{"id":29238,"date":"2022-06-07T17:26:32","date_gmt":"2022-06-07T14:26:32","guid":{"rendered":"https:\/\/milliycha.uz\/?p=29238"},"modified":"2022-06-07T17:26:35","modified_gmt":"2022-06-07T14:26:35","slug":"ergash-jumanbulbul-ogli","status":"publish","type":"post","link":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/ergash-jumanbulbul-ogli\/","title":{"rendered":"ERGASH JUMANBULBUL O&#8217;G&#8217;LI"},"content":{"rendered":"\n<p>ERGASH JUMANBULBUL O&#8217;G&#8217;LI (1868, hozirgi Samarqand viloyati Qo&#8217;shrabot tumani qo&#8217;rg&#8217;on qishlog&#8217;i \u2014 1937.12.5, Qo&#8217;shtamg&#8217;ali qishlog&#8217;i) \u2014 o&#8217;zbek xalq shoiri, dostonchi. Dehqondostonchi oilasida tug&#8217;ilgan. Uning yetti ota bobosigacha, shuningdek, amaki va momolari dostonchishoir o&#8217;tgan (Yodgor, Lafas, Mulla tosh, Mulla Xolmurod, Jumanbulbul, Tilla kampir, Sulton kampir, Jossoq, yorlaqab va boshqalar 17-19-asrlarning taniqli dostonchilari bo&#8217;lganlar). Ergash Jumanbulbul o&#8217;g\u2019lining ulkan shoir-dostonchi bo&#8217;lib yetishuvida oilasi va qishlog&#8217;idagi boy adabiy muhit katta rol o&#8217;ynagan. Dostonchilik ta&#8217;limini otasi Jumanbulbuldan olgan. Asli savodsiz bo&#8217;lgan Jumanbulbul o&#8217;z o&#8217;g&#8217;li Ergashning o&#8217;qish-o&#8217;rganishi, bilim olishiga katta e&#8217;tibor bergan. 1884-86 yillarda Buxoro madrasalaridan birida o&#8217;qib, fors tilini o&#8217;rgangan, Arab tili bilan tanishgan, husnixat mashq qilgan. Navoiy, Fuzuliy, Hofiz, Bedil, Mashrab, Mahtumquli asarlarini mutolaa etgan. Biroq moddiy qiyinchilik va otasining vafoti (1886) tufayli o&#8217;qishni davom ettira olmagan. Qishlog&#8217;iga qaytib, mustaqil o&#8217;qish, dostonchilikda mahoratini oshirish bilan shug&#8217;ullangan, ma&#8217;lum muddat maktab ustozi va qaynotasi O&#8217;tamurod xatibning yordami bilan dehqonlardan kafsan yig&#8217;uvchi bo&#8217;lgan. 1887-89 yillarda Ergash Jumanbulbul o&#8217;g\u2019li Buxoro amirligiga qarashli Nurota bekligining amlokdorlaridan biri Qo&#8217;zibekka Mirza (kotib) bo&#8217;lib ishlagan. O&#8217;lkada boshlangan qahatchilik, chigirtka va vabo tarqalishi natijasida shoirning yaxshigina dostonchi bo&#8217;lib etishayotgan ukalari Abduxalil va Abdujalillar, singillari va farzandlari birinketin vafot etadi. Bunday g&#8217;amalam, tashvishda qolgan shoir kuylashni ham tashlab, taxminan 1904-05 yillardan darbadarlikda hayot kechirgan. 1912-22 yillarda Bulung&#8217;ur, G&#8217;allaorol, Urgut tumanlari, Jizzax va Panjakent atrofidagi qishloqlarda tabiblik, qissaxonlik, she&#8217;rxonlik qilib yurgan, ba&#8217;zan dostonlar kuylagan. 1923 yilda qishlog&#8217;iga qaytgan. 1924 yil Qorakisa qishlog&#8217;ida bir xonali maktab ochgan. Ergash Jumanbulbul o&#8217;g\u2019li 1925 yil Samarqandga kelgan. 1926-28 yillarda Bulung&#8217;ur tumani Qirqshodi qishlog&#8217;ida Po&#8217;lkan shoir, Fozil Yo&#8217;ldosh o&#8217;g&#8217;li bilan birgalikda yod bilgan dostonlarini yozdirish va o&#8217;zi yozib qoddirish bilan shug&#8217;ullangan. 1929\u2014 36 yillarda Ergash Jumanbulbul o&#8217;g\u2019li o&#8217;z qishlog&#8217;ida, asosan, dehqonchilik ishlari bilan mashg&#8217;ul bo&#8217;lgan, dostonchilikda shogirdlar etishtirishni davom ettirgan. 1936 yilda Toshkentga kelib, 1937 yil aprelgacha folklorshunos H.T. Zarifov uyida yashagan. 1937 yil aprel oxirlarida qishlog&#8217;iga qaytib vafot etgan. Ergash Jumanbulbul o&#8217;g\u2019lining ijodi, repertuari boy va rang-barang. Shoir &#171;Kuntug&#8217;mish&#187;, &#171;Yakka Ahmad&#187;, &#171;Alibek bilan Bolibek&#187;, &#171;dalli&#187;, &#171;Ravshan&#187;, &#171;Qunduz bilan Yulduz&#187;, &#171;Xushkeldi&#187;, &#171;Xoldorxon&#187;, &#171;Qiz Jibek&#187;, &#171;Go&#8217;ro&#8217;g&#8217;lining tug&#8217;ilishi&#187;, &#171;Hasanxon&#187;, &#171;Avazxon&#187;, &#171;Avazning Farangga safari&#187;, &#171;Nurali&#187;, &#171;xiromon&#187; (&#171;Jahongir&#187;), &#171;Alpomish&#187;, &#171;Yusuf bilan Ahmad&#187;, &#171;Tulumbiy&#187;, &#171;Qironxon&#187;, &#171;Qumri&#187;, &#171;oshiq g&#8217;arib&#187;, &#171;Vomiq bilan Uzro&#187;, &#171;Varqa bilan Gulshoh&#187;, &#171;Mahtumquli&#187; kabi 30 ga yaqin