{"id":27391,"date":"2022-05-21T21:09:03","date_gmt":"2022-05-21T18:09:03","guid":{"rendered":"https:\/\/milliycha.uz\/?p=27391"},"modified":"2022-05-21T21:09:05","modified_gmt":"2022-05-21T18:09:05","slug":"tabaqalashtirilgan-talim","status":"publish","type":"post","link":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/tabaqalashtirilgan-talim\/","title":{"rendered":"TABAQALASHTIRILGAN TA&#8217;LIM"},"content":{"rendered":"\n<p>TABAQALASHTIRILGAN TA&#8217;LIM \u2014 umumiy o&#8217;rta ta&#8217;lim maktablari yuqori sinf o&#8217;quvchilarining qobiliyatlarini hisobga olgan holda alohida o&#8217;quv rejasi va dasturlar asosida olib boriladigan Tamim turi. Tabaqalashtirilgan ta&#8217;limning mehnat ta&#8217;limi bilan aloqasi o&#8217;quv-tarbiyaviy ishlarning muhim asosi hisoblanadi. Tabaqalashtirilgan ta&#8217;lim jarayonida yuqori sinf o&#8217;quvchilarining kasbiy tayyorgarliklariga alohida e&#8217;tibor beriladi. Shu sababli ayrim maktablar bilim asoslarini chuqurlashtirishga, o&#8217;quvchilarni muayyan kasbga yo&#8217;naltirishga mo&#8217;ljallangan bo&#8217;ladi. Tabaqalashtirilgan ta&#8217;limda umumiy o&#8217;rta ta&#8217;lim tizimidagi asosiy o&#8217;quv predmetlari mazmunini chuqur o&#8217;zlashtirish, bevosita kerakli o&#8217;quv materiallarini o&#8217;rganish ko&#8217;zda tutiladi. Tabaqalashtirilgan ta&#8217;limning muhim jihati uning ma&#8217;lum sohaga yo&#8217;naltirilganligi va bu ta&#8217;lim jarayonida o&#8217;ziga xos predmetlar tizimining o&#8217;qitilishidir. Tabaqalashtirilgan ta&#8217;limni tashkil etishda maktablardagi imkoniyatlar puxta o&#8217;rganiladi. Tabaqalashtirilgan ta&#8217;limda ma&#8217;lum miqsorda qo&#8217;shimcha dars mashg&#8217;ulotlari o&#8217;tkazish yoki o&#8217;quv rejasidagi ayrim predmetlarni tanlab olib, ularni chuqurroq o&#8217;zlashtirish rejalashtiriladi. Uning u yoki bu shaklini tanlashda maktab va o&#8217;quvchilarning imkoniyatlaridan kelib chiqiladi. Tabaqalashtirilgan ta&#8217;limda o&#8217;quvchilar o&#8217;z qiziqishlari asosida yo&#8217;nalishlar bo&#8217;yicha guruxlarga bo&#8217;linib, ta&#8217;lim ma&#8217;lum kasbga yo&#8217;naltirilgan tarzda amalga oshiriladi. Tabaqalashtirilgan ta&#8217;lim kasbga yo&#8217;naltirish va yo&#8217;llashning muhim asosi hisoblanadi hamda biror mutaxassislik sohasidagi bilim va ko&#8217;nikmalarni egallash bilan bog&#8217;liq bilimlar asosida amalga oshiriladi. Tabaqalashtirilgan ta&#8217;limda o&#8217;quvchilar kasbga yo&#8217;nalish va qiziqishidan qat&#8217;i nazar, barcha o&#8217;quv predmetlari bo&#8217;yicha to&#8217;liq o&#8217;rta ma&#8217;lumotga ega bo&#8217;lishadi. Tabaqalashtirilgan ta&#8217;lim o&#8217;quvchining qaysi bo&#8217;lim yoki qaysi predmetni chuqur o&#8217;rgangan bo&#8217;lishiga qaramay, oliy o&#8217;quv yurtiga kirish uchun belgilangan imtihonlarda qatnashish imkonini beradi va unga tayyorgarlik bosqichi vazifasini o&#8217;taydi. Tabaqalashtirilgan ta&#8217;lim asosida o&#8217;quvchilar tanlangan mutaxassisligi bo&#8217;yicha chuqur bilim asoslarini egallashadi va amaliy malakalarga ega bo&#8217;lishadi. Tabaqalashtirilgan ta&#8217;lim kasb tanlashning asosi hisoblanadi va o&#8217;quvchilarning o&#8217;z qiziqish va moyilliklari asosida kasb tayyorgarligi sirlarini egallashlarida muhim o&#8217;rin tutadi. Ro&#8217;zmon Keldiyorov, Nurilla Ahmedov.<\/p>\n","protected":false},"excerpt":{"rendered":"<p>TABAQALASHTIRILGAN TA&#8217;LIM \u2014 umumiy o&#8217;rta ta&#8217;lim maktablari yuqori sinf o&#8217;quvchilarining qobiliyatlarini hisobga olgan holda alohida o&#8217;quv rejasi va dasturlar asosida olib boriladigan Tamim turi. Tabaqalashtirilgan ta&#8217;limning mehnat ta&#8217;limi bilan aloqasi &hellip; <a href=\"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/tabaqalashtirilgan-talim\/\" class=\"more-link\">Read More<\/a><\/p>\n","protected":false},"author":1,"featured_media":16402,"comment_status":"open","ping_status":"open","sticky":false,"template":"","format":"standard","meta":{"footnotes":""},"categories":[187],"tags":[],"class_list":["post-27391","post","type-post","status-publish","format-standard","has-post-thumbnail","hentry","category-t-harfi","entry"],"translation":{"provider":"WPGlobus","version":"3.0.0","language":"ru","enabled_languages":["uz","kr","ru"],"languages":{"uz":{"title":true,"content":true,"excerpt":false},"kr":{"title":false,"content":false,"excerpt":false},"ru":{"title":false,"content":false,"excerpt":false}}},"_links":{"self":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/27391","targetHints":{"allow":["GET"]}}],"collection":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/posts"}],"about":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/types\/post"}],"author":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/users\/1"}],"replies":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/comments?post=27391"}],"version-history":[{"count":1,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/27391\/revisions"}],"predecessor-version":[{"id":27393,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/27391\/revisions\/27393"}],"wp:featuredmedia":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/media\/16402"}],"wp:attachment":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/media?parent=27391"}],"wp:term":[{"taxonomy":"category","embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/categories?post=27391"},{"taxonomy":"post_tag","embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/tags?post=27391"}],"curies":[{"name":"wp","href":"https:\/\/api.w.org\/{rel}","templated":true}]}}