{"id":2808,"date":"2021-10-03T18:20:46","date_gmt":"2021-10-03T15:20:46","guid":{"rendered":"https:\/\/milliycha.uz\/?p=2808"},"modified":"2024-07-22T12:14:43","modified_gmt":"2024-07-22T09:14:43","slug":"londondagi-ayo-petr-jomesini-kim-qurgan","status":"publish","type":"post","link":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/londondagi-ayo-petr-jomesini-kim-qurgan\/","title":{"rendered":"Londondagi Ayo Petr jome&#8217;sini kim qurgan?"},"content":{"rendered":"\n<p>Lyudgeyt-Xill tepaligida joylashgan Ayo Petr jome&#8217;si Londonning ko&#8217;hna qismi ustida viqor bilan savlat to&#8217;kib turadi. Uning ulkan gumbazi tevarakdagi binolar ustida bir necha fut balandlikda yuksalgan. Britaniyada nasroniylik paydo bo&#8217;lishidan ancha ilgari bu yerda iloha Dianaga atab bunyod etilgan ibodatxona bo&#8217;lgan deb taxmin qilishadi. VII asrda kentda (hozirda Angliya janubi-sharqidagi graflik) hukmronlik qilgan qirol Etelbert ibodatxona o&#8217;rnida ulkan nasroniy kalisosi qurdirtirgan bo&#8217;lib, u ham har holda normandlar zabt etganidan so&#8217;ng 1066 yilda &#171;eski Jome'&#187; uchun maydon ochish maqsadida buzib tashlangan edi. &#171;Ayo Petr eski jome&#8217;si&#187; hozirgisidan katta va baland bo&#8217;lgan. U olti asr mobaynida qad rostlab turgan va 1666 yili Londondagi dahshatli yong&#8217;in paytida yonib ketgan. Bu, shubhasiz, fojeavor voqea ayni chog&#8217;da ser Kristofer Renga o&#8217;z me&#8217;moriy iste&#8217;dodini to&#8217;la-to&#8217;kis namoyon qilishdek chiroyli imkoniyat havola etadi. Baxtsiz hodisadan to&#8217;rt oy ilgari u eski binoni qaytadan qurish yuzasidan o&#8217;z mulohazalarini tavsiya etgan, biroq imorat butkul yonib ketganligi tufayli Renga yangisini qurish loyihasini ishlab chiqish taklif qilinadi. Biroq, shu narsani e&#8217;tiborga olish kerakki, oxir-oqibatda tasdiqlangan loyiha me&#8217;mor tasavvurida tug&#8217;ilganidan ancha-muncha farq qiladi. Ayo Petr jome&#8217;sining eng maftunkor qismi uning 35 yil davomida bunyod etilgan gumbazi sanaladi. U katta tashqi gumbaz va kichik ichki gumbazdan tarkib topgan. Ular o&#8217;rtasidagi g&#8217;isht inshootning kovak konusi ravoqlar ustidagi shishavor qoplama, shar va xochning og&#8217;irligini ko&#8217;tarib turibdi. Xoch jome&#8217; sahnidan 111 metr balandlikda o&#8217;rnatilgan. Ichki gumbaz ravoqlari bo&#8217;ylamasi ichidan o&#8217;tiladigan &#171;pichirlash galereyasi&#187;da gumbazning qarama-qarshi tomonidan pichirlab aytilgan so&#8217;zlar hatto 30 metrdan oshiq masofadan aniq-tiniq eshitilib turadi. Xoch ostidagi ichi kovak sharning kengligi qutri-diametrida 2 metr bo&#8217;lib, bir vaqtning o&#8217;zida unga 10 nafar odam sig&#8217;ishi mumkin. Ayo Petr jome&#8217;sida Nelson Velington singari ko&#8217;plab taniqli zotlar va me&#8217;mor Renning ham turbati qo&#8217;yilgan.<\/p>\n","protected":false},"excerpt":{"rendered":"<p>Lyudgeyt-Xill tepaligida joylashgan Ayo Petr jome&#8217;si Londonning ko&#8217;hna qismi ustida viqor bilan savlat to&#8217;kib turadi. Uning ulkan gumbazi tevarakdagi binolar ustida bir necha fut balandlikda yuksalgan. Britaniyada nasroniylik paydo bo&#8217;lishidan &hellip; <a href=\"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/londondagi-ayo-petr-jomesini-kim-qurgan\/\" class=\"more-link\">Read More<\/a><\/p>\n","protected":false},"author":1,"featured_media":657,"comment_status":"closed","ping_status":"closed","sticky":false,"template":"","format":"standard","meta":{"footnotes":""},"categories":[21],"tags":[],"class_list":["post-2808","post","type-post","status-publish","format-standard","has-post-thumbnail","hentry","category-bilasizmi","entry"],"translation":{"provider":"WPGlobus","version":"3.0.2","language":"ru","enabled_languages":["uz","kr","ru"],"languages":{"uz":{"title":true,"content":true,"excerpt":false},"kr":{"title":false,"content":false,"excerpt":false},"ru":{"title":false,"content":false,"excerpt":false}}},"_links":{"self":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/2808","targetHints":{"allow":["GET"]}}],"collection":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/posts"}],"about":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/types\/post"}],"author":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/users\/1"}],"replies":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/comments?post=2808"}],"version-history":[{"count":1,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/2808\/revisions"}],"predecessor-version":[{"id":2810,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/2808\/revisions\/2810"}],"wp:featuredmedia":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/media\/657"}],"wp:attachment":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/media?parent=2808"}],"wp:term":[{"taxonomy":"category","embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/categories?post=2808"},{"taxonomy":"post_tag","embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/tags?post=2808"}],"curies":[{"name":"wp","href":"https:\/\/api.w.org\/{rel}","templated":true}]}}