{"id":27360,"date":"2022-05-21T17:27:54","date_gmt":"2022-05-21T14:27:54","guid":{"rendered":"https:\/\/milliycha.uz\/?p=27360"},"modified":"2022-05-21T17:27:54","modified_gmt":"2022-05-21T14:27:54","slug":"xonadon-xojaligi","status":"publish","type":"post","link":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/xonadon-xojaligi\/","title":{"rendered":"XONADON XO&#8217;JALIGI"},"content":{"rendered":"\n<p>XONADON XO&#8217;JALIGI &#8212; o&#8217;z iste&#8217;molini birgalikda qondirish yo&#8217;lida pul daromadlari va moddiy mablag&#8217;larini ixtiyoriy ravishda birlashtirgan, uy ro&#8217;zg&#8217;ori umumiy bo&#8217;lgan kishilar guruhi. Xonadon xo&#8217;jaligi oila asosida tashkil topadi. Biroq u oila a&#8217;zosi bo&#8217;lmagan kishilarni, chunonchi oilasi yo&#8217;qlarni, xonadonda yashovchi xizmatchilar, Enagalar, murabbiylar, uy o&#8217;qituvchilari va tarbiyachilarni ham o&#8217;z ichiga oladi. Bir o&#8217;zi mustaqil yashaydigan so&#8217;qqabosh (oilasiz) kishilar ham Xonadon xo&#8217;jaligini tashkil etadi. Xonadon xo&#8217;jaligining asosiy belgilari xonadon a&#8217;zolari byudjetining umumiyligi (to&#8217;liq yoki qisman), ro&#8217;zg\u2019orining bir bo&#8217;lishi, doimiy birga yashashi va ovqatlanishi. Xonadon xo&#8217;jaligi xalqaro statistikada qabul qilingan muhim statistik birlik hisoblanadi. Xonadon xo&#8217;jaligi turli mezonlarga qarab guruhlashtiriladi. Ijtimoiy-demografik mezonga ko&#8217;ra \u2014 so&#8217;qqaboshlar xonadoni, bir oilali xonadon, ko&#8217;p oilali xonadon, oila a&#8217;zolaridan tashqari begonalarni ham birlashtiruvchi xonadonlarga; ijtimoiy ahvoli mezoniga ko&#8217;ra \u2014 ishchi, xizmatchi, dehqon, tadbirkor va pensionerlar xonadonlariga; daromadi miqdori mezoniga ko&#8217;ra \u2014 o&#8217;ta kambag&#8217;allar, kambag&#8217;allar, o&#8217;rta hollar, boylar va o&#8217;ta boylar xonadonlariga bo&#8217;linadi. Xonadon xo&#8217;jaligi firmalarga bozor orqali turli resurslarni, chunonchi mehnat resurslari, moliya resurslari va kapital resurslarni yetkazib beradi, firmalardan esa tovar va xizmatlarni sotib oladi, davlat ko&#8217;rsatadigan ijtimoiy, ya&#8217;ni bepul xizmatlardan foydalanadi. Xonadon xo&#8217;jaligi iqtisodiyotda soliq to&#8217;lash, iste&#8217;molchi bo&#8217;lish va jamg&#8217;arma hosil etishdek vazifalarni bajaradi. Bulardan asosiysi iste&#8217;molchi bo&#8217;lishdir. Xonadon ahli davlatga to&#8217;gri va efi soliqlarni to&#8217;laydi, bu esa byudjet uchun asosiy daromad manbai hisoblanadi. Ko&#8217;pchilik mamlakatlarda yaratilgan yalpi ichki mahsulotning yarmidan ko&#8217;pi Xonadon xo&#8217;jaligida iste&#8217;mol etiladi (2003 yil O&#8217;zbekistondagi Xonadon xo&#8217;jaligi iste&#8217;moliga yalpi ichki mahsulotning 58,6% to&#8217;g&#8217;ri keldi). O&#8217;zbekistonda Xonadon xo&#8217;jaligi daromad manbalari mehnatdan va mol-mulkdan, tadbirkorlikdan olingan va davlat transfertlaridan, tomorqa daromadidan iborat. Bular amaliyotda ish haqi, foyda, foiz, dvidend, ijara haqi, tomorqadan tushum, pensiya, nafaqa va stipendiya kabilardan iborat bo&#8217;ladi. Daromadlarning asosiy qismi iste&#8217;molga yo&#8217;naltiriladi. 