{"id":28242,"date":"2022-05-27T19:18:36","date_gmt":"2022-05-27T16:18:36","guid":{"rendered":"https:\/\/milliycha.uz\/?p=28242"},"modified":"2022-05-27T19:18:37","modified_gmt":"2022-05-27T16:18:37","slug":"tabiiy-geografik-zonalar","status":"publish","type":"post","link":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/tabiiy-geografik-zonalar\/","title":{"rendered":"TABIIY GEOGRAFIK ZONALAR"},"content":{"rendered":"\n<p>TABIIY GEOGRAFIK ZONALAR, quruqlikning tabiat zonalari \u2014 iqiim omillariga bog&#8217;liq ravishda, asosan, issiqlik bilan namlik mikdori va nisbatiga qarab muayyan tartibda qonuniy almashinib boradigan geografik (landshaft) qobiqning yirik bo&#8217;linmalari. Zonalar almashinuvi ekvatordan qutblarga va okeanlardan materik ichkarisiga tomon yuz beradi. Ular, odatda, kenglik bo&#8217;ylab cho&#8217;zilgan bo&#8217;lib, aniq chegaralarga ega emas, astasekin bir-biriga o&#8217;tib boradi. Yer yuzida ro&#8217;y beradigan hrdisalar erning ichki kuchlariga va Quyoshdan keladigan radiasiya miqdoriga bog&#8217;liq. Yer shar shaklida bo&#8217;lganligi uchun Quyoshning nur energiyasi bir tekisda taqsimlanmaydi. Bu omillar tabiiy sharoiti bir-biridan tubdan farq qiladigan Tabiiy geografik zonalarni vujudga keltiradi: Quyoshning nur energiyasi ekvatordan qutblarga tomon turli miqdorda tushganligidan temperatura, bug&#8217;lanish, bulutlar, yog&#8217;inlar, relef va shamollar, nurash va tuproq hosil bo&#8217;lish jarayonlari, suv, o&#8217;simliklar va b. zonalar hosil qilgan. Har bir zona uchun uni tashkil etgan tabiat komponentlari va jarayonlari (iqlim, gidrologik, geokimyoviy, geomorfologik, tuproq va o&#8217;simlik qoplami hamda hayvonot dunyosi)ning tipik xususiyatlari xos. Ko&#8217;pgina Tabiiy geografik zonalarga uning eng yorqin indikatori \u2014 o&#8217;simlik tipiga qarab nom berilgan (o&#8217;rmon zonasi, dasht zonasi, savanna zonasi va hokazolar). Zonalar, o&#8217;z navbatida, nisbatan tor bo&#8217;limlar \u2014 tabiiy geografik kichik zonalarga ajratiladi, masalan, dasht zonasida quruq va tipik dasht zonasi, mo&#8217;tadil mintaqa o&#8217;rmonlari zonasida tayga, aralash va keng bargli o&#8217;rmonlar zonasi farq qilinadi. Yer sharida tabiiy geografik mintakalar ajratilgan bo&#8217;lib, ularning har birining zonal sistemasi \u2014 tekisliklarda zona va kichik zonalar, tog&#8217;larda balandlik mintaqalari to&#8217;plami mavjud. Shimol yarim sharda quyidagi zonalar bor: Arktika muz sahrolari, tundra, o&#8217;rmon tundra, mo&#8217;tadil mintaqa o&#8217;rmonlari, mo&#8217;tadil mintaqa o&#8217;rmondashtlari, mo&#187;tadil mintaqa chala cho&#8217;llari, mo&#187;tadil mintaqa cho&#8217;llari, subtropik doim yashil o&#8217;rmonlar va butazorlar, subtropik aralash mussonli o&#8217;rmonlar, subtropik o&#8217;rmondashtlar, subtropik dashtlar, subtropik chala cho&#8217;llar, subtropik cho&#8217;llar, sernam tropik o&#8217;rmonlar, tropik siyrak o&#8217;rmonlar, quruq o&#8217;rmonlar va savannalar, tropik chala cho&#8217;llar, tropik cho&#8217;llar, subekvatorial mussonli aralash o&#8217;rmonlar, ekvatorial o&#8217;rmonlar (gileya) zonalari. Janub yarim sharda esa tundra zonasi, o&#8217;rmon tundra zonasi, mo&#8217;tadil mintaqa cho&#8217;llari zonasi uchramaydi. Tabiiy geografik zonalar paleogeografik rivojlanish jarayoni davomida sezilarli o&#8217;zgarishlarga uchragan. Qurukdik va dengizlar maydonining, relef, iqlim sharoitlari makroshaklining o&#8217;zgarishi bilan ba&#8217;zi zonalar yo&#8217;qolib ketdi yoki boshkalari bilan almashdi. Ba&#8217;zi zonalar chegarasiga inson faoliyatlari ham o&#8217;z ta&#8217;sirini ko&#8217;rsatgan. Zona va kichik zonalarni shartli ajratishga tadqiqotchilar turlicha yondoshadilar.<\/p>\n","protected":false},"excerpt":{"rendered":"<p>TABIIY GEOGRAFIK ZONALAR, quruqlikning tabiat zonalari \u2014 iqiim omillariga bog&#8217;liq ravishda, asosan, issiqlik bilan namlik mikdori va nisbatiga qarab muayyan tartibda qonuniy almashinib boradigan geografik (landshaft) qobiqning yirik bo&#8217;linmalari. Zonalar &hellip; <a href=\"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/tabiiy-geografik-zonalar\/\" class=\"more-link\">Read More<\/a><\/p>\n","protected":false},"author":1,"featured_media":16402,"comment_status":"open","ping_status":"open","sticky":false,"template":"","format":"standard","meta":{"footnotes":""},"categories":[187],"tags":[],"class_list":["post-28242","post","type-post","status-publish","format-standard","has-post-thumbnail","hentry","category-t-harfi","entry"],"translation":{"provider":"WPGlobus","version":"3.0.2","language":"ru","enabled_languages":["uz","kr","ru"],"languages":{"uz":{"title":true,"content":true,"excerpt":false},"kr":{"title":false,"content":false,"excerpt":false},"ru":{"title":false,"content":false,"excerpt":false}}},"_links":{"self":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/28242","targetHints":{"allow":["GET"]}}],"collection":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/posts"}],"about":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/types\/post"}],"author":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/users\/1"}],"replies":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/comments?post=28242"}],"version-history":[{"count":1,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/28242\/revisions"}],"predecessor-version":[{"id":28244,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/28242\/revisions\/28244"}],"wp:featuredmedia":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/media\/16402"}],"wp:attachment":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/media?parent=28242"}],"wp:term":[{"taxonomy":"category","embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/categories?post=28242"},{"taxonomy":"post_tag","embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/tags?post=28242"}],"curies":[{"name":"wp","href":"https:\/\/api.w.org\/{rel}","templated":true}]}}