{"id":2796,"date":"2021-10-03T17:06:35","date_gmt":"2021-10-03T14:06:35","guid":{"rendered":"https:\/\/milliycha.uz\/?p=2796"},"modified":"2024-07-22T12:15:11","modified_gmt":"2024-07-22T09:15:11","slug":"museyon-nima","status":"publish","type":"post","link":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/museyon-nima\/","title":{"rendered":"Museyon nima?"},"content":{"rendered":"\n<p>Aleksandr Makedonskiyning ulug&#8217; ishlari orasida \u2014 ellinistik Misrning poytaxtiga aylanmog&#8217;i lozim bo&#8217;lgan Aleksandriya shahriga asos solinishi ham bor. Buyuk lashkarboshining vafotidan keyin uning qo&#8217;l ostidagi harbiy boshliqlar o&#8217;rtasida ulkan imperiyani bo&#8217;lib olish va qaytadan bo&#8217;lib olish uchun ayovsiz janglar boshlanadi. Aleksandrning Misrda qo&#8217;nim topgan izdoshlaridan biri, Ptolemeylar sulolasiga asos solgan Ptolemey I Soter ularda ishtirok etmaydi. Saltanat talashish o&#8217;rniga tinch ishlar bilan shug&#8217;ullandi: poytaxt Aleksandriya qurilishini adog&#8217;iga yetkazdi, Misrda o&#8217;z hokimiyatini mustahkamladi. Shak-shubhasiz, Museyonning bunyod etilishi uning hayotidagi eng ajoyib ish bo&#8217;ldi. Bu nomni yunonchadan &#171;muzalar dargohi&#187; sifatida tarjima qilish mumkin. Yunon Panteoni-shohsupasida to&#8217;qqiz nafar muza bo&#8217;lgan. Ulardan ikkitasi fanlar bilan shug&#8217;ullanardi. Klio \u2014 tarix bilan, Uraniya &#8212; astronomiya bilan. Qolganlari kishilarga san&#8217;atlarni in&#8217;om etdi: Melpomena \u2014 tragediyani, Taliya \u2014 komediyani, Trepsixora \u2014 raqsni, Erato \u2014 ishqiy qo&#8217;shiqlarni, Kalliopa \u2014 epik she&#8217;riyatni, Poligimniya \u2014 diniy munojotlar kuylashni, Evterpa \u2014 lirik she&#8217;riyatni. Albatta, muzalarning o&#8217;zlari Museyonda yashamagan, muzalar dargohi ehtimol, dunyodagi birinchi ilmiy-tadqiqot instituti bo&#8217;lgan. Bu yerda olimlar yashashar va izlanishar edilar. Museyon dunyoning to&#8217;rt tarafidan olimlarni, hozirgi paytlarda tilimizga oson ko&#8217;chadiganidek ta&#8217;birlaydigan bo&#8217;lsak, nafaqat baland ish haqi, qolaversa dong&#8217;i ketgan kutubxonasi bilan ham jalb etgan edi. Bundan ajablanadigan joyi yo&#8217;q, shuning uchun ham Museyonda ko&#8217;plab allomalar ijod qilishar edi: yer kurrasining diametrini o&#8217;sha zamonlardagi o&#8217;ta aniqlikda atigi 75 kilometr yanglish bilan hisoblab chiqqan Eratosfen; 13 jilddan iborat geometriya-handasa ilmi &#171;Ibtido&#187; sining muallifi Evklid; Kopernikdan deyarli 2 000 yil muqaddam Yer Quyosh tevaragidan aylanuvchi shar ekanligini aniqlagan astronom Aristarx Samosskiy; avtomatika asoschisi geronni ular orasida uchratamiz. Museyon Yer yuzida odamzot murdasini yorib ko&#8217;rishga qaror qilish imkoniyati bo&#8217;lgan yagona dargoh edi. Anatomiya bilan shug&#8217;ullangan tabib Gerofil bosh miya, birinchidan, butun asab tizimining markazi, ikkinchidan, fikrlash a&#8217;zosidir degan to&#8217;xtamga keladi.<\/p>\n","protected":false},"excerpt":{"rendered":"<p>Aleksandr Makedonskiyning ulug&#8217; ishlari orasida \u2014 ellinistik Misrning poytaxtiga aylanmog&#8217;i lozim bo&#8217;lgan Aleksandriya shahriga asos solinishi ham bor. Buyuk lashkarboshining vafotidan keyin uning qo&#8217;l ostidagi harbiy boshliqlar o&#8217;rtasida ulkan imperiyani &hellip; <a href=\"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/museyon-nima\/\" class=\"more-link\">Read More<\/a><\/p>\n","protected":false},"author":1,"featured_media":657,"comment_status":"closed","ping_status":"closed","sticky":false,"template":"","format":"standard","meta":{"footnotes":""},"categories":[21],"tags":[],"class_list":["post-2796","post","type-post","status-publish","format-standard","has-post-thumbnail","hentry","category-bilasizmi","entry"],"translation":{"provider":"WPGlobus","version":"3.0.0","language":"ru","enabled_languages":["uz","kr","ru"],"languages":{"uz":{"title":true,"content":true,"excerpt":false},"kr":{"title":false,"content":false,"excerpt":false},"ru":{"title":false,"content":false,"excerpt":false}}},"_links":{"self":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/2796","targetHints":{"allow":["GET"]}}],"collection":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/posts"}],"about":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/types\/post"}],"author":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/users\/1"}],"replies":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/comments?post=2796"}],"version-history":[{"count":1,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/2796\/revisions"}],"predecessor-version":[{"id":2797,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/2796\/revisions\/2797"}],"wp:featuredmedia":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/media\/657"}],"wp:attachment":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/media?parent=2796"}],"wp:term":[{"taxonomy":"category","embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/categories?post=2796"},{"taxonomy":"post_tag","embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/tags?post=2796"}],"curies":[{"name":"wp","href":"https:\/\/api.w.org\/{rel}","templated":true}]}}