2003 yilda O&#8217;zbekistonda bir o&#8217;rtacha xonadonga hisoblangan iste&#8217;mol sarfi 1,1 million so&#8217;mni tashkil etdi. Biroq Xonadon xo&#8217;jaligi iste&#8217;molining bir qismi natural (moddiy) shaklga ega bo&#8217;ladi, ya&#8217;ni xonadonlar o&#8217;zi ishlab chiqargan oziq-ovqat mahsulotlarini o&#8217;zlari iste&#8217;mol etadilar. Natural iste&#8217;mol ko&#8217;pincha dehqonlar va fermerlar xonadoniga xos bo&#8217;ladi. O&#8217;zbekiston xonadonlari natural iste&#8217;mol hissasining kattaligi bilan tavsiflanadi (20-25%). Xonadon xo&#8217;jaligi iste&#8217;molining hajmi uning topgan pul daromadiga, natural tushumlar miqdoriga, xonadondagi ishlovchilar (daromadiga ega bo&#8217;lganlar) va boqimandalar (qaramog&#8217;dagilar) soniga bog&#8217;liq. Xonadonning iste&#8217;mol xarajatlari demografik tarkibdan tashqari uning daromad manbalariga, qaysi toifaga mansubligiga ham bogliq. Iste&#8217;molning miqdori va tarkibi jihatdan Xonadon xo&#8217;jaligi quyidagicha tartiblanadi: tadbirkorlar, xizmatchilar, ishchilar, dehqonlar va pensionerlar xonadonlari. Xonadon xo&#8217;jaligi iste&#8217;molining tarkiban farqlanishi hududiy iqtisodiy salohiyatga qarab daromadlarning farqlanishi, kasbkor, yashash sharoiti va turmush tarzining har xil bo&#8217;lishga ham bogliq. Xonadon xo&#8217;jaligi iste&#8217;moli bozor hajmini belgilovchi asosiy omil hisoblanadi, uning tovar bozoridagi talabi jami talabning 50-60% ni tashkil etadi. Iste&#8217;mol uchun Xonadon xo&#8217;jaligi xaridining ortib borishi iqtisodiyot uchun ijobiy holat hisoblanadi. Xonadon xo&#8217;jaligi iste&#8217;moli 2 xil tavsifga ega. Biri iste&#8217;molning mutlaq hajmi, ya&#8217;ni iste&#8217;molga hammasi bo&#8217;lib qancha pul ketishi. Ikkinchisi, iste&#8217;molning nisbiy jihati, ya&#8217;ni iste&#8217;mol sarfi daromadning qanday qismiga teng bo&#8217;lishi (iste&#8217;molga moyillik koeffisientini \u2014 Ik). Buni aniqlash uchun jami iste&#8217;mol sarflari (is) daromad (D) bilan taqqoslanadi (ik \u2014d4. Agar xonadon daromadi, 1 mln. bo&#8217;lib, shundan 800 mingi iste&#8217;molga sarflansa, iste&#8217;molga moyillik bo&#8217;ladi. Bu koeffinient har doim 1 dan kichik bo&#8217;ladi, chunki xonadon hamma daromadini iste&#8217;molga sarflab yubormay, uning bir qismini jamg&#8217;arib boradi. Xonadon xo&#8217;jaligining daromadi unish. Iste&#8217;mol sarflaridan ortib qolgan taqdirda jamg&#8217;arma hosil bo&#8217;ladi. Shu sababli jamg&#8217;arish ko&#8217;pincha o&#8217;ziga to&#8217;q xonadonlarga xos. Jamg&#8217;arishga moyillik koeffisient (kJ) bilan o&#8217;lchanadi (KJ = D-). Bu jamg&#8217;arish (J) daromadning (D) qanday qismiga tengligini bildiradi. Jamg&#8217;arishga moyillik ortsa bu ko&#8217;rsatkich 0,1 dan ko&#8217;p, agar aksi yuz bersa u 0,1 dan kam bo&#8217;ladi. O&#8217;zbekistonda Xonadon xo&#8217;jaligilarining jamg&#8217;arishga moyillik koeffisienti 2001 yil 0,53 bo&#8217;lsa, 2004 yil kelib 0,153 etdi. Xonadon xo&#8217;jaligi jamg&#8217;armasi 2 qismga ajraladi: investitsiyalangan va investitsiyalanmagan jamg&#8217;arma. Xonadon xo&#8217;jaligi inventisiyasi moddiy va moliyaviy aktivlar hosil etishga yo&#8217;naltiriladi. Birinchi holda xonadon biznesda moddiy kapital hosil etiladi, ya&#8217;ni imoratlar quriladi yoki ijaraga olinadi, asbob-uskuna, turli ashyolar xarid qilinadi. Dehqon xonadonida bu mahsuldor hayvonlarni ko&#8217;paytirish, xo&#8217;jalik ob&#8217;yektlarini qurishga pul sarflashdan iborat bo&#8217;lib, noiste&#8217;mol tavsifidagi xarajatlarni yuzaga keltiradi. Ikkinchi holda xonadon puli bankda jamg&#8217;ariladi, aktsiya va obligatsiya olishga sarflanadi. 