{"id":29105,"date":"2022-06-05T18:29:45","date_gmt":"2022-06-05T15:29:45","guid":{"rendered":"https:\/\/milliycha.uz\/?p=29105"},"modified":"2022-06-05T18:29:46","modified_gmt":"2022-06-05T15:29:46","slug":"eski-angor","status":"publish","type":"post","link":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/eski-angor\/","title":{"rendered":"ESKI ANGOR"},"content":{"rendered":"\n<p>ESKI ANGOR, eski Anhor Samarqand va Qashqadaryo viloyatlarida qurilgan magistral kanal. Darg&#8217;om kanalitn suv oladi. qadimiy kanal, miloddan avvalgi 1-asrda qazilgan va Manas nomi bilan yuritilgan. Dastlabki uzunligi 300 kilometrdan ortiq bo&#8217;lgan. 6-8, 8-13-asrlarda, mo&#8217;g&#8217;ullar istilosi davrida vayron qilingan. Temuriylar davrida tiklangan. So&#8217;ntti 4-asr davomida qarovsiz qolgan. 1954 yilda uni rekonstruktsiya qilish boshlanib, 1955 yilda ishga tushirildi. Kanal trassasi Janub G&#8217;arb yo&#8217;nalishida cho&#8217;l yerlardan o&#8217;tadi. Umumiy uzunligi 184 kilometr, bosh qismida suv sarfi 45\u2014 48 metr kub\/sekund., bosh va oxirgi qismlaridagi balandlik farqi 300 metr. Kanal kam suvli Qashqadaryo havzasini iyul\u2014avgust oylarida Zarafshon daryosining suvi bilan to&#8217;yintiradi. Qashqadaryoga Qarshi shahridan yuqoriroqda quyiladi. Kanalga yiliga 550 million metr kubgacha suv olinadi va uning 220-280 million metr kub Qashqadaryoga tashlanadi. 1974 yil 56 kilometrda uning davomi sifatida Sharq yo&#8217;nalishida Moskva (hozirgi Mustaqillik) kanali qurildi. Eski Angordan sug&#8217;oriladigan Koson tumani etagidagi ekinzorlar pistoli kanalidan mashina yordamida suv olinib, sug&#8217;orila boshlandi. Mustaqillik kanalining trassasi Zarafshon tog&#8217;tizmasi etaklarini aylanib, 57 soyni dyuker va akveduklar yordamida kesib o&#8217;tadi. Trassa ko&#8217;tarma (20 m gacha) va qazma (46 metrgacha) o&#8217;zandan iborat. Kanal o&#8217;zani to&#8217;liq beton to&#8217;shama bilan qoplangan. Uning suv o&#8217;tkazish imkoniyati 60 metr kub\/sekund. Kanal 76 kilometrda Chiroqchi shahridan yuqoriroqda Qashqadaryoga suv tashlaydi. Kanalning qurilishi Chiroqchi tumanida 15 ming, Shahrisabz va Yakkabog&#8217; tumanlar etaklaridagi bir necha ming gektar ekinzorlarning suv ta&#8217;minotini yaxshiladi. Ziyomiddin Artukmetov.<\/p>\n","protected":false},"excerpt":{"rendered":"<p>ESKI ANGOR, eski Anhor Samarqand va Qashqadaryo viloyatlarida qurilgan magistral kanal. Darg&#8217;om kanalitn suv oladi. qadimiy kanal, miloddan avvalgi 1-asrda qazilgan va Manas nomi bilan yuritilgan. Dastlabki uzunligi 300 kilometrdan &hellip; <a href=\"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/eski-angor\/\" class=\"more-link\">Read More<\/a><\/p>\n","protected":false},"author":1,"featured_media":16402,"comment_status":"open","ping_status":"open","sticky":false,"template":"","format":"standard","meta":{"footnotes":""},"categories":[189],"tags":[],"class_list":["post-29105","post","type-post","status-publish","format-standard","has-post-thumbnail","hentry","category-e-harfi","entry"],"translation":{"provider":"WPGlobus","version":"3.0.0","language":"ru","enabled_languages":["uz","kr","ru"],"languages":{"uz":{"title":true,"content":true,"excerpt":false},"kr":{"title":false,"content":false,"excerpt":false},"ru":{"title":false,"content":false,"excerpt":false}}},"_links":{"self":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/29105","targetHints":{"allow":["GET"]}}],"collection":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/posts"}],"about":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/types\/post"}],"author":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/users\/1"}],"replies":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/comments?post=29105"}],"version-history":[{"count":1,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/29105\/revisions"}],"predecessor-version":[{"id":29107,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/29105\/revisions\/29107"}],"wp:featuredmedia":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/media\/16402"}],"wp:attachment":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/media?parent=29105"}],"wp:term":[{"taxonomy":"category","embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/categories?post=29105"},{"taxonomy":"post_tag","embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/tags?post=29105"}],"curies":[{"name":"wp","href":"https:\/\/api.w.org\/{rel}","templated":true}]}}