{"id":29149,"date":"2022-06-06T08:09:46","date_gmt":"2022-06-06T05:09:46","guid":{"rendered":"https:\/\/milliycha.uz\/?p=29149"},"modified":"2022-06-06T08:09:47","modified_gmt":"2022-06-06T05:09:47","slug":"eol-relef-shakllari","status":"publish","type":"post","link":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/eol-relef-shakllari\/","title":{"rendered":"EOL RELEF SHAKLLARI"},"content":{"rendered":"\n<p>EOL RELEF SHAKLLARI shamol ta&#8217;sirida yuzaga keluvchi relef shakllari, asosan, arid iqlimli zonalar (cho&#8217;l va chala cho&#8217;llar)da kuzatiladi. Dengiz, ko&#8217;l va daryolarning bo&#8217;sh va substrat jinslarini siyrak o&#8217;simlik qoplami shamol ta&#8217;siridan himoya qila olmaydigan sohillarida ham uchraydi. Nuragan tog&#8217; jinslarining shamol ta&#8217;sirida ko&#8217;chirilishi va boshqalar joyga to&#8217;planishi natijasida yuzaga keluvchi akkumulyativ va akkumulyativ-deflyasiya shakllari ayniqsa keng tarqalgan. Ular nafaqat shamol, balki shamol uchirib keltiradigan mayda jinslarning urilishi, ya&#8217;ni qumli shamollar ta&#8217;sirida ham vujudga keladi. Eol relef shakllarining o&#8217;lchami va shakllari shamol rejimi (kuchi, tezligi, yo&#8217;nalishi, shamol oqimi strukturasi)ga, relef, o&#8217;simlik qoplami, namlik va boshqalar omillarga bog&#8217;liq. Qumli joylardagi Eol relef shakllari shamolning mavsumiy yo&#8217;nalishiga muvofiq tarzda ko&#8217;chib yuradi. Eol relef shakllari mo&#8217;tadil mintaqa cho&#8217;llarida o&#8217;simlik qoplami nisbatan zichroq bo&#8217;lganligi uchun unchalik katta bo&#8217;lmaydi va sekin-astalik bilan rivojlanadi. Shamollar rejimi va bo&#8217;sh jinslarning jipsliligi, asosan, zonal geografik omillarga bog&#8217;liq, shu sababli Eol relef shakllari ham umuman zonal joylashadi. Rus geograf olimi B.A.Fedorovich tasnifiga ko&#8217;ra, yengil harakat qiluvchi qumli relef shakllari, asosan, tropiklarning arid cho&#8217;llariga (Sahroi Kabir, Arabiston yarim oroli, Eron va Afgonistondagi cho&#8217;llar). sust harakatlanuvchi relef shakllari tropik mintaqalardan boshqa siyrak chakalakzorli cho&#8217;llarga (O&#8217;rta Osiyo va Qozog&#8217;iston, Jung&#8217;ariya, Mongoliya va Avstraliya cho&#8217;llari); dyunalar cho&#8217;l bo&#8217;lmagan hududlarga (Yevropa, G&#8217;arbiy Sibir, shimoliy Amerika) xos. Eol relef shakllarining morfologiyasi, kelib chiqishi, harakatlarini har taraflama o&#8217;rganish cho&#8217;llarni o&#8217;zlashtirishda muhim ahamiyatga ega.<\/p>\n","protected":false},"excerpt":{"rendered":"<p>EOL RELEF SHAKLLARI shamol ta&#8217;sirida yuzaga keluvchi relef shakllari, asosan, arid iqlimli zonalar (cho&#8217;l va chala cho&#8217;llar)da kuzatiladi. Dengiz, ko&#8217;l va daryolarning bo&#8217;sh va substrat jinslarini siyrak o&#8217;simlik qoplami shamol &hellip; <a href=\"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/eol-relef-shakllari\/\" class=\"more-link\">Read More<\/a><\/p>\n","protected":false},"author":1,"featured_media":16402,"comment_status":"open","ping_status":"open","sticky":false,"template":"","format":"standard","meta":{"footnotes":""},"categories":[189],"tags":[],"class_list":["post-29149","post","type-post","status-publish","format-standard","has-post-thumbnail","hentry","category-e-harfi","entry"],"translation":{"provider":"WPGlobus","version":"3.0.2","language":"ru","enabled_languages":["uz","kr","ru"],"languages":{"uz":{"title":true,"content":true,"excerpt":false},"kr":{"title":false,"content":false,"excerpt":false},"ru":{"title":false,"content":false,"excerpt":false}}},"_links":{"self":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/29149","targetHints":{"allow":["GET"]}}],"collection":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/posts"}],"about":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/types\/post"}],"author":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/users\/1"}],"replies":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/comments?post=29149"}],"version-history":[{"count":1,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/29149\/revisions"}],"predecessor-version":[{"id":29151,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/29149\/revisions\/29151"}],"wp:featuredmedia":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/media\/16402"}],"wp:attachment":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/media?parent=29149"}],"wp:term":[{"taxonomy":"category","embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/categories?post=29149"},{"taxonomy":"post_tag","embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/tags?post=29149"}],"curies":[{"name":"wp","href":"https:\/\/api.w.org\/{rel}","templated":true}]}}