2003 yilda O&#8217;zbekistondagi Xonadon xo&#8217;jaligilaridan chiqqan aktsiya egalari 1.2 million nafar bo&#8217;lib, xonadon axlining 4% ni tashkil etdi. Investipion faollik oshgan yerda Xonadon xo&#8217;jaligi qo&#8217;lidagi umuman aktiv hosil etmandigan pul qoldig&#8217;i qisqarib boradi. O&#8217;zbekistonda bunday pullar 2001 yilda Xonadon xo&#8217;jaligi daromadining 3% ni, 2004 yilga kelib 1% ni tashkil etdi. Xonadon xo&#8217;jaligining investitsiya faolligi mamlakatning iqtisodny taraqqiyoti darajasiga va investitsiyalarda muqobil tanlovning borligiga bog&#8217;liq. Shu sababli iqtisodiyot rivojlangan joyda Xonadon xo&#8217;jaligining jami investisiyalardagi hissasi ortib boradi. Ayni payda Xonadon xo&#8217;jaligi iste&#8217;moli hajmi katta bo&#8217;lganidan bu milliy bozorni kengaytirib, iqtisodiy o&#8217;sish uchun qulay sharoit hozirlaydi. Hojimurod Ahmadjonov.<\/p>\n","protected":false},"excerpt":{"rendered":"<p>XONADON XO&#8217;JALIGI &#8212; o&#8217;z iste&#8217;molini birgalikda qondirish yo&#8217;lida pul daromadlari va moddiy mablag&#8217;larini ixtiyoriy ravishda birlashtirgan, uy ro&#8217;zg&#8217;ori umumiy bo&#8217;lgan kishilar guruhi. Xonadon xo&#8217;jaligi oila asosida tashkil topadi. Biroq u &hellip; <a href=\"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/xonadon-xojaligi\/\" class=\"more-link\">Read More<\/a><\/p>\n","protected":false},"author":1,"featured_media":16402,"comment_status":"open","ping_status":"open","sticky":false,"template":"","format":"standard","meta":{"footnotes":""},"categories":[190],"tags":[],"class_list":["post-27360","post","type-post","status-publish","format-standard","has-post-thumbnail","hentry","category-qoshimcha-harflar","entry"],"translation":{"provider":"WPGlobus","version":"3.0.0","language":"ru","enabled_languages":["uz","kr","ru"],"languages":{"uz":{"title":true,"content":true,"excerpt":false},"kr":{"title":false,"content":false,"excerpt":false},"ru":{"title":false,"content":false,"excerpt":false}}},"_links":{"self":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/27360","targetHints":{"allow":["GET"]}}],"collection":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/posts"}],"about":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/types\/post"}],"author":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/users\/1"}],"replies":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/comments?post=27360"}],"version-history":[{"count":1,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/27360\/revisions"}],"predecessor-version":[{"id":27361,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/27360\/revisions\/27361"}],"wp:featuredmedia":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/media\/16402"}],"wp:attachment":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/media?parent=27360"}],"wp:term":[{"taxonomy":"category","embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/categories?post=27360"},{"taxonomy":"post_tag","embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/tags?post=27360"}],"curies":[{"name":"wp","href":"https:\/\/api.w.org\/{rel}","templated":true}]}}