{"id":29282,"date":"2022-06-08T08:02:09","date_gmt":"2022-06-08T05:02:09","guid":{"rendered":"https:\/\/milliycha.uz\/?p=29282"},"modified":"2022-06-08T08:02:10","modified_gmt":"2022-06-08T05:02:10","slug":"eritmalar","status":"publish","type":"post","link":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/eritmalar\/","title":{"rendered":"ERITMALAR"},"content":{"rendered":"\n<p>ERITMALAR \u2014 nisbiy miqdorlari keng oraliqda o&#8217;zgarishi mumkin bo&#8217;lgan 2. va undan ortiq komponent (tarkibiy qism)lardan tashkil topgan qattiq yoki suyuq gomogen sistemalar. Har qanday eritma erigan modda va erituvchidan iborat; undagi molekula yoki ionlar baravar tarqalgan bo&#8217;ladi. Eritmalarda erituvchi bilan erigan moddalarni bir-biridan farqlash zarur. Odatda, erituvchi sifatida sof holda ham, eritmada ham agregat holati o&#8217;zgarmagan modda olinadi. Masalan, biror tuzning suvdagi eritmasidagi erituvchi suv. Agar 2 modda bir-birida erigunicha suyuq agregat holatda bo&#8217;lsa, eritmada miqdori ko&#8217;proq komponent erituvchi sifatida qabul qilinadi. Suv bilan spirt eritmasida bu moddalarning qaysi biri eritmada mo&#8217;lroq bo&#8217;lsa, shuni erituvchi deb olinadi. Eritmalar tarkibining bir xilligi ularni kimyoviy moddalarga yaqinlashtiradi. Ba&#8217;zi moddalar erituvchilarda eriganida issiqlik ajralishi yoki yutilishi ular orasida kimyoviy ta&#8217;sir mavjudligiga dalil bo&#8217;ladi. Eritmalar tarkibining o&#8217;zgarib turishi ularning kimyoviy birikmalardan farq qilishini ko&#8217;rsatadi. Bundan tashqari, Eritmalar tarkibidagi alohida komponentlarning xossalarini aniqlash mumkin, kimyoviy birikmalarda esa buni aniqlab bo&#8217;lmaydi. Eritmalar tarkibining o&#8217;zgarib turishi ularni mexanik aralashmalarga yaqinlashtirsa, tarkiblarining bir xilligi ulardan farkdantiradi. Shu bois ham Eritmalar mexanik aralashmalar bilan kimyoviy birikmalar oralig&#8217;idagi moddalar deb qabul qilinadi. Kristallning suyuqlikda erib, eritma hosil bo&#8217;lishi individual modda molekulalarining o&#8217;zaro ta&#8217;siri buzilib, eritma komponentlari orasida yangi molekulalararo bog&#8217;lanish vujudga kelishi bilan tavsiflanadi. Kristall yuzasidan ajraladigan molekulalar diffuziya tufayli erituvchining butun hajmi bo&#8217;ylab baravar tarqaladi. Molekulaning qattiq jism yuzasidan ajralishi bir tomondan \u2014 erituvchi molekulalari tortishish kuchiga berilishi tufayli ro&#8217;y beradi. Mazkur jarayon kristallning butunlay erib tugashiga qadar davom etishi mumkin, lekin bunga ayni vaqtdagi aks jarayon \u2014 kristallanishning boshlanishi to&#8217;sqinlik qiladi. Kontsentrasiyaning oshishi qayta kristallanishni tezlashtiradi. Ma&#8217;lum muddatdan so&#8217;ng kristallning erish tezligi qayta kristallanish tezligiga tenglashib dinamik muvozanat vujudga keladi: Erimagan modda &lt;=> eritmadagi modda, ya&#8217;ni vaqt birligida qancha molekula erisa, shuncha molekula eritmadan ajralib chiqadi. Eriyotgan modda bilan muvozanatda bo&#8217;lgan eritma to&#8217;yingan eritma deb ataladi. Hajm birligidagi kontsentrasiyasi to&#8217;yingan eritmanikidan kam bo&#8217;lgan eritma to&#8217;yinmagan eritma hisoblanadi. Eritmada kristallanish markazi bo&#8217;lmasa, uni shunday sovitish mumkinki, bunda erigan moddaning kontsentrasiyasi eruvchanligidan yuqori bo&#8217;lib qoladi, natijada eritmaning o&#8217;zi o&#8217;ta to&#8217;yingan holatga o&#8217;tadi. Bunday eritma o&#8217;ta to&#8217;yingan eritma deyiladi. Suyuq eritmalarning o&#8217;ziga xos xususiyatlarini osmos, toza erituvchi bug&#8217; bosimining pasayishi, krioskopik va ebulioskopik nuqtalarning o&#8217;zgarishi orqali o&#8217;rganiladi. Eritmalarning tuzilishi uni tashkil qilgan komponentlarning xossalari bilan aniqlanadi. Agar komponentlar kimyoviy tuzilishi, molekulalarning o&#8217;lchami va boshqalar omillar bo&#8217;yicha yaqin bo&#8217;lsa, tuzilishi printsip jihatdan sof suyuqliklar tuzilishidan farq qilmaydi. Erituvchining molekulalari bilan o&#8217;zaro ta&#8217;sirlashuvi ko&#8217;pchilik modda (elektrolit)larda aks jarayon bo&#8217;lgan dissosiasiya bilan bog&#8217;liq. Tuzlar, kislota va asoslar qutbli erituvchilarda eriganida qisman yoki butunlay ionlarga parchalanadi, bu jarayon Eritmalarda zarralar sonining ko&#8217;payishiga sabab bo&#8217;ladi. Agar erituvchi suv bo&#8217;lsa, gidratlar, boshqa modda bo&#8217;lsa, solvatlar vujudga keladi. Bu jarayonlar tegishlicha gidratlanish va solvatlanish deyiladi. 