub Saragossa viloyati Utevodagi cherkov qo&#8217;ng&#8217;iroqxonasi \u2014 &#171;Ko&#8217;zgular minorasi&#187; va boshqalar). Frantsiya me&#8217;morligida Orientalizm Napoleon davri (ampir uslubi)da ham namoyon bo&#8217;lgan. Bezaklar qatorida Sfinks tasvirlari va mayda naqshlar (&#171;arabeska&#187;) qo&#8217;llangan. Bular Luvr, Fonteblo, Malmezon saroylarini &#8216;qayta qurishgan Pers&#8217;e (Pers&#8217;e) va fonten ijodlarida yaqqol seziladi. Rossiya me&#8217;morligidagi Orientalizmga 18-asr oxirida Chor selosi (Tsarskoe selo) ning Xitoy qishlog&#8217;ida bunyod etilgan imoratlar misol bo&#8217;la oladi. Tasviriy san&#8217;atda K.Matiss yapon miniatyurasi (&#171;baliqlar&#187;, &#171;Yapon vazasi bo&#8217;lgan natyurmort&#187; va boshqalar), P.Gogen Okeaniya xalqlari amaliy bezak san&#8217;ati (&#171;Qirol xotini&#187;, &#171;Taiti pastorallari&#187; va boshqalar), P.Pikasso negrlar niqoblari (&#171;Yelpig&#8217;ichli ayol&#187;, &#171;3 musiqachi&#187;) dan ilhomlanib asarlar yaratishgan. O&#8217;zbekistonda Orientalizm 19-asr 2-yarmi \u2014 20- asr boshida yevropalik me&#8217;morlar ijodida yaqqol ko&#8217;rinadi (Toshkentdagi Romanov saroyi, \\ozirda buzilib ketgan &#171;Xiva&#187; kinoteatri, Kogondagi va Sherbudundagi Amir saroylari, Xivadagi aloqa bo&#8217;limi va kasalxona). Toshkentdagi A.Polovtsevning uyi (hozirgi Amaliy san&#8217;at muzeyi) asosan xalq me&#8217;morligi an&#8217;analarida barpo etilgan bo&#8217;lib, unda Yevropa jihozlari (chunonchi, pech) ham o&#8217;zbek an&#8217;anaviy naqshlari bilan bezatilgan. 20-asrning 30-70 yillarida ham O&#8217;zbekiston me&#8217;morlari Orientalizm an&#8217;analaridan foydalanishgan (Toshkentdagi Fanlar Akademiyasi binosi va boshqalar). Ayrim binolarda milliy shakllarga keng o&#8217;rin berildi (Moskvadagi qishloq xo\u2019jalik ko&#8217;rgazmasining O&#8217;zbekiston paviloni va boshqalar). Musiqada Orientalizmning misollari G.Pyorsell (Angliya), F.Ramo (Frantsiya) kabi kompozitorlarning umumsharqona asarlari, Vena klassik maktabi namoyandalariga xos &#171;turkcha&#187; namunalarida yuzaga kelgan. Tom ma&#8217;nodagi badiiy etuk namunalarini 19-asrdan boshlab Frantsiya (F.David, J.Bize, K. Sen-Sans va boshqalar), Rossiya (&#171;Qudratli to&#8217;da&#187; vakillari), 20-asrda Polsha (K.Shimanovskiy), Avstriya (T.Maler, Kshyonberg), Frantsiya (M.Ravel, O.Messian) kompozitorlari yaratishgan. Ba&#8217;zan ayrim kompozitor (N.Rimskiykorsakov, Sraxmaninov va boshqalar) larning bu boradagi izlanishlari to&#8217;laqonli sharqona asarlar yaratishga olib kelgan. Bu esa Sharq (xususan, O&#8217;zbekiston)da kompozitorlik maktabi shakllanishga ijodiy ibrat vazifasini o&#8217;tagan. Ne&#8217;mat Abdullayev, Xayrulla Po&#8217;latov, To&#8217;xtasin G&#8217;afurbekov.<\/p>\n","protected":false},"excerpt":{"rendered":"<p>ORIENTALIZM (lotincha opepk -Sharq) \u2014Yevropa san&#8217;atida shakl topgan badiiy usul, ijodiy tamoyil; Sharq xalqlari madaniyatiga xos mavzu va obrazlarga murojaat etishi, shuningdek. Sharq san&#8217;ati ifodaviy vositalari, badiiy shakllarining qo&#8217;llanishi bilan &hellip; <a href=\"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/orientalizm\/\" class=\"more-link\">Read More<\/a><\/p>\n","protected":false},"author":1,"featured_media":16402,"comment_status":"open","ping_status":"open","sticky":false,"template":"","format":"standard","meta":{"footnotes":""},"categories":[190],"tags":[],"class_list":["post-27285","post","type-post","status-publish","format-standard","has-post-thumbnail","hentry","category-qoshimcha-harflar","entry"],"translation":{"provider":"WPGlobus","version":"3.0.0","language":"ru","enabled_languages":["uz","kr","ru"],"languages":{"uz":{"title":true,"content":true,"excerpt":false},"kr":{"title":false,"content":false,"excerpt":false},"ru":{"title":false,"content":false,"excerpt":false}}},"_links":{"self":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/27285","targetHints":{"allow":["GET"]}}],"collection":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/posts"}],"about":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/types\/post"}],"author":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/users\/1"}],"replies":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/comments?post=27285"}],"version-history":[{"count":1,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/27285\/revisions"}],"predecessor-version":[{"id":27287,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/27285\/revisions\/27287"}],"wp:featuredmedia":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/media\/16402"}],"wp:attachment":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/media?parent=27285"}],"wp:term":[{"taxonomy":"category","embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/categories?post=27285"},{"taxonomy":"post_tag","embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/tags?post=27285"}],"curies":[{"name":"wp","href":"https:\/\/api.w.org\/{rel}","templated":true}]}}