{"id":2770,"date":"2021-10-02T17:51:57","date_gmt":"2021-10-02T14:51:57","guid":{"rendered":"https:\/\/milliycha.uz\/?p=2770"},"modified":"2024-07-22T11:44:15","modified_gmt":"2024-07-22T08:44:15","slug":"uslublashtirish-nima","status":"publish","type":"post","link":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/uslublashtirish-nima\/","title":{"rendered":"Uslublashtirish nima?"},"content":{"rendered":"\n<p>U yoki bu uslubning nihoyatda o&#8217;ziga xos belgilariga yot bo&#8217;lgan badiiy va madaniy kontekstda atayin ergashishni uslublashtirish deb atashaladi. Bu usul XVIII asr oxirlaridan e&#8217;tiboran turli rassomlarning ijodiy amaliyotiga kirib kela boshladi. Ular antik va uyg&#8217;onish davri asarlaridan o&#8217;zlashtirilgan usullardan foydalandilar, qolaversa o&#8217;zlariga zamondosh namoyandalarni ularning shaxsiy uslubida qayta inkishof etdilar. Me&#8217;morchilikdagi uslublashtirish ayniqsa maroqlidir. U aksariyat me&#8217;morlar u yoki bu davr uslubida imoratlar bunyod eta boshlagan XIX asr oxirlari \u2014 XX boshlarida ancha keng tarqaldi: Moskvadagi I1-XII asrlar obidalari namunasi asosida qurilgan Marfomarininskaya ibodatxonasi yoxud Morozovlarning Mavritaniya uslubida inshoot etilgan xususiy koshonasi bunga misol bo&#8217;la oladi. Kitob grafikasida uslublashtirishdan hozirga qadar muvaffaqiyatli foydalanilmoqda. Shunday bo&#8217;lsa-da, teatr dekoratsiyasi san&#8217;atida uslublashtirish nihoyatda muhim va samaralidir. Voqealari uzoq o&#8217;tmishda bo&#8217;lib o&#8217;tadigan spektaklni sahnalashtirayotganda rassom o&#8217;tmish ko&#8217;rinishlarini qayta yaratishi lozimki, bunda unga uslublashtirish yordam beradi. Uslublashtirish musiqada ham ish beradi. Masalan, I. Stravinskiy va D. Shostakovich muayyan davrlar folklor musiqasi va nag&#8217;malaridan juda ko&#8217;p foydalanishgan. Pop-musiqa janrlarida ijod qiluvchi muganniylar ham uslublashtirishdan bahramand bo&#8217;lishadi.<\/p>\n","protected":false},"excerpt":{"rendered":"<p>U yoki bu uslubning nihoyatda o&#8217;ziga xos belgilariga yot bo&#8217;lgan badiiy va madaniy kontekstda atayin ergashishni uslublashtirish deb atashaladi. Bu usul XVIII asr oxirlaridan e&#8217;tiboran turli rassomlarning ijodiy amaliyotiga kirib &hellip; <a href=\"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/uslublashtirish-nima\/\" class=\"more-link\">Read More<\/a><\/p>\n","protected":false},"author":1,"featured_media":581,"comment_status":"closed","ping_status":"closed","sticky":false,"template":"","format":"standard","meta":{"footnotes":""},"categories":[21],"tags":[],"class_list":["post-2770","post","type-post","status-publish","format-standard","has-post-thumbnail","hentry","category-bilasizmi","entry"],"translation":{"provider":"WPGlobus","version":"3.0.0","language":"ru","enabled_languages":["uz","kr","ru"],"languages":{"uz":{"title":true,"content":true,"excerpt":false},"kr":{"title":false,"content":false,"excerpt":false},"ru":{"title":false,"content":false,"excerpt":false}}},"_links":{"self":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/2770","targetHints":{"allow":["GET"]}}],"collection":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/posts"}],"about":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/types\/post"}],"author":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/users\/1"}],"replies":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/comments?post=2770"}],"version-history":[{"count":1,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/2770\/revisions"}],"predecessor-version":[{"id":2771,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/2770\/revisions\/2771"}],"wp:featuredmedia":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/media\/581"}],"wp:attachment":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/media?parent=2770"}],"wp:term":[{"taxonomy":"category","embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/categories?post=2770"},{"taxonomy":"post_tag","embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/tags?post=2770"}],"curies":[{"name":"wp","href":"https:\/\/api.w.org\/{rel}","templated":true}]}}