1887 yil D.M.Mendeyaeyev o&#8217;zining gidratlanish nazariyasini olg&#8217;a surgan. Uning shogirdi I.A.Kablukov (umrining oxirlarida Toshkentda yashab, ilmiy ishlar olib borgan) o&#8217;z ustozi ishlarini davom etdirdi. Amaliyotda ko&#8217;proq to&#8217;yinmagan Eritmalardan foydalaniladi. Ularda erigan modda kontsentrasiyasi to&#8217;yingan Eritmalardagiga qaraganda kamroq bo&#8217;ladi. Eritmada erigan modda miqdori eritma kontsentrasiyasini belgilaydi. Erigan modda miqdori ko&#8217;p bo&#8217;lgan Eritmalar kontsentrlangan Eritmalar, kam erigan (kontsentrasiyasi nisbatan kam bo&#8217;lgan) Eritmalar suyultirilgan Eritmalar deyiladi. Eritmalar odam, hayvon va o&#8217;simliklar hayotida muhim rol o&#8217;ynaydi. Oziqovqatlar hazm qilinishidan oldin Eritmalarga o&#8217;tkaziladi. Barcha fiziologik suyukliklar Eritmalardan iborat. Eritmalar o&#8217;simliklarning o&#8217;sishida va hosildorligining oshishida muhim ahamiyatga ega. O&#8217;simliklar hosilini Eritmalarga o&#8217;tkazish sanoat texnologiyasining asosidir. Dengiz, okean, Daryo, ko&#8217;l suvlari ham Eritmalar, ularni tuzlardan tozalash, kimyoviy ishlash va boshqalar ham Eritmalar texnologiyasi bilan bog&#8217;liq. Polimerlar, lokbo&#8217;yoqlar, sirt faol moddalar, sovun va boshqalar ko&#8217;p tonnajli mahsulotlar ham Eritmalar bilan bog&#8217;liqligi ularning xalq xo&#8217;jaligida tutgan o&#8217;rni muhimligidan dalolat beradi. Ad:. Sovremennme problemm ximii rastvorov, M., 1986; Fialkov Yu.Ya., Rastvoritel kak sredstvo upravleniya ximicheskim prosessom, M., 1988. Qudrat Axmerov.<\/p>\n","protected":false},"excerpt":{"rendered":"<p>ERITMALAR \u2014 nisbiy miqdorlari keng oraliqda o&#8217;zgarishi mumkin bo&#8217;lgan 2. va undan ortiq komponent (tarkibiy qism)lardan tashkil topgan qattiq yoki suyuq gomogen sistemalar. Har qanday eritma erigan modda va erituvchidan &hellip; <a href=\"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/eritmalar\/\" class=\"more-link\">Read More<\/a><\/p>\n","protected":false},"author":1,"featured_media":16402,"comment_status":"open","ping_status":"open","sticky":false,"template":"","format":"standard","meta":{"footnotes":""},"categories":[189],"tags":[],"class_list":["post-29282","post","type-post","status-publish","format-standard","has-post-thumbnail","hentry","category-e-harfi","entry"],"translation":{"provider":"WPGlobus","version":"3.0.0","language":"ru","enabled_languages":["uz","kr","ru"],"languages":{"uz":{"title":true,"content":true,"excerpt":false},"kr":{"title":false,"content":false,"excerpt":false},"ru":{"title":false,"content":false,"excerpt":false}}},"_links":{"self":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/29282","targetHints":{"allow":["GET"]}}],"collection":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/posts"}],"about":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/types\/post"}],"author":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/users\/1"}],"replies":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/comments?post=29282"}],"version-history":[{"count":1,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/29282\/revisions"}],"predecessor-version":[{"id":29288,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/29282\/revisions\/29288"}],"wp:featuredmedia":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/media\/16402"}],"wp:attachment":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/media?parent=29282"}],"wp:term":[{"taxonomy":"category","embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/categories?post=29282"},{"taxonomy":"post_tag","embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/tags?post=29282"}],"curies":[{"name":"wp","href":"https:\/\/api.w.org\/{rel}","templated":true}]}}