{"id":28961,"date":"2022-06-05T09:03:19","date_gmt":"2022-06-05T06:03:19","guid":{"rendered":"https:\/\/milliycha.uz\/?p=28961"},"modified":"2022-06-05T09:03:21","modified_gmt":"2022-06-05T06:03:21","slug":"tajohuli-orifona","status":"publish","type":"post","link":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/tajohuli-orifona\/","title":{"rendered":"TAJOHULI ORIFONA"},"content":{"rendered":"\n<p>TAJOHULI ORIFONA (Arabcha bi lib turib bilmaslikka olish) \u2014 mumtoz she&#8217;riyatda o&#8217;xshatish usullaridan biri; shoir o&#8217;xshatish manbaini kuchaytirib, bo&#8217;rttirib ko&#8217;rsatish maqsadida o&#8217;sha manbaga (odatda yorga, mahbubaga) nisbatan bir yoki bir necha o&#8217;xshatish qo&#8217;llaydi, lekin go&#8217;yo o&#8217;zini nodon kishilarcha tutib, o&#8217;zini bilmaslikka solib, ushbu o&#8217;xshatishlarining to&#8217;g&#8217;ri-noto&#8217;g&#8217;riligi haqida boshqalardan so&#8217;raydi. Aslida esa shoirning o&#8217;zini bilib bilmaslikka solishi shartli bo&#8217;lib, uning o&#8217;xshatishlarida kamchilik, xatolik yo&#8217;q; uning asl maqsadi yor qiyofasini mubolag&#8217;ali tavsifu o&#8217;xshatishlar asosida kishi ko&#8217;z o&#8217;ngida aniq gavdalantirishdan iboratdir. Masalan, Lutfiyning Malak yo hur, bilmom, yo parisan? Bu raftor ila yo kabki dariysan? baytida shoir ma&#8217;shuqa siymosini malak, hur, parilarga, uning yurishini esa kabki dariy (kaklik turi) yurishiga o&#8217;xshatadiyu, o&#8217;zini bilmaslikka solib, ayni qaysi o&#8217;xshatish to&#8217;g&#8217;riligini bilmaganday, bu haqda so&#8217;rab ko&#8217;radi. To&#8217;g&#8217;ridanto&#8217;g&#8217;ri o&#8217;xshatishga nisbatan bu xil yashirin o&#8217;xshatish, qiyoslash baytning ta&#8217;sirchanligini oshiradi, o&#8217;quvchiga zavq bag&#8217;ishlaydi. Tajohuli orifona san&#8217;ati ko&#8217;pincha g&#8217;azalning matlasidan maqtasigacha davom ettiriladi, ya&#8217;ni barcha baytlar shu san&#8217;at asosida yoziladi. Masalan, Atoiyning Mengiz yo ravzai rizvonmidur bu? Og&#8217;iz yo g&#8217;unchai xandonmidur bu? bayti bilan boshlanadigan g&#8217;azali oxirigacha shu san&#8217;atga asoslanib yaratilgan. Tajohuli orifona san&#8217;ati mumtoz she&#8217;riyatimizda keng qo&#8217;llangan bo&#8217;lib, undan deyarli barcha shoirlar foydalanganlar. Ad.: Hojiahmedov A., Mumtoz badiiyat malohati, T., 1999.<\/p>\n","protected":false},"excerpt":{"rendered":"<p>TAJOHULI ORIFONA (Arabcha bi lib turib bilmaslikka olish) \u2014 mumtoz she&#8217;riyatda o&#8217;xshatish usullaridan biri; shoir o&#8217;xshatish manbaini kuchaytirib, bo&#8217;rttirib ko&#8217;rsatish maqsadida o&#8217;sha manbaga (odatda yorga, mahbubaga) nisbatan bir yoki bir &hellip; <a href=\"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/tajohuli-orifona\/\" class=\"more-link\">Read More<\/a><\/p>\n","protected":false},"author":1,"featured_media":16402,"comment_status":"open","ping_status":"open","sticky":false,"template":"","format":"standard","meta":{"footnotes":""},"categories":[187],"tags":[],"class_list":["post-28961","post","type-post","status-publish","format-standard","has-post-thumbnail","hentry","category-t-harfi","entry"],"translation":{"provider":"WPGlobus","version":"3.0.2","language":"ru","enabled_languages":["uz","kr","ru"],"languages":{"uz":{"title":true,"content":true,"excerpt":false},"kr":{"title":false,"content":false,"excerpt":false},"ru":{"title":false,"content":false,"excerpt":false}}},"_links":{"self":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/28961","targetHints":{"allow":["GET"]}}],"collection":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/posts"}],"about":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/types\/post"}],"author":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/users\/1"}],"replies":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/comments?post=28961"}],"version-history":[{"count":1,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/28961\/revisions"}],"predecessor-version":[{"id":28962,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/28961\/revisions\/28962"}],"wp:featuredmedia":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/media\/16402"}],"wp:attachment":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/media?parent=28961"}],"wp:term":[{"taxonomy":"category","embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/categories?post=28961"},{"taxonomy":"post_tag","embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/tags?post=28961"}],"curies":[{"name":"wp","href":"https:\/\/api.w.org\/{rel}","templated":true}]}}