{"id":29280,"date":"2022-06-07T18:36:25","date_gmt":"2022-06-07T15:36:25","guid":{"rendered":"https:\/\/milliycha.uz\/?p=29280"},"modified":"2022-06-07T18:36:27","modified_gmt":"2022-06-07T15:36:27","slug":"eroziya","status":"publish","type":"post","link":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/eroziya\/","title":{"rendered":"EROZIYA"},"content":{"rendered":"\n<p>EROZIYA (lotincha ego8yu \u2014 yemirilish) \u2014 tog&#8217; jinslari va tuproqning oqar suvlar ta&#8217;sirida emirilish jarayoni. Eroziya relef hosil qiluvchi asosiy omillardan biridir. Yer yuzasidagi Eroziya (notekis relefning tekislanishi) va chiziqli Eroziya (relef bo&#8217;laklarga bo&#8217;linib, vodiy va jarliklarni hosil bo&#8217;lishi), yonlama Eroziya (Daryo sohillarining yuvilishi) va chuqurlikdagi Eroziya (Daryo o&#8217;zanining chuqur o&#8217;yilishi)lar farq qilinadi. Tuproqning eng yuqori qatlamlarida sodir bo&#8217;ladigan Eroziya tuproq eroziyasi deyiladi.<\/p>\n\n\n\n<p>EROZIYA (tibbiyotda) \u2014 teri epitelial yoki shilliq qavatlarining shilinishi va yaralanishi. Eroziyada epitelial qavat zararlanadi. Mexanik ta&#8217;sirlar (mas, terining chaqalanishi, shilinishi), degenerativ yallig&#8217;lanish jarayonlari (masalan, me&#8217;da Eroziyasi), yaralangan joydan ajraladigan patologik suyuklik ta&#8217;siri (masalan, bachadon bo&#8217;yni Eroziyasi) Eroziyaga olib keladi. Me&#8217;da shilliq qavati Eroziyasi kattaligi mayda nuqtachalardan bir necha santimetrgacha bo&#8217;lib, me&#8217;da kirish qismida uchraydi. Teri Eroziyasi mexanik ta&#8217;sirlar tufayli, shuningdek, teridagi pufakchalar, pustulalarning yorilishidan vujudga keladi. Eroziya ko&#8217;proq qizil rangda bo&#8217;lib, ba&#8217;zan yiring bilan qoplanadi. Bachadon bo&#8217;yni eroziyasi, asosan, bachadon bo&#8217;yni kanalining yallig&#8217;lanishi oqibatida vujudga keladi. Eroziya butunlay tuzalib ketganidan so&#8217;ng o&#8217;rnida vaqtinchalik dog&#8217; qoladi. Eroziyani keltirib chiqaruvchi sabablarni aniqlab davolash kerak.<\/p>\n","protected":false},"excerpt":{"rendered":"<p>EROZIYA (lotincha ego8yu \u2014 yemirilish) \u2014 tog&#8217; jinslari va tuproqning oqar suvlar ta&#8217;sirida emirilish jarayoni. Eroziya relef hosil qiluvchi asosiy omillardan biridir. Yer yuzasidagi Eroziya (notekis relefning tekislanishi) va chiziqli &hellip; <a href=\"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/eroziya\/\" class=\"more-link\">Read More<\/a><\/p>\n","protected":false},"author":1,"featured_media":16402,"comment_status":"open","ping_status":"open","sticky":false,"template":"","format":"standard","meta":{"footnotes":""},"categories":[189],"tags":[],"class_list":["post-29280","post","type-post","status-publish","format-standard","has-post-thumbnail","hentry","category-e-harfi","entry"],"translation":{"provider":"WPGlobus","version":"3.0.0","language":"ru","enabled_languages":["uz","kr","ru"],"languages":{"uz":{"title":true,"content":true,"excerpt":false},"kr":{"title":false,"content":false,"excerpt":false},"ru":{"title":false,"content":false,"excerpt":false}}},"_links":{"self":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/29280","targetHints":{"allow":["GET"]}}],"collection":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/posts"}],"about":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/types\/post"}],"author":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/users\/1"}],"replies":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/comments?post=29280"}],"version-history":[{"count":1,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/29280\/revisions"}],"predecessor-version":[{"id":29281,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/29280\/revisions\/29281"}],"wp:featuredmedia":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/media\/16402"}],"wp:attachment":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/media?parent=29280"}],"wp:term":[{"taxonomy":"category","embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/categories?post=29280"},{"taxonomy":"post_tag","embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/tags?post=29280"}],"curies":[{"name":"wp","href":"https:\/\/api.w.org\/{rel}","templated":true}]}}