{"id":29217,"date":"2022-06-07T09:47:14","date_gmt":"2022-06-07T06:47:14","guid":{"rendered":"https:\/\/milliycha.uz\/?p=29217"},"modified":"2022-06-07T09:47:15","modified_gmt":"2022-06-07T06:47:15","slug":"epizootologiya","status":"publish","type":"post","link":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/epizootologiya\/","title":{"rendered":"EPIZOOTOLOGIYA"},"content":{"rendered":"\n<p>EPIZOOTOLOGIYA (epizootiya va &#8230; logiya) \u2014 chorva mollari, parrandalar va qushlar yuqumli kasalliklarining paydo bo&#8217;lishi, tarqalishi va ularni tugatish qonuniyatlarini o&#8217;rganadigan fan; epizootiyaning oldini olish va unga qarshi kurashning ilmiy asoslangan chora-tadbirlarini ishlab chiqish bilan ham shug&#8217;ullanadi. Umumiy va xususiy Epizootologiyaga bo&#8217;linadi. Umumiy Epizootologiya epizootiyalar paydo bo&#8217;lishining sabablarini, ular rivojlanishi va so&#8217;nishining umumiy qonuniyatlarini hamda epizootiyaning oldini olish va batamom yo&#8217;qotish umumiy chora-tadbirlarini o&#8217;rganadi. Xususiy Epizootologiya ayrim yuqumli kasallikning xususiyatlarini o&#8217;rganadi va unga qarshi kurash tadbirlarini ishlab chiqadi. Hozirgi davrda Epizootologiyaning asosiy muammolari qator yuqumli kasalliklarning davriylik sababi, oksil kasalligi, kuturish, kuydirgi, sil, brusellyoz va boshqalar o&#8217;ta xavfli kasalliklarga qarshi kurash tadbirlarini nazariy asoslash, yuqumli kasalliklar evolyutsiyasi bo&#8217;yicha tadqiqotlar olib borish, mikrob tashuvchanlikni, shartli patogen mikroorganizmlar tomonidan chaqiriladigan yuqumli kasalliklarda epizootik jarayonni o&#8217;rganish, epizootic jarayonning tabiiy hamda ijtimoiy-iqtisodiy omillarini tadqiq qilish, epizootologik tadqiqotining yagona standart usullarini ishlab chiqish va boshqalar 16-17-asrlarda yuqumli kasalliklarning qo&#8217;zg&#8217;atuvchilari ma&#8217;lum bo&#8217;lmasada, ularning yuqumliligi va har bir kasallik paydo bo&#8217;lishining o&#8217;ziga xos sababi borligi aniqlangan. 1861 yil frantsuz olimi L. Paster ba&#8217;zi yuqumli kasalliklarning qo&#8217;zg&#8217;atuvchilarini kashf etgach, Epizootologiya ilmiy asosda rivojlana boshladi. O&#8217;zbekistonda Epizootologiyaning rivojlanishi 1924 yilda akademik K.I.Skryabin nomidagi O&#8217;zbekiston veterinariya ilmiy tadqiqot instituti tashkil etilishi bilan bog&#8217;liq. O&#8217;sha yillarda in-t olimlari kuydirgi, otlarning manqa, qoramollarning o&#8217;lat va plevropnevmoniyasi, qo&#8217;ylarning chechak va boshqalar yuqumli kasalliklarini tugatishda faol ishtirok etdilar. Dastlabki 10 yillikda institut O&#8217;rta Osiyo chorvachiligi uchun 10 dan ziyod biologik preparatlar ishlab chiqardi. 1934 yil institutda Epizootologiya bo&#8217;limi tashkil etildi, 1937 yilda professor G.Obolduev rahbarligida birinchi bo&#8217;lib O&#8217;zbekiston tumanlarining yuqumli kasalliklar bo&#8217;yicha epizotik holati to&#8217;liq o&#8217;rganildi va yuqumli kasalliklar tarqalishining epizootik xaritasi tuzildi. Epizootologiya erishgan yutuqlar tufayli respublikada chorva mollarining Sibir yarasi, o&#8217;lat, kontagioz plevropnevmoniya va hokazolar yukumli kasalliklari bartaraf etildi, ayrim kasalliklarning tarqalishi cheklandi. Ad.: Parmonov M., Saidqulov B., Parmonov J., Epizootologiya, T., 1996. Hoshim Nurmamatov.<\/p>\n","protected":false},"excerpt":{"rendered":"<p>EPIZOOTOLOGIYA (epizootiya va &#8230; logiya) \u2014 chorva mollari, parrandalar va qushlar yuqumli kasalliklarining paydo bo&#8217;lishi, tarqalishi va ularni tugatish qonuniyatlarini o&#8217;rganadigan fan; epizootiyaning oldini olish va unga qarshi kurashning ilmiy &hellip; <a href=\"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/epizootologiya\/\" class=\"more-link\">Read More<\/a><\/p>\n","protected":false},"author":1,"featured_media":16402,"comment_status":"open","ping_status":"open","sticky":false,"template":"","format":"standard","meta":{"footnotes":""},"categories":[189],"tags":[],"class_list":["post-29217","post","type-post","status-publish","format-standard","has-post-thumbnail","hentry","category-e-harfi","entry"],"translation":{"provider":"WPGlobus","version":"3.0.2","language":"ru","enabled_languages":["uz","kr","ru"],"languages":{"uz":{"title":true,"content":true,"excerpt":false},"kr":{"title":false,"content":false,"excerpt":false},"ru":{"title":false,"content":false,"excerpt":false}}},"_links":{"self":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/29217","targetHints":{"allow":["GET"]}}],"collection":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/posts"}],"about":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/types\/post"}],"author":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/users\/1"}],"replies":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/comments?post=29217"}],"version-history":[{"count":1,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/29217\/revisions"}],"predecessor-version":[{"id":29218,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/29217\/revisions\/29218"}],"wp:featuredmedia":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/media\/16402"}],"wp:attachment":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/media?parent=29217"}],"wp:term":[{"taxonomy":"category","embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/categories?post=29217"},{"taxonomy":"post_tag","embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/tags?post=29217"}],"curies":[{"name":"wp","href":"https:\/\/api.w.org\/{rel}","templated":true}]}}