{"id":29345,"date":"2022-06-08T10:57:01","date_gmt":"2022-06-08T07:57:01","guid":{"rendered":"https:\/\/milliycha.uz\/?p=29345"},"modified":"2022-06-08T10:57:02","modified_gmt":"2022-06-08T07:57:02","slug":"ertak","status":"publish","type":"post","link":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/ertak\/","title":{"rendered":"ERTAK"},"content":{"rendered":"\n<p>ERTAK \u2014 xalq og&#8217;zaki poetik ijodining asosiy janrlaridan biri; to&#8217;qima va uydirmaga asoslangan sehrli sarguzasht va maishiy xarakterdagi epik badiiy asar. Asosan, Nasr shaklida yaratilgan. M. Koshg&#8217;ariyning &#171;Devonu lug&#8217;otit turk&#187; asarida yetuk shaklida uchraydi va biror voqeani og&#8217;zaki tarzda hikoya qilish ma&#8217;nosini bildiradi. Ertak Surxondaryo, Samarqand, Farg&#8217;ona o&#8217;zbeklari orasida matal, Buxoro atrofidagi tuman va qishloqlarda ushuk, Xorazmda varsaqi, Toshkent shahri va uning atrofida cho&#8217;pchak deb ataladi. Ertak hayot haqiqatining xayoliy va hayotiy uydirmalar asosida tasvirlanganligi, tilsim va sehr vositalariga asoslanishi, voqea va harakatlarning ajoyibg&#8217;aroyib holatlarda kechishi, qahramonlarning g&#8217;ayritabiiy jasorati bilan folklorning boshqa janrlaridan farq qiladi. Ertaklarda uydirma muhim mezon bo&#8217;lib, syujet voqealarining asosini tashkil etadi, syujet chizig&#8217;idagi dinamik harakatning konflikt echimini ta&#8217;minlaydi. Uydirmalarning turli xil namunalari ta&#8217;limiyestetik funktsiyani bajaradi, janr komponenti sifatida o&#8217;ziga xos badiiy tasvir vositasi bo&#8217;lib xizmat qiladi. Uydirmalar voqea va hodisalarni hayotda bo&#8217;lishi mumkin bo&#8217;lmagan yoki mavjud bo&#8217;lgan hodisalar tarzida tasvirlaydi. Xayoliy va hayotiy uydirmalarning ishtiroki, syujet chizig&#8217;ida tutgan o&#8217;rni va vazifasiga ko&#8217;ra, Ertakni 2 guruhga \u2014 xayoliy uydirmalar asos bo&#8217;lgan Ertak, hayotiy uydirmalar asos bo&#8217;lgan Ertaklarga bo&#8217;lish mumkin. Xayoliy uydirmalar asosidagi Ertak syujeti mo&#187;jizali, sehrli; hayotiy uydirmalarga asoslangan Ertak syujeti esa hayotiy tarzda bo&#8217;lib, unda real voqea-hodisalar tasvirlanadi. Ertakda, asosan, uch maqsad hikoya qilinadi. Birinchisida ideal qahramonning jasorati, yovuz kuchlarga qarshi chiqib, xalq manfaatini himoya qilishi, ikkinchisida, asosan, bosh qahramonning o&#8217;zga yurt malikalariga yoki parizodlariga oshiq bo&#8217;lib uylanishi, kasalga dori topishi, ajdar va devlar olib qochgan kishilarni ozod qilishi, uchinchisida esa adolatsizlikka, zulmga qarshi chiqishi kabi maqsadlar bayon qilinadi. Birinchi maqsad pahlavonning faol harakati va g&#8217;ayritabiiy kuchqudrati bilan amalga oshsa, ikkinchi maqsad passiv qahramonga yordam beruvchi tilsim vositalari yordamida, uchinchi maqsad esa bosh qahramonning aql-idroki, tadbirkorligi bilan amalga oshadi. Ertak janri obrazlar talqini, g&#8217;oyaviy mazmuni va konflikti, syujet va kompozitsiyasi, uydirmalarning o&#8217;rni va vazifasi, tili va uslubiga ko&#8217;ra, shartli ravishda hayvonlar haqidagi Ertaklar, sehrli Ertaklar, maishiy Ertaklar, hajviy Ertaklarga bo&#8217;linadi. Hayvonlar haqidagi Ertaklarning bir turi majoziy Ertaklardir. Majoziy Ertaklarning (&#171;Susanbil&#187;, &#171;bo&#8217;ri bilan tulki&#187;, &#171;tulkining taqsimoti&#187;, &#171;ikki boyqush&#187; va boshqalar) syujeti asosida ko&#8217;chma ma&#8217;no, allegorik obrazlar yotadi. Masalan, laqmalik va qonxo&#8217;rlik bo&#8217;ri orqali, ayyorlik va tilyog&#8217;lamachilik tulki orqali ifodalangan. Sehrli Ertaklarda voqealar sehrjodu, fantastik uydirmalar asosiga qurilgan bo&#8217;ladi. Bularda pahlavonlik va qahramonlik madh etiladi (&#171;yalmog&#8217;iz&#187;, &#171;Semurg'&#187;, &#171;Devbachcha&#187;, &#171;Kenja