{"id":28659,"date":"2022-05-29T11:21:00","date_gmt":"2022-05-29T08:21:00","guid":{"rendered":"https:\/\/milliycha.uz\/?p=28659"},"modified":"2022-05-29T11:21:02","modified_gmt":"2022-05-29T08:21:02","slug":"emlash","status":"publish","type":"post","link":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/emlash\/","title":{"rendered":"EMLASH"},"content":{"rendered":"\n<p>EMLASH, vaktsinasiya \u2014 odam va hayvonlarda infektsion kasalliklar yuqishining oldini olish usuli, bunda organizmga vaktsinalar, immun zardoblar yoki gammaglobulin yuborib, sun&#8217;iy faol yoki passiv immunitet hosil qilinadi. Sun&#8217;iy faol immunitet hosil qilish uchun odam vaktsinalar bilan emlanadi, bunda organizmda yuborilgan vaktsina tarkibidagi antigenlarga qarshi faol immunitet rivojlanadi. Emlashda vaktsinalarni teri ustiga, teri ostiga, muskul orasiga, burun va og&#8217;iz orqali yuborish mumkin. Vaktsinalar bilan Emlash jadvali har xil: bir marotaba, ikki, uch marotaba va hokazolar. Sun&#8217;iy faol immunitet immunizasiya tugaganidan so&#8217;ng 2-3 hafta o&#8217;tgach paydo bo&#8217;ladi va oylab, hatto yillab saqlanib qoladi. Takror Emlash (immunitet darajasi susayganda) revaktsjasiya deb ataladi. Sun&#8217;iy passiv immunitet organizmning himoya faoliyatini oshirish, ko&#8217;zda tutilgan tegishli yuqumli kasallikka qarshi chidamlilik yoki boshlangan kasallikning kechishini yengillashtirish maqsadida qilinadi. Bir qancha yuqumli kasalliklar (odamlarda gepatit V, sil, bo&#8217;g&#8217;ma, qoqshol, ko&#8217;kyo&#8217;tal, qizamiq, tepki, poliomielit; hayvonlarda brusellyoz, quturish, o&#8217;lat, oqsim va boshqalar)ga qarshi rejali ravishda; ayrim yuqumli kasalliklar (gripp, ich terlama, kuydirgi, tulyaremiya va boshqalar)ga qarshi esa epidemiologik zaruriyat bo&#8217;yicha emlanadi. Emlash poliklinikalarda yoki Emlash markazlarida maxsus tayyorlangan tibbiyot xodimi tomonidan vrach nazoratida o&#8217;tkaziladi. Bolani Emlashdan avval uning gavda harorati o&#8217;lchanadi va qanday kasalliklar bilan og&#8217;riganligi so&#8217;rab surishtiriladi; vrach bolani sinchiklab tekshirib, uni Emlash mumkin yoki mumiga emasligini aniqlaydi. Yuraktomir, Markaziy nerv sistemasi kasalliklaridan tuzalgan yoki surunkali kasalliklari bor bolalar tegishli mushassislar ko&#8217;rigidan o&#8217;tganidan so&#8217;ng emlanishi lozim. Bola emlanganda ba&#8217;zan kuchli reaktsiya yuzaga keladi, shuning uchun emlangandan keyin u ma&#8217;lum bir vaqt davomida vrach nazoragada bo&#8217;lishi kerak. Emlash mahalliy va umumiy ta&#8217;sir ko&#8217;rsatishi, ya&#8217;ni emlangan joy sal qizarishi, shishishi, og&#8217;rishi, harorat ko&#8217;tarilishi va umumiy darmonsizlik kuzatilishi mumkin. Emlangan bola juda bezovtalansa, qattiq isitmalasa darhol vrachga murojaat qilish zarur. Bolalar yoki kattalarning emlanganligi haqidagi ma&#8217;lumotlar ularning tibbiy hujjatiga qayd etiladi. Otaonalar bolasiga qanday Emlash o&#8217;tkazilganini va qaysilari qachon qilinishi kerakligini yaxshi bilishlari, shuningdek, Emlashning belgilangan muddatda o&#8217;tkazilishiga amal qilishlari zarur, chunki o&#8217;z vaqtida o&#8217;tkazilgan Emlash juda yaxshi naf beradi. Hozirda respublikamizda ko&#8217;pgina og&#8217;ir kechuvchi yuqumli kasalliklarga qarshi rejali ravishda va epidemiologic holatlarga qarab bolalar va xavfli guruhga kiruvchi katta kishilar davlat tomonidan bepul emlanadi. O&#8217;tkazilgan chora-tadbirlar tufayli O&#8217;zbekiston hududida shol kasalligi oxirgi yillarda qayd etilmayapti, shuningdek, bo&#8217;g&#8217;ma, qizamiq, tepki, gepatit V kasalliklari bolalar orasida keskin kamaydi.<\/p>\n","protected":false},"excerpt":{"rendered":"<p>EMLASH, vaktsinasiya \u2014 odam va hayvonlarda infektsion kasalliklar yuqishining oldini olish usuli, bunda organizmga vaktsinalar, immun zardoblar yoki gammaglobulin yuborib, sun&#8217;iy faol yoki passiv immunitet hosil qilinadi. Sun&#8217;iy faol immunitet &hellip; <a href=\"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/emlash\/\" class=\"more-link\">Read More<\/a><\/p>\n","protected":false},"author":1,"featured_media":16402,"comment_status":"open","ping_status":"open","sticky":false,"template":"","format":"standard","meta":{"footnotes":""},"categories":[189],"tags":[],"class_list":["post-28659","post","type-post","status-publish","format-standard","has-post-thumbnail","hentry","category-e-harfi","entry"],"translation":{"provider":"WPGlobus","version":"3.0.2","language":"ru","enabled_languages":["uz","kr","ru"],"languages":{"uz":{"title":true,"content":true,"excerpt":false},"kr":{"title":false,"content":false,"excerpt":false},"ru":{"title":false,"content":false,"excerpt":false}}},"_links":{"self":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/28659","targetHints":{"allow":["GET"]}}],"collection":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/posts"}],"about":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/types\/post"}],"author":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/users\/1"}],"replies":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/comments?post=28659"}],"version-history":[{"count":1,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/28659\/revisions"}],"predecessor-version":[{"id":28660,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/28659\/revisions\/28660"}],"wp:featuredmedia":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/media\/16402"}],"wp:attachment":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/media?parent=28659"}],"wp:term":[{"taxonomy":"category","embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/categories?post=28659"},{"taxonomy":"post_tag","embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/tags?post=28659"}],"curies":[{"name":"wp","href":"https:\/\/api.w.org\/{rel}","templated":true}]}}