{"id":28747,"date":"2022-05-29T16:21:04","date_gmt":"2022-05-29T13:21:04","guid":{"rendered":"https:\/\/milliycha.uz\/?p=28747"},"modified":"2022-05-29T16:21:05","modified_gmt":"2022-05-29T13:21:05","slug":"etil-spirti","status":"publish","type":"post","link":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/etil-spirti\/","title":{"rendered":"ETIL SPIRTI"},"content":{"rendered":"\n<p>ETIL SPIRTI (vino spirti, etanol), S2N5ON \u2014 bir atomli alifatik spirtlarning muhim vakili. Molekulyar modda 46,069. Rangsiz, o&#8217;tkir ta&#8217;mli, spirtlarga xos hidli suyuqlik. Suyuqlanish temperaturasi \u2014 114,5\u00b0, qaynash temperaturasi 78,39\u00b0, zichligi 789,27\u00b0 kg\/m3 (20\u00b0da). Suv bilan cheksiz aralashadi va tarkibida 95,57% spirt, 4,43% suv bo&#8217;lgan azeotrop aralashma hosil qiladi. Absolyut sof spirt olishda 2 usuldan foydalaniladi. 1-usulda suvli spirtga ozroq benzol qo&#8217;shiladi va hosil bo&#8217;lgan aralashma fraktsiyalab haydaladi. Bunda avval suv, spirt va benzol aralashmasi, keyin spirtning benzol bilan aralashmasi va nihoyat, oxirida sof spirt haydaladi. 2usulda 96% li spirtni kaltsiy (P)oksid yoki qizdirilgan mis (P)sulfat bilan isitiladi. Bunda suvning asosiy massasi chiqib ketadi, spirt tarkibida ushlanib qolgan 0,2\u2014 0,3% suvni spirtga metall holdagi kaltsiy yoki magniy qo&#8217;shib haydash yo&#8217;li bilan ajratiladi. Etil spirti sanoatda tarkibida qand (shakar) bo&#8217;lgan moddalardan enzimlar va achitqilar ta&#8217;sirida quyidagi reaktsiya orqali olinadi: S 6N1206>2S2N5ON+2S02 Xom ashyo sifatida glyukoza yoki uzum sharbatidan foydalanilganda tarkibida 8 dan 16% gacha Etil spirti bo&#8217;lgan uzum vinosi hosil bo&#8217;ladi. Ko&#8217;pincha polisaxaridlar (kraxmal yoki tsellyuloza) xom ashyo sifatida qo&#8217;llanadi. Etil spirtini umumiy formulasi (S6N10O5)p bo&#8217;lgan polisaxaridlardan ham olish mumkin. Bunda ular to&#8217;la gidrolizga uchratilib glyukozaga, so&#8217;ngra spirtga aylantiriladi. Kraxmalli xom ashyolar sifatida boshokli o&#8217;simliklar \u2014 bug&#8217;doy, arpa, sholi, jo&#8217;xoridan, shuningdek, kartoshkadan foydalaniladi. Etil spirti sanoatda bir necha yo&#8217;llar bilan sintez qilinadi. Yog&#8217;och gidrolizatini achitish yo&#8217;li bilan gidroliz spirt i olinadi. Uning tarkibida 2% gacha zaharli modda \u2014 metil spirti (metanol) bo&#8217;ladi. Sulfat kislota ishtirokida etilenni gidratatsiya qilish reaktsiyasidan ham Etil spirti olishda keng foydalaniladi. Ba&#8217;zi mamlakatlarda Etil spirti atsetilendan olinadi. Bu usulda Kucherov reaktsiyasi asosida atsetilen avval sirka aldegidga o&#8217;tkaziladi, keyin uni gidrogenlab Etil spirtiga aylantiriladi. Mazkur reaktsiya mis yoki palladiy katalizatori ishtirokida yuqori trada olib boriladi: NS=NS+n 2O > sn3sno > sn3sn2on Etil spirti dunyoda eng ko&#8217;p sintez qilinadigan va qo&#8217;llanadigan mahsulotlardan biri hisoblanadi. Ishlab chiqarilgan Etil spirtining asosiy qismi divinil olishda, etil efir, xloroform, xloral, o&#8217;ta sof etilen, etilasetat, murakkab efirlar va erituvchilar ishlab chiqarishda qo&#8217;llanadi. Etil spirti tibbiyotda, farmasevtikada, atirupa sanoatida, bo&#8217;yoqchiliqda, antiseptik vositalar tayyorlashda ishlatiladi. Etil spirti \u2014 muhim antifrizlardan biri. Undan oziq-ovqat sanoatida, turli spirtli ichimliklar va dorivor damlamalar tayyorlashda ham foydalaniladi. Etil spirti narkotik modda. Uzoq vaqt iste&#8217;mol qilinsa, nerv, me&#8217;daichak, yuraktomir sistemalari, jigar qattiq zararlanadi.<\/p>\n","protected":false},"excerpt":{"rendered":"<p>ETIL SPIRTI (vino spirti, etanol), S2N5ON \u2014 bir atomli alifatik spirtlarning muhim vakili. Molekulyar modda 46,069. Rangsiz, o&#8217;tkir ta&#8217;mli, spirtlarga xos hidli suyuqlik. Suyuqlanish temperaturasi \u2014 114,5\u00b0, qaynash temperaturasi 78,39\u00b0, &hellip; <a href=\"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/etil-spirti\/\" class=\"more-link\">Read More<\/a><\/p>\n","protected":false},"author":1,"featured_media":16402,"comment_status":"open","ping_status":"open","sticky":false,"template":"","format":"standard","meta":{"footnotes":""},"categories":[189],"tags":[],"class_list":["post-28747","post","type-post","status-publish","format-standard","has-post-thumbnail","hentry","category-e-harfi","entry"],"translation":{"provider":"WPGlobus","version":"3.0.2","language":"ru","enabled_languages":["uz","kr","ru"],"languages":{"uz":{"title":true,"content":true,"excerpt":false},"kr":{"title":false,"content":false,"excerpt":false},"ru":{"title":false,"content":false,"excerpt":false}}},"_links":{"self":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/28747","targetHints":{"allow":["GET"]}}],"collection":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/posts"}],"about":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/types\/post"}],"author":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/users\/1"}],"replies":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/comments?post=28747"}],"version-history":[{"count":1,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/28747\/revisions"}],"predecessor-version":[{"id":28748,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/28747\/revisions\/28748"}],"wp:featuredmedia":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/media\/16402"}],"wp:attachment":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/media?parent=28747"}],"wp:term":[{"taxonomy":"category","embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/categories?post=28747"},{"taxonomy":"post_tag","embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/tags?post=28747"}],"curies":[{"name":"wp","href":"https:\/\/api.w.org\/{rel}","templated":true}]}}