{"id":29223,"date":"2022-06-07T17:03:15","date_gmt":"2022-06-07T14:03:15","guid":{"rendered":"https:\/\/milliycha.uz\/?p=29223"},"modified":"2022-06-07T17:03:16","modified_gmt":"2022-06-07T14:03:16","slug":"epopeya","status":"publish","type":"post","link":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/epopeya\/","title":{"rendered":"EPOPEYA"},"content":{"rendered":"\n<p>EPOPEYA (epos va Yunoncha \u2014 yarataman, ijod qilaman) \u2014 umumxalq muammosi tasvir etilgan yirik hajmli epik asar. Qadimgi (yoki qahramonlik) Epopeya hamda yangi zamon Epopeyasi kabi bosqichlarga bo&#8217;linadi. Badiiy so&#8217;z taraqqiyotining ilk bosqichida Epopeya xalq qahramonlik eposining ko&#8217;rinishlaridan biri hisoblangan. Epopeyaning xalq og&#8217;zaki ijodi negizida yuzaga kelgan mumtoz namunalari sirasiga yunonlarning &#171;Iliada&#187; va &#171;Odisseya&#187;, hindlarning &#171;Mahabharata&#187; va &#171;Ramayana&#187;, frantsuzlarning &#171;Roland haqida qo&#8217;shiq&#187;, nemislarning &#171;Nibelunglar haqida qo&#8217;shiq&#187;, o&#8217;zbeklarning &#171;Go&#8217;ro&#8217;g&#8217;li&#187;, &#171;Alpomish&#187; va boshqalar asarlari kiradi. Bu xil Epopeyalar mazmuni murakkab va ko&#8217;p qirrali bo&#8217;lib, unda muayyan xalqning shakllanish davridagi turmushi, buyuk qahramonliklar, xalq taqdirida ro&#8217;y bergan keskin o&#8217;zgarishlar aks etadi. Epopeya qahramonlari qiyofasida u yoki bu xalqning orzu-intilishlari, qudrati va ulug&#8217;vorligi o&#8217;z ifodasini topadi. Badiiy fantaziya darajasiga ko&#8217;tarilgan obrazlilik, tasvirlanayotgan hodisalarning favqulodda mo&#187;jizaviyligi, bayonning batafsilligi, syujet qamrovining keng va ko&#8217;lamdorligi, badiiy tasvir vositalarining yorqin hamda ta&#8217;sirchanligi qadimiy Epopeyaga xos badiiy-estetik belgilardir. Keyinchalik yozma adabiyotning ayrim vakillari Epopeyaga xos miqiyos va ko&#8217;lamdorlikni o&#8217;zlarining individual ijodlariga ko&#8217;chirishga urinib, hajman yirik, mazmunan xalq hayotidagi muhim hodisalarni aks ettiruvchi asarlar yaratishga tutindilar (Vergiliy, &#171;Eneida&#187;; T. Tasso, &#171;Ozod qilingan Quddus&#187;; Volter, &#171;Genriada&#187; va boshqalar). Uyg&#8217;onish davriga kelib, Yevropada ijtimoiy munosabatlarning keskin o&#8217;zgarishi yangi davrning tabiati va ehtiyojlariga mos keladigan Epopeya yaratilishini talab etdi. Natijada Dante, Rable, Servantes va boshqalar buyuk ijodkorlar tomonidan E.ning qadimiy ko&#8217;rinishlaridan ham shaklan, ham mazmunan farq qiladigan va yangi zamon talablariga javob bera oladigan yorqin namunalari yaratildi (&#171;ilohiy komediya&#187;, &#171;Gargantyua&#187; va Pantagryuel&#187;, &#171;don Kixot&#187; va boshqalar). Forsiy va turkey adabiyotlardagi &#171;Xamsa&#187; asarlari ham jamiyat oldida turgan o&#8217;ta dolzarb hayotiy muammolarning monumental yo&#8217;sinda aks ettirilishi jihatidan Epopeya talablariga javob bera oladi. Evropa adabiyotida ma&#8217;rifatchilik davrida realistik romanning shakllanishi Epopeyaning yangi tipini vujudga keltiradi. Olamni realistik tarzda ifoda etgan Epopeyalar yuzaga keldi (G.Fildingning &#171;topib olingan Tom Jons tarixi&#187;, Balzakning &#171;inson komediyasi&#187;, L. Tolstoyning &#171;Urush va tinchlik&#187;, F.Dostoevskiyning &#171;Aka-uka Karamazovlar&#187; singari Roman Epopeyalari). Mazkur Romane.larning asosiy xususiyati ularda xalklar taqtsirining, muayyan tarixiy jarayonning, umumxalq, umumjahon ahamiyatiga molik muammolarning keng va atroflicha aks ettirilganligida ko&#8217;rinadi. 20-asr adabiyotida Roman Epopeyaning yaxshi namunalari yaratildi. O&#8217;zining janr mohiyatiga ko&#8217;ra, Epopeya xarakteridagi qator monumental asarlar yuzaga keldi (M.Sholoxovning &#171;Tinch Don&#187;, A.Tolstoyning &#171;Sarsonliksargardonlikda&#187;, U.Folknerning &#171;Qo&#8217;rg&#8217;oncha&#187; va boshqalar). Bu Epopeyalarda jamiyat tarixiy taraqqiyotining muayyan jarayonlari hamda o&#8217;sha muhitga xos qahramonlar xarakterining shakllanish yo&#8217;llari butun murakkabligi bilan teran aks ettirilgan. Qozoqboy Yo&#8217;ldoshev, Islom Yoqubov.<\/p>\n","protected":false},"excerpt":{"rendered":"<p>EPOPEYA (epos va Yunoncha \u2014 yarataman, ijod qilaman) \u2014 umumxalq muammosi tasvir etilgan yirik hajmli epik asar. Qadimgi (yoki qahramonlik) Epopeya hamda yangi zamon Epopeyasi kabi bosqichlarga bo&#8217;linadi. Badiiy so&#8217;z &hellip; <a href=\"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/epopeya\/\" class=\"more-link\">Read More<\/a><\/p>\n","protected":false},"author":1,"featured_media":16402,"comment_status":"open","ping_status":"open","sticky":false,"template":"","format":"standard","meta":{"footnotes":""},"categories":[189],"tags":[],"class_list":["post-29223","post","type-post","status-publish","format-standard","has-post-thumbnail","hentry","category-e-harfi","entry"],"translation":{"provider":"WPGlobus","version":"3.0.2","language":"ru","enabled_languages":["uz","kr","ru"],"languages":{"uz":{"title":true,"content":true,"excerpt":false},"kr":{"title":false,"content":false,"excerpt":false},"ru":{"title":false,"content":false,"excerpt":false}}},"_links":{"self":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/29223","targetHints":{"allow":["GET"]}}],"collection":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/posts"}],"about":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/types\/post"}],"author":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/users\/1"}],"replies":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/comments?post=29223"}],"version-history":[{"count":1,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/29223\/revisions"}],"predecessor-version":[{"id":29227,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/29223\/revisions\/29227"}],"wp:featuredmedia":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/media\/16402"}],"wp:attachment":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/media?parent=29223"}],"wp:term":[{"taxonomy":"category","embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/categories?post=29223"},{"taxonomy":"post_tag","embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/tags?post=29223"}],"curies":[{"name":"wp","href":"https:\/\/api.w.org\/{rel}","templated":true}]}}