{"id":28901,"date":"2022-06-04T09:31:48","date_gmt":"2022-06-04T06:31:48","guid":{"rendered":"https:\/\/milliycha.uz\/?p=28901"},"modified":"2022-06-04T09:31:50","modified_gmt":"2022-06-04T06:31:50","slug":"togon","status":"publish","type":"post","link":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/togon\/","title":{"rendered":"TO&#8217;G&#8217;ON"},"content":{"rendered":"\n<p>TO&#8217;G&#8217;ON \u2014 Daryo va soylarga quriladigan gidrotexnika inshooti. Suv sathini ko&#8217;tarish, bosimni oshirish va suv havzalari hosil qilish uchun quriladi. To&#8217;g&#8217;onlar daryo suvini tartibga solishga, elektr energiyasi olishga, suv toshqinlariga barham berishga, uning atrofidagi mikroiqlimni yaxshilashga imkon beradi. Ekinlarni sugorish va ichish uchun suv manbalaridan suv chikarishga intilish miloddan avvalgi 4 va 3-ming yilliklarga to&#8217;g&#8217;ri keladi. Ayniqsa, sug&#8217;orma dehqonchilikning astasekin rivojlanib borishi tufayli To&#8217;g&#8217;onlar (dambalar) qurishga extiyoj tug&#8217;ildi. Ibtidoiy dehqonchilikdan madaniy deg&#8217;qonchilikka o&#8217;tish davrida O&#8217;rta Osiyoda, shu jumladan, O&#8217;zbekiston hududida ham sug&#8217;orma dehqonchilikka va, demak, damba va To&#8217;g&#8217;onlarga talab kuchaydi. Arxeologik tadqiqotlarning ko&#8217;rsatishicha, O&#8217;rta Osiyoda miloddan avvalgi 10-asrda asosan g&#8217;alla ekinlari, sholi, g&#8217;o&#8217;za, kunjut, qovun, tok va boshqalar o&#8217;stirilgan. Mesopotamiya, Misr, Hindiston, Xitoy, Yunoniston, Rim, Xorazm davlati va boshqa joylarda sugorish inshootlari (sun&#8217;iy kanallar, dambalar, to&#8217;g&#8217;onlar) qurilgan. Keyinchalik To&#8217;g&#8217;onlar qurish usullari va ularni mustahkamlash tadbirlari takomillashib bordi. O&#8217;zbekistonda Jizzax viloyatining Forish tumanidagi osmon soyiga 10-asrda Xonbandi to&#8217;g&#8217;oni (uzunligi 50 metr, balandligi 15,2 metr), 12-asrda Kattaqo&#8217;rg&#8217;on tumanida g&#8217;isht To&#8217;g&#8217;on qurilgan. 16-asrda qurilgan Abdullaxon bandi To&#8217;g&#8217;onining balandligi 15 metr, uzunligi 83 metr, eni 4,5 metr bo&#8217;lgan. O&#8217;sha paytlarda To&#8217;g&#8217;on qurilishida tuproq, tosh, ganch va boshqa materiallardan foydalanilgan. Beton To&#8217;g&#8217;onlar 20-asr 20-yillaridan qurila boshladi. O&#8217;zbekistonda Bo&#8217;zsuv GES to&#8217;g&#8217;oni (1923 27), 1 may To&#8217;g&#8217;oni (1926 30), Kampirravot To&#8217;g&#8217;oni (1935 -38), Farhod GES to&#8217;g&#8217;oni (1943 -50) va boshqalar qurildi. 20-asr 50-yillaridan baland To&#8217;g&#8217;onlar paydo bo&#8217;ldi. Toshkent dengizi va Karkidon, Kattaqo&#8217;rg&#8217;on va Pachkamar suv omborlari To&#8217;g&#8217;onlari (tuproqdan), Kosonsoy suv ombori To&#8217;g&#8217;oni (toshdan) va Qoradaryodagi Andijon To&#8217;g&#8217;oni (betondan) shular jumlasidan. Vazifasiga qarab, To&#8217;g&#8217;onlar suv ombori va GESlarga quriladigan, suv sathini ko&#8217;taradigan, oqova (ortiqcha suvni chiqarib yuboradigan), stantsion (suv olish tuynugi bo&#8217;lgan) xillarga bo&#8217;linadi. To&#8217;g&#8217;on, asosan, tuproq, tosh, beton va yog&#8217;ochdan quriladi. Beton To&#8217;g&#8217;onning gravitasion, ravoqli va tirgakli xillari bo&#8217;ladi. To&#8217;g&#8217;onning turi geologik, topografik, gidrologik va iqtisodiy sharoitlarga qarab tanlanadi. To&#8217;g&#8217;onlarning balandligi 300 metrga yetishi mumkin (masalan, Nurek GES). Suv bosimi kichik (2 -4 metr, kamdan-kam 4 -8 metr, ayrim hollarda 16 -20 metr) bo&#8217;lgan joylarda yog&#8217;och To&#8217;g&#8217;on quriladi va kontrfors (tirgak)lar bn mahkamlanadi. Tuproq To&#8217;g&#8217;on bir xil materialdan, ya&#8217;ni ma&#8217;lum tartibda joylashtiriladigan qumoq va qumloq yoki tuproq, qumloq va qum va shu kabilardan quriladi. To&#8217;g&#8217;on korpusi ichida suv o&#8217;tkazmaydigan ekran (plastik yoki qattiq) yoki materiallar (tuproq, qumoq