{"id":2926,"date":"2021-10-06T07:53:23","date_gmt":"2021-10-06T04:53:23","guid":{"rendered":"https:\/\/milliycha.uz\/?p=2926"},"modified":"2024-07-22T12:48:04","modified_gmt":"2024-07-22T09:48:04","slug":"gobelenlar-qachon-paydo-bolgan","status":"publish","type":"post","link":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/gobelenlar-qachon-paydo-bolgan\/","title":{"rendered":"Gobelenlar qachon paydo bo&#8217;lgan?"},"content":{"rendered":"\n<p>Dastlab qo&#8217;lda to&#8217;qilgan turli-tuman tasvirlar tushirilgan gilamlarni gobelenlar deb atashardi. Darvoqe, ularning paydo bo&#8217;lishi o&#8217;rta asrlarga taalluqlidir. Shpalerlardan farqli o&#8217;laroq rasmlar gobelenga to&#8217;qib tushirilmasdan, balki kashtachilik vositasida tikilgan. Ancha dong&#8217;i ketgan gobelenlardan biri 1066 yilda, ya&#8217;ni Fotih Vilgelm Angliyani bo&#8217;ysundirgandan keyin yaratilgan edi. Mazkur g&#8217;alabani abadiylashtirish maqsadida uning qarindoshlaridan biri gobelenga kashta solishga buyurtma beradi. U tarixga Vaueix gobeleni sifatida kirgan. Bu narsa uzunligi 70 metr bo&#8217;lgan maxsus mato edi. Unga Vilgelm g\u2019alabasi tarixidan hikoya qiluvchi 72 dona mahorat bilan kashtalangan manzarali sahnalar joylashtirilgandi. Suvratlardan har birining ostidagi lotincha tagso&#8217;zlar bo&#8217;lib o&#8217;tayotganlarni anglatadi va lashkarboshining azimatini madh etadi. Gobelen tez orada feodal qo&#8217;rgonlar ichki bezaklarining asosiy unsurlaridan biriga aylandi. Bunga odmilik (shpaler to&#8217;qiladigan uzoq vaqtga nisbatan olganda), shuningdek birmuncha past qiymat sharoit yaratdi. Gobelen to&#8217;qish san&#8217;atining haqiqiy ravnaqi barokko davrida boshlanadi. Bu davrda o&#8217;nlab mohir ustalar mehnat qiladigan bir talay ustaxonalar ochiladi. Eng yiriklaridan biri hozir ham ishlab turgan Parij manufakturasi edi. U shahar yaqinidagi Sen-Marselda 1662 yili bir qancha qirollar saroylariga xizmat ko&#8217;rsatish maqsadida ta&#8217;sis etilgandi. XV asrdan beri mashhur bo&#8217;yoqchilar gobelenlar (Cobellens) ning ustaxonasi uning negiziga aylanib, sulolaning nomi manufakturaga ham, unda ishlab chiqarilayotgan mahsulotga ham beriladi. Gobelenlarga rangli jun va ipak (ba&#8217;zan oltin va kumush) iplar-qatimlar bilan manufaktura boshqaruvchisi Sh. Lebrenning, XVIII asrda esa F. Bushe, J. B. Udri va boshqa rassomlarning rasmlari-kartonlariga ko&#8217;ra kashta solinar edi. Gobelenlar maxsus qo&#8217;l dastgohlarida alohida-alohida qismlar tarzida to&#8217;qilar, shundan so&#8217;ng ipak qatim-ip bilan kashtalash asnosida yaxlit holga keltirilar edi. Gobelenlarning o&#8217;ziga xos xususiyati \u2014 ustki tomonining qatimlar bilan asosi hosil qilinadigan taram-taram yuzasi, va teskari tomonining tirtiqlar va arqoq iplardan tashkil topadigan notekis yuzasidir. Bitta gobelendagi bo&#8217;yoqlar va ranglarning miqdori bir necha mingga yetishi mumkin. XVII\u2014XVIII asrlar gobelenlarining yuksak badiiy layoqati shu qadar dong taratdiki, ularga taqlid asnosida shpallerni ham, XIX asrda esa hatto mashinada yo&#8217;rmalangan halin to&#8217;qimali matolarni ham gobelen deb atay boshladilar. 1930-yillarning oxirlari \u2014 40-yillarning boshlarida gobelen san&#8217;ati Obyusson ustaxonalarida yangicha badiiy asosda qayta tiklandi. Biroq, endilikda ularni yangi materiallar va devorbop gilamlar tayyorlashni eslatuvchi texnikadan foydalanish, ancha yo&#8217;g&#8217;on iplarni ishlatish va ranglar miqdorini 40 taga qadar qisqartirish asnosida to&#8217;qiy boshladilar. XX asrning talay yirik musavvirlari: A. Matiss, F. Leje, Le Korbyuze, J. Pikar-Ledular o&#8217;sha kezlarda gobelenlar uchun rasmlar ishlashgan edi. Ushbu qadimiy san&#8217;at hozir ham avji ravnaqda. Shunday bo&#8217;lsa-da, zamonaviy gobelenlarga yanada erkin kompozisiya, sintetik qatimlardan foydalanish xosdir. Gobelenning shunday maroqli tarixi bor ekan.<\/p>\n","protected":false},"excerpt":{"rendered":"<p>Dastlab qo&#8217;lda to&#8217;qilgan turli-tuman tasvirlar tushirilgan gilamlarni gobelenlar deb atashardi. Darvoqe, ularning paydo bo&#8217;lishi o&#8217;rta asrlarga taalluqlidir. Shpalerlardan farqli o&#8217;laroq rasmlar gobelenga to&#8217;qib tushirilmasdan, balki kashtachilik vositasida tikilgan. Ancha dong&#8217;i &hellip; <a href=\"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/gobelenlar-qachon-paydo-bolgan\/\" class=\"more-link\">Read More<\/a><\/p>\n","protected":false},"author":1,"featured_media":657,"comment_status":"closed","ping_status":"closed","sticky":false,"template":"","format":"standard","meta":{"footnotes":""},"categories":[21],"tags":[],"class_list":["post-2926","post","type-post","status-publish","format-standard","has-post-thumbnail","hentry","category-bilasizmi","entry"],"translation":{"provider":"WPGlobus","version":"3.0.0","language":"ru","enabled_languages":["uz","kr","ru"],"languages":{"uz":{"title":true,"content":true,"excerpt":false},"kr":{"title":false,"content":false,"excerpt":false},"ru":{"title":false,"content":false,"excerpt":false}}},"_links":{"self":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/2926","targetHints":{"allow":["GET"]}}],"collection":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/posts"}],"about":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/types\/post"}],"author":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/users\/1"}],"replies":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/comments?post=2926"}],"version-history":[{"count":1,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/2926\/revisions"}],"predecessor-version":[{"id":2927,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/2926\/revisions\/2927"}],"wp:featuredmedia":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/media\/657"}],"wp:attachment":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/media?parent=2926"}],"wp:term":[{"taxonomy":"category","embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/categories?post=2926"},{"taxonomy":"post_tag","embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/tags?post=2926"}],"curies":[{"name":"wp","href":"https:\/\/api.w.org\/{rel}","templated":true}]}}