{"id":27296,"date":"2022-05-21T16:25:29","date_gmt":"2022-05-21T13:25:29","guid":{"rendered":"https:\/\/milliycha.uz\/?p=27296"},"modified":"2022-05-21T16:25:29","modified_gmt":"2022-05-21T13:25:29","slug":"pichoqchilik","status":"publish","type":"post","link":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/pichoqchilik\/","title":{"rendered":"PICHOQCHILIK"},"content":{"rendered":"\n<p>PICHOQCHILIK, pichoqsozlik -pichoq, ustara, xanjar va boshqa kesgir asboblar yasash kasbi; hunarmandlikning qadimgi turlaridan biri. Ilk paleolit davridan ma&#8217;lum. Dastlabki kesgir qurol toshdan yasalgan. Jez davrida mis va jezdan Pichoqchiliklar yasash boshlangan. Temirning kashf etilishi Pichoqchilik san&#8217;ati taraqqiyotida katta burilish bo&#8217;ldi. Sharq mamlakatlarida, xususan, O&#8217;rta Osiyoda Pichoqchilik juda qadimdan rivojlangan. Keyinchalik Yevropa mamlakatlarida rasm bo&#8217;lgan. Temir pichoqlar haqidagi ma&#8217;lumotlar qadimgi yunon epik shoirlari Gomer va Gesiod asarlarida uchraydi. 14-asrda Germaniya, Angliya, Avstriya, Frantsiyada Pichoqchilikni kasb sifatida taqiqlab, pichoqni oshxonalarda ishlatishgan. O&#8217;zbekiston hududida (Afrosiyob, Bolaliktepa, Varaxsha va boshqalarda) olib borilgan arxeologiya qazishmalar natijasida miloddan avvalgi 2-ming yillikka oid pichoq namunasi topilgan. Devorlarga chizilgan rasmlardan pichoqdan xo&#8217;jalik va ovchilikdan tashqari harbiy maqsadlarda ham foydalanilganligini bilish mumkin. 6-12-asrlarda pichoq yasash rivojlanib, uni bezash texnologiyalari o&#8217;zgargan. 15-17-asrlarda yonga osib yuriladigan pichoq turlari paydo bo&#8217;ldi. Buni Navoiy, Bobur asarlarida ishlangan miniatyuralardan ko&#8217;rish mumkin. Keyinchalik Pichoqchilikning o&#8217;ziga xos maktablari paydo bo&#8217;ldi. Farg&#8217;ona vodiysi, Samarqand, Toshkent, Buxoro, Qashqadaryo, Surxondaryo, Xorazm viloyatlarida qadimdan 20 ga yaqin Pichoqchilik markazlari bo&#8217;lib, ular o&#8217;zining ishlash texnologiyasi, shakli, ixchamligi va bezaklari bilan farq qilgan. Bu markazlarga Chust, Shahrixon, Qorasuv, Qo&#8217;qon, Xiva, Toshkent va boshqalar. Pichoqchilik maktablari kiradi. Pichoq O&#8217;rta Osiyoda erkaklarning eng zarur ish quroli, bezagi tariqasida foydalanilgan. Shuning uchun O&#8217;zbekistondagi pichoqsozlar pichoqni san&#8217;at darajasiga ko&#8217;targanlar. Qadimda hunarmandlar bir-biri bilan birikib bir mahallada yashaganlar va mahalla shu nom bilan atalgan. Masalan, Toshkent shahrida Pichoqchilik mahallasi saqlanib qolgan. O&#8217;zbekistonda dastlab hunarmandchilikni rivojlantirish borasida viloyatlarda artellar va hunarmandlar tayyorlaydigan o&#8217;quv yurtlari ochildi. Chust shahrida &#171;qizil kuch&#187; arteli (1932), keyin pichoq ishlab chiqarish zavodi qurildi (1970), ishlab chiqarish kombinati tashkil etildi (1978). Ilgari pichoqlarni katta do&#8217;konda usta bosqonchi damgir bilan birgalikda yasashgan. Uning dastasi esa suyak, muguz yoki yog&#8217;ochdan tayyorlangan. Pichoqchilikda temirchilikdagi kabi o&#8217;choq, dam, sandon, bozg&#8217;on, egov, bolga va b. ishlatiladi. Pichoqqa ajratilgan temir kesilib, metall bo&#8217;lakchasi o&#8217;tda qizdiriladi, sandonga qo&#8217;yib, bolg&#8217;a bilan urib tig&#8217; chiqariladi, suvga tiqib olib keskirligi oshiriladi. Bu jarayonni suv berish deyiladi. Pichoq po&#8217;latining qattiqligiga qarab suv beriladi. So&#8217;ngra uni Giraga qistirib, katta egov bilan egovlanadi, tig&#8217;i charxlanadi, loqa qirrasi bo&#8217;ylab ishqalab, tig&#8217;yuziga soy (koma) ochiladi. Pichoq qoramtir tusga kirishi uchun zok (suyuq modda) ga botirib olinadi. So&#8217;ngra dasta o&#8217;rnatiladi. 3da esa maxsus tsexlar bo&#8217;lib, har qaysi tsex o&#8217;ziga tegishli operasiyani bajarib yig&#8217;iladi. 3-Dning charm-galantereya tsexida pichoqlar uchun qin tayyorlanadi. O&#8217;zbekistonda ishlab chiqarilayotgan pichoqlar faqat uy-ro&#8217;zg&#8217;or va xo&#8217;jalik buyumigina bo&#8217;lib qolmay, balki milliy san&#8217;at asari darajasiga ko&#8217;tariladi, shu tufayli chet el sayyohlari uchun sovg&#8217;a sifatida ham qadrlanadi.<\/p>\n","protected":false},"excerpt":{"rendered":"<p>PICHOQCHILIK, pichoqsozlik -pichoq, ustara, xanjar va boshqa kesgir asboblar yasash kasbi; hunarmandlikning qadimgi turlaridan biri. Ilk paleolit davridan ma&#8217;lum. Dastlabki kesgir qurol toshdan yasalgan. Jez davrida mis va jezdan Pichoqchiliklar &hellip; <a href=\"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/pichoqchilik\/\" class=\"more-link\">Read More<\/a><\/p>\n","protected":false},"author":1,"featured_media":16402,"comment_status":"open","ping_status":"open","sticky":false,"template":"","format":"standard","meta":{"footnotes":""},"categories":[190],"tags":[],"class_list":["post-27296","post","type-post","status-publish","format-standard","has-post-thumbnail","hentry","category-qoshimcha-harflar","entry"],"translation":{"provider":"WPGlobus","version":"3.0.0","language":"ru","enabled_languages":["uz","kr","ru"],"languages":{"uz":{"title":true,"content":true,"excerpt":false},"kr":{"title":false,"content":false,"excerpt":false},"ru":{"title":false,"content":false,"excerpt":false}}},"_links":{"self":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/27296","targetHints":{"allow":["GET"]}}],"collection":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/posts"}],"about":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/types\/post"}],"author":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/users\/1"}],"replies":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/comments?post=27296"}],"version-history":[{"count":1,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/27296\/revisions"}],"predecessor-version":[{"id":27301,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/27296\/revisions\/27301"}],"wp:featuredmedia":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/media\/16402"}],"wp:attachment":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/media?parent=27296"}],"wp:term":[{"taxonomy":"category","embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/categories?post=27296"},{"taxonomy":"post_tag","embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/tags?post=27296"}],"curies":[{"name":"wp","href":"https:\/\/api.w.org\/{rel}","templated":true}]}}