{"id":27684,"date":"2022-05-22T13:32:43","date_gmt":"2022-05-22T10:32:43","guid":{"rendered":"https:\/\/milliycha.uz\/?p=27684"},"modified":"2022-05-22T13:32:44","modified_gmt":"2022-05-22T10:32:44","slug":"tabiat","status":"publish","type":"post","link":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/tabiat\/","title":{"rendered":"TABIAT"},"content":{"rendered":"\n<p>TABIAT \u2014 odamning paydo bo&#8217;lgunicha ham, odam ishtiroki bilan ham mavjud borliq. Umuman \u2014 bu dunyo, odam, koinot; mikromakromega dunyolar; jonsiz va jonli borliq. Tor ma&#8217;noda \u2014 tabiat fanlari o&#8217;rganadigan ob&#8217;yekt. Tabiat odamga, jamiyatga bog&#8217;liq bo&#8217;lmagan qonuniyatga bo&#8217;ysunadi. Odam Tabiatning bir qismi. Odam Tabiat qonunlarini o&#8217;zgartira olmaydi, faqat qrnunlardan foydalanib, Tabiat elementlarini, qismlarini o&#8217;zlashtirishi mumkin. Tabiat tushunchasi insoniyat jamiyati yashashi tabiiy sharoitlarining majmui sifatida ham qaraladi. Inson yashashi uchun mehnat qiladi, mehnat (masalan, dehqonchilik, qurilish, sanoat), miya faoliyati va boshqalar esa Tabiatning ba&#8217;zi jihatlarini o&#8217;zgartiradi. Odam tomonidan, ya&#8217;ni ijtimoiy mehnat jarayonida yaratiladigan moddiy boyliklar shartli ravishda &#171;ikkinchi Tabiat&#187;deyiladi. Masalan, vodoroddan urangacha bo&#8217;lgan 92 ta kimyoviy element tabiiydir, undan keyingi kashf etilganlari sun&#8217;iydir. Barcha sun&#8217;iy sintetik kimyoviy birikmalar, odam yaratayotgan atom va yadro energiyalari &#171;ikkinchi Tabiat&#187;ga kiradi. Odamning Tabiatga munosabati tarixda o&#8217;zgarib va rivojlanib bordi. Antik falsafada Tabiatga stixiyali kuchlar (Demokrit), ideal dunyoning in&#8217;ikosi (Platon), uyg&#8217;un jarayon (Pifagor), mukammallik (Aristotel) deb qaralgan. Diniy ta&#8217;limotlarda Tabiat ruhiy ibtidoning moddiy gavdalanishi deb hisoblangan va Xudo Tabiatdan yuqori turadi deb tushunilgan. Uyg&#8217;onish davrida Tabiatga hamma tabiiy uyg&#8217;unlik va mukammallikning yuzaga chiqishi sifatida karaldi. Yangi davrda Tabiatga bo&#8217;lgan munosabat Tabiatning ilmiy o&#8217;rganish ob&#8217;yektiga aylanishida katta rol o&#8217;ynadi. Tabiat ob&#8217;yekti fazo va vaqtda mavjud modda, materiyadir. Ular cheksiz ma&#8217;lum narsalarning (elementar zarralar, antizarralar, qum, tosh, tuproq, suv, havo, jonsiz va jonli mavjudot, planetalar, yulduzlar, galaktikalar va boshqa samoviy jismlar, fizik maydonlar) majmuidan iboratdir. Bir vaqtlar (fanning so&#8217;nggi ma&#8217;lumotlari bo&#8217;yicha bundan 20 mlrd. yil avval) bu jismlar boshqa ko&#8217;rinishda bo&#8217;lgan. Bo&#8217;lajak milliard yillarda u yana o&#8217;zgarib boradi. Tabiat odamning, jamiyatning vatani. Odamning hayoti Tabiatning, biosferaning uyg&#8217;un sharoitiga bog&#8217;liq. Bu sharoit salbiy tomonga o&#8217;zgartirilsa, odamning normal yashashiga putur etkaziladi, ekologik muammolar paydo bo&#8217;ladi. Ilmiy-texnika yutuqlaridan noto&#8217;g&#8217;ri foydalanish \u2014 biosferaning buzilishiga olib keladi. Binobarin Tabiatni puxta bilib, undan samarali foydalanish, unga to&#8217;g&#8217;ri va oqilona munosabatda bo&#8217;lish lozim. Insonning Tabiatga bunday munosabatda bo&#8217;lishida fan asosiy omil bo&#8217;lib kelmoqda. Yer va koinotda insonning faoliyati faollashmoqda. Koinotning uzoquzoq joylari (masalan, metagalaktikalari) da, Tabiat yuz berayotgan hodisalarni kengroq va chuqurroq bilish Tabiat haqidagi tasavvurlarni kengaytiradi. Omonulpa Fayzullayev.<\/p>\n","protected":false},"excerpt":{"rendered":"<p>TABIAT \u2014 odamning paydo bo&#8217;lgunicha ham, odam ishtiroki bilan ham mavjud borliq. Umuman \u2014 bu dunyo, odam, koinot; mikromakromega dunyolar; jonsiz va jonli borliq. Tor ma&#8217;noda \u2014 tabiat fanlari o&#8217;rganadigan &hellip; <a href=\"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/tabiat\/\" class=\"more-link\">Read More<\/a><\/p>\n","protected":false},"author":1,"featured_media":16402,"comment_status":"open","ping_status":"open","sticky":false,"template":"","format":"standard","meta":{"footnotes":""},"categories":[187],"tags":[],"class_list":["post-27684","post","type-post","status-publish","format-standard","has-post-thumbnail","hentry","category-t-harfi","entry"],"translation":{"provider":"WPGlobus","version":"3.0.0","language":"ru","enabled_languages":["uz","kr","ru"],"languages":{"uz":{"title":true,"content":true,"excerpt":false},"kr":{"title":false,"content":false,"excerpt":false},"ru":{"title":false,"content":false,"excerpt":false}}},"_links":{"self":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/27684","targetHints":{"allow":["GET"]}}],"collection":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/posts"}],"about":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/types\/post"}],"author":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/users\/1"}],"replies":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/comments?post=27684"}],"version-history":[{"count":1,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/27684\/revisions"}],"predecessor-version":[{"id":27690,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/27684\/revisions\/27690"}],"wp:featuredmedia":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/media\/16402"}],"wp:attachment":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/media?parent=27684"}],"wp:term":[{"taxonomy":"category","embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/categories?post=27684"},{"taxonomy":"post_tag","embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/tags?post=27684"}],"curies":[{"name":"wp","href":"https:\/\/api.w.org\/{rel}","templated":true}]}}