{"id":2833,"date":"2021-10-03T19:53:05","date_gmt":"2021-10-03T16:53:05","guid":{"rendered":"https:\/\/milliycha.uz\/?p=2833"},"modified":"2024-07-22T12:13:42","modified_gmt":"2024-07-22T09:13:42","slug":"vashingtondagi-kapitoliy-qachon-qurilgan","status":"publish","type":"post","link":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/vashingtondagi-kapitoliy-qachon-qurilgan\/","title":{"rendered":"Vashingtondagi kapitoliy qachon qurilgan?"},"content":{"rendered":"\n<p>Vashingtondagi Kapitoliy binosi (Kolumbiya okrugi) da Amerika Qo&#8217;shma Shtatlari Kongressi qonunlarini muhokama va qabul qiladi. Kapitoliy \u2014 xuddi shuningdek Prezident inaugurasiyasi (davlat boshlig&#8217;i o&#8217;z lavozimini egallaydigan tantanali marosim) o&#8217;tkaziladigan dargoh. Ushbu mahobatli, teran taassurot uyg\u2019otadigan bino Vashington ufqida mag\u2019rur qad rostlab turibdi. Keng ko&#8217;chalar xuddi g&#8217;ildirakning parraklari singari Kapitoliydan chor atrofga taralib ketadilar. Kapitoliy poydevoriga birinchi g\u2019isht 1793 yilda Jorj Vashington tomonidan qo&#8217;yilgandi. Imoratning Virjiniyadan keltirilgan qumtoshdan tiklangan bosh qismi 1793 yildan 1828 yilga qadar bunyod etilgan bo&#8217;lsa, Senat va Vakillar palatasi joylashgan qanotlari Massachusets shtatidan tashib keltirilgan oq marmardan 1851-1856 yillar davomida qurilgan edi. Kapitoliyning 86 metr balandlikka yuksalgan po&#8217;lati gumbazini Ozodlik haykali bezab turadi. Amerikalik haykaltarosh Tomas Krouford tomonidan ishlangan bu haykal fuqarolar urushi kezlarida 1862 yili gumbazga qo&#8217;ndirilgan edi. Avraam Linkoln uning o&#8217;rnatilishini kuzatib turardi va 35 ta artilleriya zambaraklari bayramona mushak otib bu voqea haqida jar soldilar. Gumbaz gardishini qurshab turgan 36 ustun o&#8217;zida gumbaz qurilayotgan pallalarda ittifoqqa kirgan shtatlar ramzini mujassamlashtirgan D. I. Kapitoliy bir necha bor qaytadan qurilgan. U 1812 yildagi urush paytida britaniyaliklar tomonidan yoqib yuborilgan edi. Olov tomning ilk yog&#8217;och qoplamasini, ichkarining salmoqli qismini va bir talay marmar ustunlarni vayran qilgandi. 1961 yilda Kapitoliyning Sharqiy fasadi qaytadan ta&#8217;mirlangan. Aynan Sharqiy fasad pillapoyalarida AQSh Prezidenti inaugurasiya kunida qasamyod qiladi. Oliy sud va Kongress kutubxonasi Kapitoliy bilan yonma-yon joylashgan. Oq marmardan qurilgan sud binosi qonun muhimligi va pokizaligining ramzi. Bu dargohda, boya aytganimizdek, mamlakat Oliy sudi joylashgan bo&#8217;lib, unda Qo&#8217;shma Shtatlar oliy sudining to&#8217;qqiz nafar sudyasi uchrashadi va majlislar o&#8217;tkazadi.<\/p>\n","protected":false},"excerpt":{"rendered":"<p>Vashingtondagi Kapitoliy binosi (Kolumbiya okrugi) da Amerika Qo&#8217;shma Shtatlari Kongressi qonunlarini muhokama va qabul qiladi. Kapitoliy \u2014 xuddi shuningdek Prezident inaugurasiyasi (davlat boshlig&#8217;i o&#8217;z lavozimini egallaydigan tantanali marosim) o&#8217;tkaziladigan dargoh. &hellip; <a href=\"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/vashingtondagi-kapitoliy-qachon-qurilgan\/\" class=\"more-link\">Read More<\/a><\/p>\n","protected":false},"author":1,"featured_media":657,"comment_status":"closed","ping_status":"closed","sticky":false,"template":"","format":"standard","meta":{"footnotes":""},"categories":[21],"tags":[],"class_list":["post-2833","post","type-post","status-publish","format-standard","has-post-thumbnail","hentry","category-bilasizmi","entry"],"translation":{"provider":"WPGlobus","version":"3.0.0","language":"ru","enabled_languages":["uz","kr","ru"],"languages":{"uz":{"title":true,"content":true,"excerpt":false},"kr":{"title":false,"content":false,"excerpt":false},"ru":{"title":false,"content":false,"excerpt":false}}},"_links":{"self":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/2833","targetHints":{"allow":["GET"]}}],"collection":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/posts"}],"about":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/types\/post"}],"author":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/users\/1"}],"replies":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/comments?post=2833"}],"version-history":[{"count":1,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/2833\/revisions"}],"predecessor-version":[{"id":2835,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/2833\/revisions\/2835"}],"wp:featuredmedia":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/media\/657"}],"wp:attachment":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/media?parent=2833"}],"wp:term":[{"taxonomy":"category","embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/categories?post=2833"},{"taxonomy":"post_tag","embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/tags?post=2833"}],"curies":[{"name":"wp","href":"https:\/\/api.w.org\/{rel}","templated":true}]}}