{"id":2731,"date":"2021-10-02T14:23:47","date_gmt":"2021-10-02T11:23:47","guid":{"rendered":"https:\/\/milliycha.uz\/?p=2731"},"modified":"2024-07-22T09:15:31","modified_gmt":"2024-07-22T06:15:31","slug":"buyuk-xitoy-devori","status":"publish","type":"post","link":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/buyuk-xitoy-devori\/","title":{"rendered":"Buyuk Xitoy devori"},"content":{"rendered":"\n<p>Xitoyning shimoli-g\u2018arbiy qismida qad rostlagan, Sariq dengizdagi Lyaodun qo\u2018ltig\u2018idan boshlanib, g\u2018arb tomon cho\u2018zilgan bu mudofaa devori ko\u2018hna Chin me\u2019morchiligining ulkan va noyob namunasidir. U miloddan avvalgi IV-III asrlarda hoqon Sin Shi Xuandiy farmoniga binoan, tashqi dushmanlar tajovuzidan saqlanish, chegaralarni mustahkamlash, savdo karvonlari xavfsizligini ta\u2019minlash maqsadida tiklangan. Bu ishga ikki milliondan ortiq kishi, jumladan, ko\u2018plab askarlar va qarollar ham jalb etilgan. Ular kecha-yu kunduz tinim bilmay ishlashgan. Bunyodkorlik yumushlari bir necha asrlar davomida olib borilgan. Buning o\u2018ziga xos sabablari bor. Avvalo, devorga ilk tamal toshi qo\u2018yilgan davrda qurilish texnikalari rivojlanmagan, ikkinchidan, u vaqt o\u2018tgani sayin qor-yomg\u2018ir va shamollar ta\u2019sirida yemirilgan. Ustiga-ustak, yog\u2018iylar ko\u2018p bor hujum qilib, ayrim qismlarini buzib ketishgan. Shunga qaramay, devor miloddan avvalgi II va I asrlarda g\u2018arbga tomon 500 kilometrga uzaytirilgan. XIV-XV asrlarda uni qurish va mustahkamlash ishlari davom ettirilgan. 1953 yili esa Pekinga yaqin bo\u2018lagi ta\u2019mirlangan.<\/p>\n\n\n\n<p>Buyuk Xitoy devori ikki qavatli bo\u2018lib, balandligi 6,6 metr, ayrim joylari bundan-da balandroq. Poydevorining kengligi \u2013 6,5 metr, ustki qisminiki \u2013 5-5,5 metr. Uzunligi qariyb 6 ming kilometrga teng. Devor mamlakat poytaxti Pekin shahridan 40-45 kilometrcha shimoli-g\u2018arbda janubi-g\u2018arbga buriladi, so\u2018ngra Su\u2019jou shahridan o\u2018tib, Gansu o\u2018lkasidagi Szya\u00adyuyguan qal\u2019asida tugaydi. U taroshlangan qattiq va rangdor tog\u2018 jinslari, g\u2018ishtlar hamda loydan ko\u2018tarilgan. Har 60-100 metrda minoralar, muhim strategik ahamiyatga ega hududlar va tog\u2018li yo\u2018llar yoqasida istehkomlar mavjud bo\u2018lgan. Inshoot nihoyatda qalinligi bois ustidan jang aravalari, otliq qo\u2018shinlar bemalol saf tortib o\u2018tishgan.<\/p>\n\n\n\n<p>Bu devor haqida talay doston va rivoyatlar ham to\u2018qilgan. Ulardan birida aytilishicha, qurilish boshlangan dastlabki kezlarda ish yurishmay, devor o\u2018z-o\u2018zidan qulab tushaveribdi. Bundan ajablangan hoqon ko\u2018pni ko\u2018rgan allomalarni mashvaratga to\u2018plab, maslahat qilibdi. Shunda donishmandlar oqsoli hech kimning xayoliga kelmagan g\u2018alati bir taklif kiritibdi. Aniqrog\u2018i, devor ostiga endigina turmush qurgan yigit yoki qizni ko\u2018mib, qurbon qilish zarurligini, ana shundagina muddaoga erishish muqarrarligini aytibdi. Hoqon amriga ko\u2018ra, mulozimlar nihoyatda go\u2018zal qizga uylanayotgan Van ismli bir yigitni topib kelishibdi. So\u2018ngra uni mo\u2018miyolab, devor ostiga ko\u2018mishibdi. Qarabsizki, istehkom qulamaydigan bo\u2018libdi, bora-bora uzunligi o\u2018n ming li&nbsp;<em>(to\u2018rt million metr)<\/em>ga yetibdi. Alqissa, u xitoy tilida \u201cVan li chongchang\u201d deb nomlanibdi. Bu \u201cO\u2018n ming li uzunlikka ega devor\u201d degan ma\u2019noni anglatadi. Unga Vanning oti qo\u2018shilgani uchunmi, keyinchalik Xitoyda bu ism ramziy ma\u2019noda keng tarqalib ketadi.