{"id":28720,"date":"2022-05-29T15:27:42","date_gmt":"2022-05-29T12:27:42","guid":{"rendered":"https:\/\/milliycha.uz\/?p=28720"},"modified":"2022-05-29T15:27:43","modified_gmt":"2022-05-29T12:27:43","slug":"enterit","status":"publish","type":"post","link":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/enterit\/","title":{"rendered":"ENTERIT"},"content":{"rendered":"\n<p>ENTERIT (Yunoncha \u2014 ichak) \u2014 ingichka ichakning yallig&#8217;lanishi. Odatda, Enterit yakka holda kechmay, aksari ingichka va yo&#8217;g&#8217;on ichaklarning baravar yallig&#8217;lanishi \u2014 enterokolit yoxud ichak va me&#8217;daning bir vaqtda yallig&#8217;lanishi \u2014 gastroenterit ko&#8217;rinishida uchraydi. O&#8217;tkir va surunkali Enterit farqdanadi. O&#8217;tkir Enterit aksari yoz va kuzda (ko&#8217;proq issiq vaqtda) kuzatiladi. Odamda, ovqatdan bo&#8217;ladigan toksikoinfektsiyalar (ya&#8217;ni buzilib qolgan go&#8217;shtli taomlar, chala, xom pishirilgan ovqat, toza yuvmay eyilgan meva, sabzavot va hokazolar), ba&#8217;zi kimyoviy moddalar (simob, yod, ayrim sanoat zaharlari), shuningdek, ba&#8217;zi dori-darmonlardan zaharlanish, ayrim meva-chevalarning organizmga allergik ta&#8217;siri, badhazm ovqatlarni ko&#8217;p yeyish va boshqalar o&#8217;tkir Enteritga sabab bo&#8217;ladi. Organizmning qizib ketishi yoxud sovuq qotishi, jazirama issiqda muzdek ichimliklar ichish, ichakda gijja bo&#8217;lishi va hokazolar ham o&#8217;tkir Enterit kelib chiqishiga olib keladi. Enterit, shuningdek, ba&#8217;zi yuqumli kasalliklar (ich terlama, paratiflar va boshqalar) oqibatida paydo bo&#8217;lishi mumkin. Ichaklarning yallig&#8217;lanish tarziga ko&#8217;ra, Enteritning bir necha xili (kataralfollikulyar, yiringli, yarali) farq qilinadi. Kataral shakli ko&#8217;p uchraydi. Enteritda ichak shilliq qavati qizarib, shishadi va unga dona-dona qon quyiladi; ichak devoridan ko&#8217;p shilimshiq ajraladi, epitelial qavati ko&#8217;chib tushadi. Enteritda to&#8217;satdan qorin va kindik atrofi sanchib og&#8217;riydi, quldiraydi, tez-tez (sutkasiga 5-10 marta) ich suradi, bemorning ko&#8217;ngli aynib, qayt qiladi. Ba&#8217;zan qusuqqa shilimshiq va qon aralashadi, bemor isitmalab, ishtahasi yo&#8217;qoladi, terlaydi, og&#8217;zidan suv keladi. Agar ingichka ichak ko&#8217;proq zararlangan bo&#8217;lsa, kuniga 4-7 marta ich suradi, axlat dastlab quyuq, ko&#8217;p, qo&#8217;lansa, keyin suyuq, ko&#8217;pirib (ba&#8217;zan achimsiq hidli) keladi, ich kelgandan so&#8217;ng og&#8217;riq to&#8217;xtaydi. Kasallik, aksari yo&#8217;g&#8217;on ichakda bo&#8217;lsa vaqt-bevaqt yo&#8217;g&#8217;on ichak bo&#8217;ylab og&#8217;riq tutadi, sutkasiga 10-15 marta ich ketadi, axlatda ko&#8217;p shilimshiq, ba&#8217;zan qon bo&#8217;ladi. Enteritda ko&#8217;p qusish va ich ketishi tufayli organizm suvsizlanadi (bemorning terisi quruqshaydi, og&#8217;zi qurib, hidlanadi, tili karashlanib, lablari qovjiraydi, qorni dam bo&#8217;ladi va hokazolar), yurak faoliyati susayadi, qon bosimi va gavda temperaturasi pasayib, bemorning rangi ketadi, ko&#8217;zlari kirtayadi; og&#8217;irroq hollarda oyoqqo&#8217;llari muzlab, tortishibtortishib turadi. O&#8217;tkir Enterit, to&#8217;la va to&#8217;g&#8217;ri davolansa bemor sog&#8217;ayib ketadi. Aks hodda surunkali tus oladi. Surunkali Enteritning kelib chiqish sabablari o&#8217;tkir Enteritnikiga o&#8217;xshash. Shuningdek, bu Enterit ba&#8217;zan me&#8217;da, o&#8217;t qopi, jigar yoki me&#8217;da osti bezi kasalliklarida ichak devorining zararlanishi yoki ovqatda vitaminlar tanqisligi va boshqalar oqibatida paydo bo&#8217;ladi. Bunda ingichka va yo&#8217;g&#8217;on ichaklar devorining hamma qatlami shikastlanadi; ichak devorining