tuproq, beton, temirbeton yoki metall) dan ichki yadro yasaladi. Tuproq To&#8217;g&#8217;on to&#8217;kma vaquyma turlarga bo&#8217;linadi. Suv omboridagi po&#8217;rtanalar ta&#8217;siridan saqlash uchun To&#8217;g&#8217;onning yuqori bagri tosh, beton plitalari va boshqa suv o&#8217;tkazmaydigan materiallar bilan qoplanadi. Aralash tipdagi To&#8217;g&#8217;on tosh va tuproqdan quriladi. Tosh To&#8217;g&#8217;on, asosan, tosh tashlash yoki tosh to&#8217;kish yo&#8217;li bn quriladi. To&#8217;g&#8217;on ekrani yoki suv o&#8217;tmaydigan Markaziy elementi (diafragmasi) temirbeton, asfalt va polimer va boshqalar materiallardan quriladi. Beton va temirbeton To&#8217;g&#8217;on konstruktsiyasi bo&#8217;yicha gravitatsion, arkasimon va tirgakli (kontrforeli) turlarga bo&#8217;linadi. To&#8217;g&#8217;on xarsang tosh terib yoki beton, toshbetondan quriladi, o&#8217;z massasi bn suv bosimini to&#8217;sib turadi, asosi va ekrani mustahkam, suv o&#8217;tkazmaydigan qilinadi. Arkasimon, ya&#8217;ni yoysimon To&#8217;g&#8217;on (dara kengligi katta bo&#8217;lganda) yuqorigi befi suv bosimi ostida bo&#8217;ladigan qirg&#8217;oqqa yoki maxsustirgaklargabirlashtiriladi. Gravitatsion To&#8217;g&#8217;onlar maxsus tayyorlangan, suv o&#8217;tkazmaydigan mustahkam zaminga quriladi va katta massaga ega bo&#8217;ladi. Tirgakli (kontrfors) T.larning bosim tushadigan tomoni temirbeton plitalar bn to&#8217;siladi. Tirgakning o&#8217;zi mustahkam qoya yoki zaminga o&#8217;rnatiladi. Metall To&#8217;g&#8217;onlar boshdanoyoq metalldan ishlanadi, qimmatligi tufayli qo&#8217;llanish doirasi cheklangan. Zamonaviy To&#8217;g&#8217;onlar, asosan, temirbetondan quriladi. Miradham Fayziyev, Botir Hobilov.<\/p>\n","protected":false},"excerpt":{"rendered":"<p>TO&#8217;G&#8217;ON \u2014 Daryo va soylarga quriladigan gidrotexnika inshooti. Suv sathini ko&#8217;tarish, bosimni oshirish va suv havzalari hosil qilish uchun quriladi. To&#8217;g&#8217;onlar daryo suvini tartibga solishga, elektr energiyasi olishga, suv toshqinlariga &hellip; <a href=\"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/togon\/\" class=\"more-link\">Read More<\/a><\/p>\n","protected":false},"author":1,"featured_media":16402,"comment_status":"open","ping_status":"open","sticky":false,"template":"","format":"standard","meta":{"footnotes":""},"categories":[187],"tags":[],"class_list":["post-28901","post","type-post","status-publish","format-standard","has-post-thumbnail","hentry","category-t-harfi","entry"],"translation":{"provider":"WPGlobus","version":"3.0.2","language":"ru","enabled_languages":["uz","kr","ru"],"languages":{"uz":{"title":true,"content":true,"excerpt":false},"kr":{"title":false,"content":false,"excerpt":false},"ru":{"title":false,"content":false,"excerpt":false}}},"_links":{"self":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/28901","targetHints":{"allow":["GET"]}}],"collection":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/posts"}],"about":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/types\/post"}],"author":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/users\/1"}],"replies":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/comments?post=28901"}],"version-history":[{"count":1,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/28901\/revisions"}],"predecessor-version":[{"id":28902,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/28901\/revisions\/28902"}],"wp:featuredmedia":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/media\/16402"}],"wp:attachment":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/media?parent=28901"}],"wp:term":[{"taxonomy":"category","embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/categories?post=28901"},{"taxonomy":"post_tag","embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/tags?post=28901"}],"curies":[{"name":"wp","href":"https:\/\/api.w.org\/{rel}","templated":true}]}}