{"id":28840,"date":"2022-06-04T08:32:57","date_gmt":"2022-06-04T05:32:57","guid":{"rendered":"https:\/\/milliycha.uz\/?p=28840"},"modified":"2022-06-04T08:32:57","modified_gmt":"2022-06-04T05:32:57","slug":"tazkira","status":"publish","type":"post","link":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/tazkira\/","title":{"rendered":"TAZKIRA"},"content":{"rendered":"\n<p>TAZKIRA (Arabcha \u2014 eslatmoq, zikr etmoq) \u2014 o&#8217;rta asr forsiy va turki y tillardagi adabiyotshunoslik janrlaridan biri. Keng ma&#8217;noda \u2014 tarix, tasavvuf, san&#8217;at sohasidagi voqea va shaxslar haqida esdalik ruhidagi asar, mas., &#171;Tazkirat ulavliyo&#187; (Farididdin Attor), &#171;Tazkirai Muqimxoniy&#187; (Muhammad Yusuf), &#171;Tazkirai xattoton&#187; (Rudakiy), &#171;Tazkirai avliyoi turkiy&#187; (Rushdiy) va b. Tor ma&#8217;noda \u2014 shoirlar hayoti va ijodi haqida ma&#8217;lumot, asarlaridan namunalar keltirib tuzilgan to&#8217;plam. Tazkirada bir necha asrda yashagan yoki muayyan davr shoirlarining hayoti va ijodi haqida turli tarzda ma&#8217;lumot beriladi. Shoirlarni qamrab olish jihatidan tarixiyzamonaviy va zamonaviy Tazkiraga bo&#8217;linadi. Tarixiy-zamonaviy Tazkirada bir necha asr davomida yashab ijod etgan shoirlar haqida (&#171;Lubob ulalbob&#187; \u2014 Avfiy, &#171;Tazkirat ushshuaro&#187; \u2014 Davlatshoh Samarqandiy va boshqalar), zamonaviy Tazkirada esa tuzuvchining zamondoshlari haqida (&#171;Majolis unnafois&#187;, &#171;Tazkirat ushshuaro&#187; \u2014 Mutribiy va boshqalar) bahs yuritiladi. Asarda shoirlar har xil uslubda \u2014 &#171;abjad&#187; tizimida, sulola va Arab alifbosi asosida, geografik uslubda, Tazkira tuzuvchi tomonidan shaxsan ko&#8217;rganlik, ijodiy muloqotda bo&#8217;lgan bo&#8217;lmaganlik asosida joylashtiriladi. Shoirlar haqidagi ma&#8217;lumotlar alohida kichik maqola \u2014 fiqradan iborat bo&#8217;ladi. Unda shoirning ismi, taxallusi, qaerdanligi, ijodi, she&#8217;rlaridan namunalar, tabiatidagi o&#8217;ziga xos xususiyati, qay darajada Shuhrat topganligi va boshqa she&#8217;riy yoki nasriy tarzda bayon etiladi. Ba&#8217;zan 2 tilda ma&#8217;lumot berish hollari ham uchraydi (&#171;Majmuai shoiron&#187;). Tazkiralar tuzuvchisining adabiy-estetik uslublari qaysi adabiy yo&#8217;nalishiga mansubligi jihatidan farklanadi. Sharq adabiyotshunosligida bizgacha yetib kelgan dastlabki Tazkirani Abu Mansur as-Saoyaibiy, o&#8217;zbek adabiyotida Alisher Navoiy yaratganlar. Adabiyot tarixini o&#8217;rganishda Tazkiralarning ahamiyati katta. Habib Abdunazar.<\/p>\n","protected":false},"excerpt":{"rendered":"<p>TAZKIRA (Arabcha \u2014 eslatmoq, zikr etmoq) \u2014 o&#8217;rta asr forsiy va turki y tillardagi adabiyotshunoslik janrlaridan biri. Keng ma&#8217;noda \u2014 tarix, tasavvuf, san&#8217;at sohasidagi voqea va shaxslar haqida esdalik ruhidagi &hellip; <a href=\"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/tazkira\/\" class=\"more-link\">Read More<\/a><\/p>\n","protected":false},"author":1,"featured_media":16402,"comment_status":"open","ping_status":"open","sticky":false,"template":"","format":"standard","meta":{"footnotes":""},"categories":[187],"tags":[],"class_list":["post-28840","post","type-post","status-publish","format-standard","has-post-thumbnail","hentry","category-t-harfi","entry"],"translation":{"provider":"WPGlobus","version":"3.0.2","language":"ru","enabled_languages":["uz","kr","ru"],"languages":{"uz":{"title":true,"content":true,"excerpt":false},"kr":{"title":false,"content":false,"excerpt":false},"ru":{"title":false,"content":false,"excerpt":false}}},"_links":{"self":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/28840","targetHints":{"allow":["GET"]}}],"collection":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/posts"}],"about":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/types\/post"}],"author":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/users\/1"}],"replies":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/comments?post=28840"}],"version-history":[{"count":1,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/28840\/revisions"}],"predecessor-version":[{"id":28848,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/28840\/revisions\/28848"}],"wp:featuredmedia":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/media\/16402"}],"wp:attachment":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/media?parent=28840"}],"wp:term":[{"taxonomy":"category","embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/categories?post=28840"},{"taxonomy":"post_tag","embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/tags?post=28840"}],"curies":[{"name":"wp","href":"https:\/\/api.w.org\/{rel}","templated":true}]}}