<\/p>\n\n\n\n<p>Buyuk bobokalonimiz Alisher Navoiyning \u201cSaddi Iskandariy\u201d dostonida esa jahongir Iskandar Chin mamlakatining Qirvon Navohisi aholisini ya\u2019juz-ma\u2019juzlar zulmidan asrash uchun tarkibi mis, qalay, rux, temir hamda toshlardan iborat mustahkam va muhtasham istehkom qurdirgani hikoya qilinadi. Albatta, asarda \u201cSaddi Iskandariy\u201d deya tilga olingan, aslida \u201cBuyuk Xitoy devori\u201d nomi bilan mashhur bo\u2018lgan ulkan inshootga oid ma\u2019lumotlar afsonaviy tarzda bayon etilgan. Shunga qaramay, bu dalillar mazkur devorning o\u2018ta qadimiyligidan va azal-azaldan olamaro mashhurligidan dalolat beradi.<\/p>\n\n\n\n<p>Fazogirlarning ta\u2019kidlashlaricha, Buyuk Xitoy devori koinotdan ham bemalol ko\u2018rinib turadi. Endilikda u turli millatu elatlarga mansub sayohatchilar qadami uzilmaydigan umri boqiy ziyoratgohlardan biriga aylangan.<\/p>\n","protected":false},"excerpt":{"rendered":"<p>Xitoyning shimoli-g\u2018arbiy qismida qad rostlagan, Sariq dengizdagi Lyaodun qo\u2018ltig\u2018idan boshlanib, g\u2018arb tomon cho\u2018zilgan bu mudofaa devori ko\u2018hna Chin me\u2019morchiligining ulkan va noyob namunasidir. U miloddan avvalgi IV-III asrlarda hoqon Sin &hellip; <a href=\"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/buyuk-xitoy-devori\/\" class=\"more-link\">Read More<\/a><\/p>\n","protected":false},"author":1,"featured_media":2732,"comment_status":"closed","ping_status":"closed","sticky":false,"template":"","format":"standard","meta":{"footnotes":""},"categories":[25],"tags":[],"class_list":["post-2731","post","type-post","status-publish","format-standard","has-post-thumbnail","hentry","category-qiziqarli-faktlar","entry"],"translation":{"provider":"WPGlobus","version":"3.0.0","language":"ru","enabled_languages":["uz","kr","ru"],"languages":{"uz":{"title":true,"content":true,"excerpt":false},"kr":{"title":false,"content":false,"excerpt":false},"ru":{"title":false,"content":false,"excerpt":false}}},"_links":{"self":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/2731","targetHints":{"allow":["GET"]}}],"collection":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/posts"}],"about":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/types\/post"}],"author":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/users\/1"}],"replies":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/comments?post=2731"}],"version-history":[{"count":1,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/2731\/revisions"}],"predecessor-version":[{"id":2733,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/2731\/revisions\/2733"}],"wp:featuredmedia":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/media\/2732"}],"wp:attachment":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/media?parent=2731"}],"wp:term":[{"taxonomy":"category","embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/categories?post=2731"},{"taxonomy":"post_tag","embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/tags?post=2731"}],"curies":[{"name":"wp","href":"https:\/\/api.w.org\/{rel}","templated":true}]}}