{"id":29050,"date":"2022-06-05T14:22:21","date_gmt":"2022-06-05T11:22:21","guid":{"rendered":"https:\/\/milliycha.uz\/?p=29050"},"modified":"2022-06-05T14:22:22","modified_gmt":"2022-06-05T11:22:22","slug":"tay-tillari","status":"publish","type":"post","link":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/tay-tillari\/","title":{"rendered":"TAY TILLARI"},"content":{"rendered":"\n<p>TAY TILLARI \u2014 qarindosh tillar oilasi; Hindixitoy yarim orolida (Tailand, Laos, Vetnam, birma) va Janubiy Xitoy hamda shimoliy Sharqiy Hindistonning unga tutash hududlarida tarqalgan va ularda 80 millionga yaqin kishi so&#8217;zlashadi. Tay tillarining genealogik qarindoshligi xususida 2 xil faraziya mavjud bo&#8217;lib, ularning birinchisiga ko&#8217;ra ushbu tillar xitoytibet timarita, ikkinchisiga ko&#8217;ra esa avstronez tillari oilasiga mansub. Lekin har ikkala faraziya ham hozirgacha to&#8217;liq tan olinmaganligidan Tay tillarining o&#8217;zini alohida oila deb hisoblash mumkin. Tay tillari asosan quyidagi guruhlardan iborat: 1) haqiqiy Tay tillari; bularning o&#8217;zi 3 guruhga bo&#8217;linadi: Janubiy g&#8217;arbiy [tay (siyom), Laos, tan, khamti axom, yuan, kxin va boshqalar]; Markaziy [tay (txo), nung, Chjuan (Jan. lahjalari)]; shim. [Chjuan (shim. lahjalari), bui]; 2) dunshuy tillari (dun, shuy, MAK, txen); 3) sek; 4) lakkya; 5) be; 6) li tillari; 7) lakua; 8) laki; 9) Gelao tillari. Barcha Tay tillari tipologik jihatdan o&#8217;zaro yaqin hamda amorf tillart mansubdir. Ko&#8217;pchilik tay yozuvlari hind yozuvidan kelib chiqqan (ular muayyan shakliy xususiyatlariga ko&#8217;ra kxmer yozuvi guruhi, birma yozuvi guruhi deb ajratiladi). Xitoy va Vetnamdagi ba&#8217;zi Tay tillari (Chjuan, dun, li; tay, nung) uchun 20-asrning 2-yarmida lotin grafikasi asosida yozuvlar yaratilgan. Ushbu tillar oilasida ahamiyati va tarqalishiga ko&#8217;ra haqiqiy tay tili 1-o&#8217;rinda turadi. Bu til ba&#8217;zi adabiyotlarda kxon tay yoki siyom tili deb ataladi, asosan Tailandda tarqalgan. Unda 40 millionga yaqin kishi so&#8217;zlashadi. Ijtimoiy hayotning barcha sohalarida qo&#8217;llanadi. Tailand Qirolligining rasmiy tili, shu bilan birga, shu mamlakatdagi xitoylik, vetnamlik, malayyaliklar va b. uchun millatlararo muomala tili xisoblanadi. 4 ta asosiy laxjasi bor: Markaziy, Janub, shimol va shimoliy Sharqiy. Ular fonetik, qisman leksik jihatdan o&#8217;zaro farqlanadi. Adabiy til Bangkok aholisi so&#8217;zlashadigan Markaziy lahjaga asoslangan. Tipologik jihatdan boshqa barcha Tay tillari singari amorf til hisoblanadi. Fonetik tizimi 20 undosh va cho&#8217;ziqlik-qisqalik jihatdan qarama-qarshi qo&#8217;yiladigan 24 unli (6 tasi diftong) fonemadan iborat. Bo&#8217;g&#8217;inlar ma&#8217;lum ohang (ton)larda talaffuz etiladi. Ma&#8217;no farqlovchi 5 ta ohang mavjud. So&#8217;z yasalishi asosan so&#8217;z qo&#8217;shishdan iborat. Morfologiyasi analitik xususiyatga ega. Adabiy til xalq so&#8217;zlashuv tili asosida hozirgi Tailandning shimol qismida 13\u2014 14-asrlarda shakllana boshlagan. Janubiy hind yozuvidan kelib chiqqan qadimgi kxmer yozuvi tay yozuviga (1283 yil) asos bo&#8217;lgan.<\/p>\n","protected":false},"excerpt":{"rendered":"<p>TAY TILLARI \u2014 qarindosh tillar oilasi; Hindixitoy yarim orolida (Tailand, Laos, Vetnam, birma) va Janubiy Xitoy hamda shimoliy Sharqiy Hindistonning unga tutash hududlarida tarqalgan va ularda 80 millionga yaqin kishi &hellip; <a href=\"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/tay-tillari\/\" class=\"more-link\">Read More<\/a><\/p>\n","protected":false},"author":1,"featured_media":16402,"comment_status":"open","ping_status":"open","sticky":false,"template":"","format":"standard","meta":{"footnotes":""},"categories":[187],"tags":[],"class_list":["post-29050","post","type-post","status-publish","format-standard","has-post-thumbnail","hentry","category-t-harfi","entry"],"translation":{"provider":"WPGlobus","version":"3.0.2","language":"ru","enabled_languages":["uz","kr","ru"],"languages":{"uz":{"title":true,"content":true,"excerpt":false},"kr":{"title":false,"content":false,"excerpt":false},"ru":{"title":false,"content":false,"excerpt":false}}},"_links":{"self":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/29050","targetHints":{"allow":["GET"]}}],"collection":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/posts"}],"about":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/types\/post"}],"author":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/users\/1"}],"replies":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/comments?post=29050"}],"version-history":[{"count":1,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/29050\/revisions"}],"predecessor-version":[{"id":29052,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/29050\/revisions\/29052"}],"wp:featuredmedia":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/media\/16402"}],"wp:attachment":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/media?parent=29050"}],"wp:term":[{"taxonomy":"category","embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/categories?post=29050"},{"taxonomy":"post_tag","embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/tags?post=29050"}],"curies":[{"name":"wp","href":"https:\/\/api.w.org\/{rel}","templated":true}]}}