{"id":28796,"date":"2022-06-03T14:00:56","date_gmt":"2022-06-03T11:00:56","guid":{"rendered":"https:\/\/milliycha.uz\/?p=28796"},"modified":"2022-06-03T14:00:57","modified_gmt":"2022-06-03T11:00:57","slug":"togrulbek","status":"publish","type":"post","link":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/togrulbek\/","title":{"rendered":"TO&#8217;G&#8217;RULBEK"},"content":{"rendered":"\n<p>TO&#8217;G&#8217;RULBEK, Sulton To&#8217;g&#8217;rulbek, Muhammad To&#8217;g&#8217;rulbek Ruknuddin Abu Tolib (993 \u2014 1063.4.9) \u2014 Saljuqiylar davlatining asoschisi va 1-sultoni (1038 -63). Saljuqbekning nevarasi. Ibn al-Asirning yozishicha, 11-asrning boshlarida birodari Chag&#8217;ribek Dovud (990 -1060) bilan birgalikda ko&#8217;chmanchi o&#8217;g&#8217;uzlar \u2014 saljuqiylarning harbiy birlashmalariga boshchilik qilgan. 1025 -30 yillarda To&#8217;g&#8217;rulbek boshchiligidagi Saljuqiylar Alitegin va Sirdaryo yabg&#8217;usi qo&#8217;shinlariga qarshi muvaffaqiyatli harbiy harakatlar olib borishgan. 1035 yil may oyining boshlarida 10 ming kishilik saljuqiylarning otliq qo&#8217;shini To&#8217;g&#8217;rulbek va Chag&#8217;ribek qo&#8217;mondonligida Amudaryoni kechib o&#8217;tib, Amul (hozirgi Turkmanobod) ni egallagan va Marvdan Nisoga yo&#8217;l olgan. G&#8217;aznaviylar sultoni Mas&#8217;ud G&#8217;aznaviy ularga qarshi qo&#8217;shin jo&#8217;natgan. Bu jangda Saljuqiylar g&#8217;alaba qozonib, Xurosonda o&#8217;z mavqelarini tobora mustahkamlab borishgan, xususan, Tus va Nishopurni egallab, To&#8217;g&#8217;rulbekni Nishopurda Sulton deb e&#8217;lon qilganlar (1038 yil iyun). Dandanakon jangida G&#8217;aznaviylar ustidan qozonilgan g&#8217;alabadan so&#8217;ng To&#8217;g&#8217;rulbek Xuroson hukmdori deb e&#8217;lon qilingan. 1040 -1055 yillarda To&#8217;g&#8217;rulbek Xorazm, Eron, Iroq, Ozarbayjon, Armanistonga harbiy yurishlar uyushtirib, bu hududlarning katta qismini Saljuqiylar davlati tarkibiga qo&#8217;shib oldi. Qoraxoniylar ham Movarounnahrda To&#8217;g&#8217;rulbek hukmronligini tan olishga majbur bo&#8217;lgan. To&#8217;g&#8217;rulbek Arab xalifaligi poytaxti Bag&#8217;dodni egallab (1058 yil 23 aprel), o&#8217;z nomiga xutba o&#8217;qittirgan va abbosiylar sulolasining xalifasi alqoim (hukmronlik davri: 1031 -75) uning &#171;Sulton&#187; unvonini tan olib, To&#8217;g&#8217;rulbekka &#171;almashriq va almag&#8217;rib sultoni&#187; degan yuksak unvonni ham bergan. To&#8217;g&#8217;rulbek xalifani buvayhiylar (ular shialardan bo&#8217;lgan)ning tazyiqidan xalos qilib, Islom dinining sunniy mazhabini mustahkamlagan. Keyinchalik To&#8217;g&#8217;rulbek xalifa alqoimning qizi Sayyida Nisoga uylangan (1063.17.2). To&#8217;g&#8217;rulbek 1038 yildayoq harbiy xizmatlari evaziga yirik lashkarboshilar va qarindoshurug&#8217;lariga mamlakat hududini iqtosifatida taqsimlab bergan. To&#8217;g&#8217;rulbek Rayni, Chag&#8217;ribek Marvni o&#8217;zlariga poytaxt qilganlar. Keyinchalik To&#8217;g&#8217;rulbek poytaxtni Raydan Isfahonga ko&#8217;chirgan (1050). Forslardan bo&#8217;lgan vaziri Abdulmalik Kunduriy (1064 yil qatl etilgan) yordamida ulkan Saljuqiylar saltanatini boshqargan. Manba:Sayar addin Ali alxusayn i, Axbor addaulat asseldjukiyya (Zubdat attavorix), M., 1980; Abulfazl Bayxaki, Istoriya Mas&#8217;uda (1030-1041), M., 1969. Ad.: Agadjanov S. G., Ocherki istorii oguzov i turkmen Sredney Azii IX \u2014 XIII vv., Ashxabad, 1969. Qahramon Rajabov.<\/p>\n","protected":false},"excerpt":{"rendered":"<p>TO&#8217;G&#8217;RULBEK, Sulton To&#8217;g&#8217;rulbek, Muhammad To&#8217;g&#8217;rulbek Ruknuddin Abu Tolib (993 \u2014 1063.4.9) \u2014 Saljuqiylar davlatining asoschisi va 1-sultoni (1038 -63). Saljuqbekning nevarasi. Ibn al-Asirning yozishicha, 11-asrning boshlarida birodari Chag&#8217;ribek Dovud (990 &hellip; <a href=\"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/togrulbek\/\" class=\"more-link\">Read More<\/a><\/p>\n","protected":false},"author":1,"featured_media":16402,"comment_status":"open","ping_status":"open","sticky":false,"template":"","format":"standard","meta":{"footnotes":""},"categories":[187],"tags":[],"class_list":["post-28796","post","type-post","status-publish","format-standard","has-post-thumbnail","hentry","category-t-harfi","entry"],"translation":{"provider":"WPGlobus","version":"3.0.2","language":"ru","enabled_languages":["uz","kr","ru"],"languages":{"uz":{"title":true,"content":true,"excerpt":false},"kr":{"title":false,"content":false,"excerpt":false},"ru":{"title":false,"content":false,"excerpt":false}}},"_links":{"self":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/28796","targetHints":{"allow":["GET"]}}],"collection":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/posts"}],"about":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/types\/post"}],"author":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/users\/1"}],"replies":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/comments?post=28796"}],"version-history":[{"count":1,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/28796\/revisions"}],"predecessor-version":[{"id":28797,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/28796\/revisions\/28797"}],"wp:featuredmedia":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/media\/16402"}],"wp:attachment":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/media?parent=28796"}],"wp:term":[{"taxonomy":"category","embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/categories?post=28796"},{"taxonomy":"post_tag","embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/tags?post=28796"}],"curies":[{"name":"wp","href":"https:\/\/api.w.org\/{rel}","templated":true}]}}