Botir&#187; va boshqalar). &#171;Quloqboy&#187;, &#171;Handalak polvon&#187;, &#171;uch yolg&#8217;onda qirq yolg&#8217;on&#187; va boshqalar Ertaklar komik, ba&#8217;zilari hatto hajviy xarakterga ega. Masalan, &#171;uch yolg&#8217;onda qirq yolg&#8217;on&#187;da bosh qahramon xalq orasida Shuhrat topgan kal bo&#8217;lib, bu komik qahramonning &#171;yolg&#8217;on to&#8217;qishi&#187;dan zulm va jaholat, adolatsizlik kabi mavjud tuzumga xos illatlar qoralanadi, kishilardagi donishmandlik, tadbirkorlik kabi fazilatlar ulug&#8217;lanadi. Maishiy Ertaklarda ko&#8217;proq zulm va adolatsizlik qoralanadi (&#171;uch og&#8217;aini botirlar&#187;, &#171;Oygul bilan Baxtiyor&#187;, &#171;Tohir va Zuhra&#187;, &#171;Farhod va Shirin&#187;, &#171;Zolim podsho&#187; va boshqalar). Masalan, &#171;Uch og&#8217;aini botirlar&#187; ertagi odatdagidek ota nasihati bilan boshlanadi. Bunda ota kambag&#8217;al, lekin hayot tajribalariga boy bo&#8217;lgan shaxs, boshqa variantlarida esa shoh bo&#8217;lib, o&#8217;g&#8217;illari shahzodalardir. Botirlar obrazida axloq va odobning yuksak namunasi, odamiylik, donishmandlik, jasurlik kabi sifatlar ko&#8217;rinsa, shahzodalar qiyofasida molmulk to&#8217;plash yo&#8217;lida har qanday yomon niyatlardan qaytmaydigan yolg&#8217;onchi, johil kishilar obrazi gavdalangan. Ertaklar, asosan, didaktik vazifani bajaradi. Ertaklarning &#171;ming bir kecha&#187;, &#171;Panchatantra&#187; va boshqalar yaxshi namunalari, G.X. Andersen, V.Xauf, A.S.Pushkin kabilarning mumtoz adabiy Ertaklari jahon madaniyati xazinasiga kirgan. Komiljon Imomov.<\/p>\n","protected":false},"excerpt":{"rendered":"<p>ERTAK \u2014 xalq og&#8217;zaki poetik ijodining asosiy janrlaridan biri; to&#8217;qima va uydirmaga asoslangan sehrli sarguzasht va maishiy xarakterdagi epik badiiy asar. Asosan, Nasr shaklida yaratilgan. M. Koshg&#8217;ariyning &#171;Devonu lug&#8217;otit turk&#187; &hellip; <a href=\"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/ertak\/\" class=\"more-link\">Read More<\/a><\/p>\n","protected":false},"author":1,"featured_media":16402,"comment_status":"open","ping_status":"open","sticky":false,"template":"","format":"standard","meta":{"footnotes":""},"categories":[189],"tags":[],"class_list":["post-29345","post","type-post","status-publish","format-standard","has-post-thumbnail","hentry","category-e-harfi","entry"],"translation":{"provider":"WPGlobus","version":"3.0.0","language":"ru","enabled_languages":["uz","kr","ru"],"languages":{"uz":{"title":true,"content":true,"excerpt":false},"kr":{"title":false,"content":false,"excerpt":false},"ru":{"title":false,"content":false,"excerpt":false}}},"_links":{"self":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/29345","targetHints":{"allow":["GET"]}}],"collection":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/posts"}],"about":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/types\/post"}],"author":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/users\/1"}],"replies":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/comments?post=29345"}],"version-history":[{"count":1,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/29345\/revisions"}],"predecessor-version":[{"id":29348,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/29345\/revisions\/29348"}],"wp:featuredmedia":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/media\/16402"}],"wp:attachment":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/media?parent=29345"}],"wp:term":[{"taxonomy":"category","embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/categories?post=29345"},{"taxonomy":"post_tag","embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/tags?post=29345"}],"curies":[{"name":"wp","href":"https:\/\/api.w.org\/{rel}","templated":true}]}}