{"id":28911,"date":"2022-06-04T13:50:04","date_gmt":"2022-06-04T10:50:04","guid":{"rendered":"https:\/\/milliycha.uz\/?p=28911"},"modified":"2022-06-04T13:50:04","modified_gmt":"2022-06-04T10:50:04","slug":"tajnis","status":"publish","type":"post","link":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/tajnis\/","title":{"rendered":"TAJNIS"},"content":{"rendered":"\n<p>TAJNIS (Arabcha \u2014 o&#8217;xshash, shaklan o&#8217;xshash, hamjins, xamshakl) \u2014 og&#8217;zaki va yozma adabiyotdagi badiiy san&#8217;atlardan. Tajnisda omonimlar nozik so&#8217;z o&#8217;yinlarini ishlatishga imkon beradi. Sharq badiiyot ilmida Tajnisni lafzdoshlik darajasi va imlosiga qarab bir necha turlarga ajratganlar. Agar Tajnis birikma lafzdoshligiga asoslangan bo&#8217;lsa &#171;tajnisi murakkab&#187; (Masalan: yoqildi \u2014 yo qildi, yozaman\u2014yoza men), agar Tajnisning tuzilishi bir xil bo&#8217;lib, yozilishi har xil bo&#8217;lsa &#171;tajnisi lafz&#187; deb atalgan. O&#8217;zbek adabiyotida Tajnisni she&#8217;riy san&#8217;at sifatida ishlatishning 7 turi borligi qayd etilgan. U, ayniqsa, yozma she&#8217;riyatning deyarli barcha janrlarida badiiylikni yuzaga keltirish, so&#8217;z o&#8217;yinlari qosil qilish, so&#8217;z ma&#8217;nolarining xilma-xil tovlanishlarini namoyish qilish maqsadlarida qo&#8217;llangan. Mumtoz she&#8217;riyatda qofiyalarida Tajnisli (omonimli) so&#8217;zlar ishlatilgan nomalar, g&#8217;azallar, qitalar, tuyuqlar, fardlar ko&#8217;p. Shoirlar she&#8217;rda, misra yoki baytda bir-biriga shaklan o&#8217;xshash, jinsdosh so&#8217;zlarni turli ma&#8217;nolarda qo&#8217;llashib, chiroyli Tajnislar yaratganlar. Ayniqsa, Tajnis turkiy xalqlar she&#8217;riyatining o&#8217;ziga xos janrlaridan biri bo&#8217;lgan tuyuqlarda keng qo&#8217;llangan. Bo&#8217;ldi chun umring kunining vaqti tush, Nafsi sargasht otini ko&#8217;p chopma, tush. Hobgoh etgil qanoat manzilin, Yo&#8217;qsa hargiz ko&#8217;rmagingdir rost tush. (Ogahiy). Birinchi misradagi &#171;tush&#187; kunning tush paytini, kishi umrining o&#8217;rtasini; ikkinchisi otdan tush\u2014yoshingni o&#8217;ylab ish qil, insofga kel; uchinchisi uyquda tush ko&#8217;rmoq ma&#8217;nolarida ishlatilgan. Tajnisli qofiyalar tuyuqning janr komponentlaridan biridir. Bobur ijodidan boshlab 2 misrasida Tajnis so&#8217;zlar qofiya bo&#8217;lib keluvchi farqlar ham yaratila boshlagan. Tajnis 15-asr o&#8217;zbek she&#8217;riyatida Yusuf Amiriy, Lutfiy, Navoiy yaratgan tuyuqlarda keng qo&#8217;llanilgan. Uning san&#8217;at sifatidagi namunalari Bobur, Ubaydiy, Munis, Uvaysiy, Komyob, Ogahiy, Amiriy, Rojiy Marg&#8217;iloniy she&#8217;riyatida ham uchraydi. Keyinchalik: Habibiy, Charxiy, G&#8217;afur G&#8217;ulom, Vosit Sa&#8217;dulla va boshqalar. Tajnislarning original turlarini topishib, she&#8217;riyatga kiritdilar. Tajnis xalq og&#8217;zaki ijodida ham badiiylikni yuzaga keltirish omillaridan biri bo&#8217;lib kelgan. Ad.: Rahmonov V., She&#8217;r san&#8217;atlari, Leninobod, 1972; Rustamov A., Navoiyning badiiy mahorati, T., 1979; Orzibekov P., Tuyuq: lirikada kichik janrlar, T., 1976. Rahmonqul Orzibekov.<\/p>\n","protected":false},"excerpt":{"rendered":"<p>TAJNIS (Arabcha \u2014 o&#8217;xshash, shaklan o&#8217;xshash, hamjins, xamshakl) \u2014 og&#8217;zaki va yozma adabiyotdagi badiiy san&#8217;atlardan. Tajnisda omonimlar nozik so&#8217;z o&#8217;yinlarini ishlatishga imkon beradi. Sharq badiiyot ilmida Tajnisni lafzdoshlik darajasi va &hellip; <a href=\"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/tajnis\/\" class=\"more-link\">Read More<\/a><\/p>\n","protected":false},"author":1,"featured_media":16402,"comment_status":"open","ping_status":"open","sticky":false,"template":"","format":"standard","meta":{"footnotes":""},"categories":[187],"tags":[],"class_list":["post-28911","post","type-post","status-publish","format-standard","has-post-thumbnail","hentry","category-t-harfi","entry"],"translation":{"provider":"WPGlobus","version":"3.0.2","language":"ru","enabled_languages":["uz","kr","ru"],"languages":{"uz":{"title":true,"content":true,"excerpt":false},"kr":{"title":false,"content":false,"excerpt":false},"ru":{"title":false,"content":false,"excerpt":false}}},"_links":{"self":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/28911","targetHints":{"allow":["GET"]}}],"collection":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/posts"}],"about":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/types\/post"}],"author":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/users\/1"}],"replies":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/comments?post=28911"}],"version-history":[{"count":1,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/28911\/revisions"}],"predecessor-version":[{"id":28912,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/28911\/revisions\/28912"}],"wp:featuredmedia":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/media\/16402"}],"wp:attachment":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/media?parent=28911"}],"wp:term":[{"taxonomy":"category","embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/categories?post=28911"},{"taxonomy":"post_tag","embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/tags?post=28911"}],"curies":[{"name":"wp","href":"https:\/\/api.w.org\/{rel}","templated":true}]}}