{"id":2748,"date":"2021-10-02T16:08:05","date_gmt":"2021-10-02T13:08:05","guid":{"rendered":"https:\/\/milliycha.uz\/?p=2748"},"modified":"2024-07-22T11:45:20","modified_gmt":"2024-07-22T08:45:20","slug":"gotiy-uslubi-nima","status":"publish","type":"post","link":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/gotiy-uslubi-nima\/","title":{"rendered":"Gotiy uslubi nima?"},"content":{"rendered":"\n<p>Gotiy (germanlarning got qabilasi nomidan) uslubi (1150-1500) turli-tuman badiiy shakllarda namoyon bo&#8217;ladi. Shunday bo&#8217;lsa hamki, u me&#8217;morchilikda barchasidan ko&#8217;ra to&#8217;la to&#8217;kisroq, o&#8217;z ifodasini topdi. Gotiy jome&#8217;lari \u2014 gotiy uslubyning eng a&#8217;lo yutuqlaridan biri. Ravoqli toqlar bilan ziynatlangan baquvvat ustunlar, rangli oyna solingan yirik derazalar, timtik uchlar gotiy jome&#8217;lariga dilovarlik baxsh etadi. Imorat hamisha go&#8217;yo yuksaklikka talpinayotgandek tuyuladi va shu fazilati bois yanada balandroqdek ko&#8217;rinadi. Imorat tashqarisida jozibadorlik taassurotini uyg&#8217;otuvchi haykallar, ko&#8217;p miqdordagi ustunlar bilan bezatilgan, ayni chog&#8217;da bu unsurlar imoratning o&#8217;ziga mustahkamlik ham bag&#8217;ishladi. Tep-tekis devorlar yo&#8217;qligi ayniqsa rummoniy uslubidagi imoratlar bilan qiyoslaganda yaqqol sezilib turadi. Jome&#8217;ga kiraverishdagi yo&#8217;lak-peshtoq, hamisha bir talay ravoqlar, haykallar, minorachalar, ixcham muqarnasli derazalar bilan bezatilgan. Sidirg&#8217;a devorlar kam, ular odatda katta-katta derazalar \u2014 ganjli gardishlar bilan qoplangan. Timsollarning yuzlari va holatlari realistik bir tarzda bo&#8217;rttirilgan, hatto liboslarining burmalari qotib qolgandek emas, balki ohista-ohista harakatlanayotgandek tuyuladi. Jome&#8217;ga oyoq urgan odam o&#8217;zini ushoqdek va madadga muhtojdek his etadi. Shiftning ko&#8217;z bilan ko&#8217;rish mumkin bo&#8217;lgan \u2014 namoyon balandligi o&#8217;zaro kesishgan salbsimon qoburg&#8217;alar evaziga ortadi. Jome&#8217; ichkarisi keng va purhavo, chunki shiftni tutib turgan ravoqlar yon tomonga ancha surilgandir. Rangin shishavor naqshlardan taralib turgan bo&#8217;yoqlar jilosiga chulg&#8217;angan jome&#8217; mehrobi go&#8217;yo havoda muallaq suzib yurgandek tuyuladi.<\/p>\n","protected":false},"excerpt":{"rendered":"<p>Gotiy (germanlarning got qabilasi nomidan) uslubi (1150-1500) turli-tuman badiiy shakllarda namoyon bo&#8217;ladi. Shunday bo&#8217;lsa hamki, u me&#8217;morchilikda barchasidan ko&#8217;ra to&#8217;la to&#8217;kisroq, o&#8217;z ifodasini topdi. Gotiy jome&#8217;lari \u2014 gotiy uslubyning eng &hellip; <a href=\"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/gotiy-uslubi-nima\/\" class=\"more-link\">Read More<\/a><\/p>\n","protected":false},"author":1,"featured_media":581,"comment_status":"closed","ping_status":"closed","sticky":false,"template":"","format":"standard","meta":{"footnotes":""},"categories":[21],"tags":[],"class_list":["post-2748","post","type-post","status-publish","format-standard","has-post-thumbnail","hentry","category-bilasizmi","entry"],"translation":{"provider":"WPGlobus","version":"3.0.2","language":"ru","enabled_languages":["uz","kr","ru"],"languages":{"uz":{"title":true,"content":true,"excerpt":false},"kr":{"title":false,"content":false,"excerpt":false},"ru":{"title":false,"content":false,"excerpt":false}}},"_links":{"self":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/2748","targetHints":{"allow":["GET"]}}],"collection":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/posts"}],"about":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/types\/post"}],"author":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/users\/1"}],"replies":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/comments?post=2748"}],"version-history":[{"count":1,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/2748\/revisions"}],"predecessor-version":[{"id":2750,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/2748\/revisions\/2750"}],"wp:featuredmedia":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/media\/581"}],"wp:attachment":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/media?parent=2748"}],"wp:term":[{"taxonomy":"category","embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/categories?post=2748"},{"taxonomy":"post_tag","embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/tags?post=2748"}],"curies":[{"name":"wp","href":"https:\/\/api.w.org\/{rel}","templated":true}]}}