{"id":2828,"date":"2021-10-03T18:59:26","date_gmt":"2021-10-03T15:59:26","guid":{"rendered":"https:\/\/milliycha.uz\/?p=2828"},"modified":"2024-07-22T12:13:55","modified_gmt":"2024-07-22T09:13:55","slug":"petropavlovskaya-qalasi-qachon-qurilgan-va-u-nega-shunday-nom-olgan","status":"publish","type":"post","link":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/petropavlovskaya-qalasi-qachon-qurilgan-va-u-nega-shunday-nom-olgan\/","title":{"rendered":"Petropavlovskaya qal&#8217;asi qachon qurilgan va u nega shunday nom olgan?"},"content":{"rendered":"\n<p>Peterburgdagi Petropavlovskaya qal&#8217;asi Rossiya tarixidagi eng ajoyib obidalardan sanaladi. Dastlab Sankt-Peterburg deb atalgan qal&#8217;aning poydevori 1703 yil 13 may kuni Zayache orolida tashlangan edi. Qal&#8217;ani shitob bilan qurish zarur bo&#8217;lgan, chunki o&#8217;sha pallalarda Rossiya shvedlar bilan 1700 yildan 1722 yilga qadar davom etgan va keyinchalik Shimol urushi deb nom olgan urushni davom ettirayotgan edi. Shved qo&#8217;shinlari dengizdan ham, quruqlikdan ham tahdid solayotgandi va podshoh Petr I dushman yo&#8217;lida uning Rossiya ichkarisiga siljishini to&#8217;sish maqsadida Baltikada qal&#8217;a qurishga oshiqdi. Jadallashtirish maqsadida uni yog\u2019och va tuproqdan, ya&#8217;ni qo&#8217;l etishi oson bo&#8217;lgan materiallardan tiklay boshladilar. 1703 yilning iyunida qal&#8217;a ichida aziz-avliyolar Petr va Pavelning cho&#8217;pkori kalisosining poydevori tashlanadi. Aynan shu qal&#8217;adan xuddi uning o&#8217;zidek \u2014 Sankt-Peterburg \u2014 Ayo Petr shahri nomini olgan shaharning ham bunyod etilishi boshlanadi. 1706 yilda yog\u2019och va tuproq qal&#8217;a istehkomlarini birin-ketin qaytadan qurish va ularni toshdan tiklashni boshlaydilar. Biroz keyinroq, 1712 yilda Sankt-Peterburg Rossiya davlatining poytaxtiga aylandi, aziz-avliyolar Petr va Pavelning cho&#8217;pkori kalisosi o&#8217;rnida xuddi shu aziz avliyolarning nomi berilgan tosh jome&#8217; bunyod etdilar. Jome&#8217;ni me&#8217;mor D. Trezini o&#8217;z loyihasi asosida qurgan. Podshoh Petr I xohishiga ko&#8217;ra u birinchi navbatda xoch ko&#8217;tarib uchayotgan farishta tusmolidagi flyuger bilan ziynatlangan uchdor jomminorni tiklaydi. Bu jome&#8217;ni Petropavlovskaya deb atadilar, chunki u aziz-avliyolar Petr va Pavel kalisosi o&#8217;rnida qurilgan edi, shundan keyin esa Sankt-Peterburg qal&#8217;asining o&#8217;zi ham jome&#8217; nomi bilan \u2014 Petropavlovskaya deb yuritila boshladi. 1720 yilning avgustida, jome&#8217; qurilishi hali bitmagan bir paytda podshoh Petr I o&#8217;z ayonlari bilan uning jomminoriga ko&#8217;tariladi va o&#8217;sha joydan butun shaharni mehr bilan tomosha qiladi. Jome&#8217; faqat 1733 yilda, ya&#8217;ni uning poydevori tashlanganidan so&#8217;ng 30 yil o&#8217;tgach tamomila qurib bitkazilgan. Petr I vafot etganida uni hali qurib bitkazilmagan jome&#8217;ning janubiy devori yoniga ko&#8217;mishadi va o&#8217;shandan beri bu ibodatxona Rossiya podshohlarining xilxonasiga aylandi.<\/p>\n","protected":false},"excerpt":{"rendered":"<p>Peterburgdagi Petropavlovskaya qal&#8217;asi Rossiya tarixidagi eng ajoyib obidalardan sanaladi. Dastlab Sankt-Peterburg deb atalgan qal&#8217;aning poydevori 1703 yil 13 may kuni Zayache orolida tashlangan edi. Qal&#8217;ani shitob bilan qurish zarur bo&#8217;lgan, &hellip; <a href=\"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/petropavlovskaya-qalasi-qachon-qurilgan-va-u-nega-shunday-nom-olgan\/\" class=\"more-link\">Read More<\/a><\/p>\n","protected":false},"author":1,"featured_media":657,"comment_status":"closed","ping_status":"closed","sticky":false,"template":"","format":"standard","meta":{"footnotes":""},"categories":[21],"tags":[],"class_list":["post-2828","post","type-post","status-publish","format-standard","has-post-thumbnail","hentry","category-bilasizmi","entry"],"translation":{"provider":"WPGlobus","version":"3.0.0","language":"ru","enabled_languages":["uz","kr","ru"],"languages":{"uz":{"title":true,"content":true,"excerpt":false},"kr":{"title":false,"content":false,"excerpt":false},"ru":{"title":false,"content":false,"excerpt":false}}},"_links":{"self":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/2828","targetHints":{"allow":["GET"]}}],"collection":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/posts"}],"about":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/types\/post"}],"author":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/users\/1"}],"replies":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/comments?post=2828"}],"version-history":[{"count":1,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/2828\/revisions"}],"predecessor-version":[{"id":2829,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/2828\/revisions\/2829"}],"wp:featuredmedia":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/media\/657"}],"wp:attachment":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/media?parent=2828"}],"wp:term":[{"taxonomy":"category","embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/categories?post=2828"},{"taxonomy":"post_tag","embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/tags?post=2828"}],"curies":[{"name":"wp","href":"https:\/\/api.w.org\/{rel}","templated":true}]}}