so&#8217;rish va harakat funktsiyasi buziladi. Surunkali Enterit goh zo&#8217;riqib, goh bosiladi. Davo bemorning umumiy ahvoli va kasallik belgilariga qarab tayinlanadi. Surunkali Enteritni davolashda, asosan, parhez va vaqtida qat&#8217;iy rejim bilan ovqatlanish yaxshi foyda beradi. Oshlovchi moddalar tutgan (behi, nok va hokazolar) mevalar suvidan ichib turish, kasallik zo&#8217;riqqanda yumshoq taomlar eyish, vitaminlar qabul qilish tavsiya etiladi. Oldini olish: doim oziq-ovqatlarni yaxshilab pishirib eyish, to&#8217;g&#8217;ri ovqatlanish, shaxsiy gigiena qoidalariga rioya qilish, pashshalarni qirish va hokazolardan iborat. Enterit hayvonlarda ham uchraydi, yosh mollarda og&#8217;ir o&#8217;tadi. Enterit birlamchi va ikkilamchi, o&#8217;tkir va surunkali, difterik, gemorragik, yarali, flegmonoz va kataral bo&#8217;ladi. Birlamchi Enterit doim bir xil, sifatsiz, chirigan va zamburug&#8217;bosgan ozuqa bilan boqishdan, ikkilamchi Enterit infektsion va invazion kasalliklar natijasida kelib chiqadi. Kasal hayvonning ishtahasi yo&#8217;qoladi, shilliq pardalari sarg&#8217;ayadi. Yo&#8217;g&#8217;on ichagi yallig&#8217;langanda ichi ketadi, keyinchalik ichi qotadi. Kasallik og&#8217;ir o&#8217;tganda hayvon nobud bo&#8217;ladi. Davolash: ichni yumshatuvchi dorilar (natriy va magniy sulfat), antibiotiklar va boshqalar beriladi. Ichaklarni dezinfektsiyalovchi dorilar ichiriladi. Oldini olish: chorva mollari sifatli yem-xashak bilan boqiladi, oziqlantirish rejimiga rioya qilinadi.<\/p>\n","protected":false},"excerpt":{"rendered":"<p>ENTERIT (Yunoncha \u2014 ichak) \u2014 ingichka ichakning yallig&#8217;lanishi. Odatda, Enterit yakka holda kechmay, aksari ingichka va yo&#8217;g&#8217;on ichaklarning baravar yallig&#8217;lanishi \u2014 enterokolit yoxud ichak va me&#8217;daning bir vaqtda yallig&#8217;lanishi \u2014 &hellip; <a href=\"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/enterit\/\" class=\"more-link\">Read More<\/a><\/p>\n","protected":false},"author":1,"featured_media":16402,"comment_status":"open","ping_status":"open","sticky":false,"template":"","format":"standard","meta":{"footnotes":""},"categories":[189],"tags":[],"class_list":["post-28720","post","type-post","status-publish","format-standard","has-post-thumbnail","hentry","category-e-harfi","entry"],"translation":{"provider":"WPGlobus","version":"3.0.2","language":"ru","enabled_languages":["uz","kr","ru"],"languages":{"uz":{"title":true,"content":true,"excerpt":false},"kr":{"title":false,"content":false,"excerpt":false},"ru":{"title":false,"content":false,"excerpt":false}}},"_links":{"self":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/28720","targetHints":{"allow":["GET"]}}],"collection":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/posts"}],"about":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/types\/post"}],"author":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/users\/1"}],"replies":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/comments?post=28720"}],"version-history":[{"count":1,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/28720\/revisions"}],"predecessor-version":[{"id":28729,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/28720\/revisions\/28729"}],"wp:featuredmedia":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/media\/16402"}],"wp:attachment":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/media?parent=28720"}],"wp:term":[{"taxonomy":"category","embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/categories?post=28720"},{"taxonomy":"post_tag","embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/tags?post=28720"}],"curies":[{"name":"wp","href":"https:\/\/api.w.org\/{rel}","templated":true}]}}