dostonlarni, juda ko&#8217;p termalarni yod bilgan. Bulardan dastlabki 9 ta Doston, &#171;Oysuluv&#187; dostonining mazmuni, ko&#8217;pgina an&#8217;anaviy va zamonaviy termalar, o&#8217;zidan avval o&#8217;tgan baxshilar va dostonchilik san&#8217;ati haqida ma&#8217;lumotlar Ergash Jumanbulbul o&#8217;g\u2019lining o&#8217;zidan yozib olingan. Ergash Jumanbulbul o&#8217;g\u2019li xalq dostonlarining barcha janrlaridan namunalar bilgan. Dostonlarning g&#8217;oyaviyligi, xalqchilligi, badiiy go&#8217;zalligi uchun kurashgan. Ergash Jumanbulbul o&#8217;g\u2019li an&#8217;anaviy Doston va termalarni kuylab kelish bilan birga o&#8217;zi ham barakali shkod qilgan. Uning &#171;tarjimai hol&#187; dostoni, &#171;keldim&#187;, &#171;Toshkent ta&#8217;rifida&#187;, &#171;qizil&#187;, &#171;Tursunoy&#187;, &#171;Oxunboboev&#187;, &#171;G&#8217;ozi Olim&#187;, &#171;Otajon Hoshim&#187;, &#171;shoirlarga rahbar Hodi&#187;, &#171;Eshon&#187;, &#171;asov qizlar&#187;, &#171;bir hafta xo&#8217;p bo&#8217;dtsi yog&#8217;in&#187; kabi termalari e&#8217;tiborga molik. Ergash Jumanbulbul o&#8217;g\u2019lining merosi keng ravishda o&#8217;rganilmoqda: shoir haqida kitoblar nashr etildi, hujjatli film yaratildi. 1972 yil mayda shoir tug&#8217;ilgan kunning 100 yilligi keng nishonlandi. Nurota tumani markazida unga byust o&#8217;rnatildi. Qo&#8217;rg&#8217;on qishlog&#8217;ida maqbarasi, haykali va uymuzeyi bor. Bundan tashqari, Samarqand shahrida Ergash Jumanbulbul o&#8217;g\u2019li, Islom shoir, Po&#8217;lkan shoir va Fozil Yo&#8217;ldosh o&#8217;g&#8217;liga kompleks haykal o&#8217;rnatilgan. Nurota tumanida bog&#8217;, Qo&#8217;shrabot tumanida maktab, Toshkent va Samarqand shahrilarida ko&#8217;chalar shoir nomi bilan atalgan. As: bulbul taronalari, 1\u20145 Jildlar, T., 197173; pesni Bulbulya, t. 13, T., 197477. Ad.: Ergash shoir va uning dostonchilikdagi o&#8217;rni, T., 1971. To&#8217;ra Mirzaev.<\/p>\n","protected":false},"excerpt":{"rendered":"<p>ERGASH JUMANBULBUL O&#8217;G&#8217;LI (1868, hozirgi Samarqand viloyati Qo&#8217;shrabot tumani qo&#8217;rg&#8217;on qishlog&#8217;i \u2014 1937.12.5, Qo&#8217;shtamg&#8217;ali qishlog&#8217;i) \u2014 o&#8217;zbek xalq shoiri, dostonchi. Dehqondostonchi oilasida tug&#8217;ilgan. Uning yetti ota bobosigacha, shuningdek, amaki va &hellip; <a href=\"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/ergash-jumanbulbul-ogli\/\" class=\"more-link\">Read More<\/a><\/p>\n","protected":false},"author":1,"featured_media":16402,"comment_status":"open","ping_status":"open","sticky":false,"template":"","format":"standard","meta":{"footnotes":""},"categories":[189],"tags":[],"class_list":["post-29238","post","type-post","status-publish","format-standard","has-post-thumbnail","hentry","category-e-harfi","entry"],"translation":{"provider":"WPGlobus","version":"3.0.2","language":"ru","enabled_languages":["uz","kr","ru"],"languages":{"uz":{"title":true,"content":true,"excerpt":false},"kr":{"title":false,"content":false,"excerpt":false},"ru":{"title":false,"content":false,"excerpt":false}}},"_links":{"self":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/29238","targetHints":{"allow":["GET"]}}],"collection":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/posts"}],"about":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/types\/post"}],"author":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/users\/1"}],"replies":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/comments?post=29238"}],"version-history":[{"count":1,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/29238\/revisions"}],"predecessor-version":[{"id":29239,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/29238\/revisions\/29239"}],"wp:featuredmedia":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/media\/16402"}],"wp:attachment":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/media?parent=29238"}],"wp:term":[{"taxonomy":"category","embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/categories?post=29238"},{"taxonomy":"post_tag","embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/tags?post=29238"}],"curies":[{"name":"wp","href":"https:\/\/api.w.org\/{rel}","templated":true}]}}