{"id":29365,"date":"2022-06-08T14:26:35","date_gmt":"2022-06-08T11:26:35","guid":{"rendered":"https:\/\/milliycha.uz\/?p=29365"},"modified":"2022-06-08T14:26:36","modified_gmt":"2022-06-08T11:26:36","slug":"talab-va-taklif","status":"publish","type":"post","link":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/talab-va-taklif\/","title":{"rendered":"TALAB VA TAKLIF"},"content":{"rendered":"\n<p>TALAB VA TAKLIF \u2014 bozor iqtisodiyotining fundamental tushunchalari. Talab (tovarlar va xizmatlarga talab) \u2014 xaridor, iste&#8217;molchining bozorda muayyan tovarlarni, ne&#8217;matlarni sotib olish istagi; bozorga chiqqan va pul imkoniyatlari bilan ta&#8217;minlangan ehtiyojlari. Ehtiyoj pul va narx vositasida talabga aylanadi. Rasman olganda talab iste&#8217;mol kattaligi miqdoridir. Tovarlar dunyosidagi xilma-xillikka mos ravishda talab hosil bo&#8217;ladi. Masalan, oziq-ovqat tovarlari, sanoat mollari, maishiy va ijtimoiy xizmatlarga bo&#8217;lgan talablar tovarlarga talab tuzilmasini tashkil etadi. Mazmuni va harakati jihatidan haqiqiy, o&#8217;sayotgan, barqaror qondirilgan, qondirilishi kechiktirilgan, qondirilmagan, me&#8217;yordagi va boshqa talablarga bo&#8217;linadi. Har bir iste&#8217;molchining, ya&#8217;ni alohida shaxs, oila, korxona, firmaning biror tovar to&#8217;plamiga yoki tovarlarga bildirilgan talablari yakka talab deyiladi. Muayyan tovarga yoki tovarlar to&#8217;plamiga barcha xaridorlar bildirgan talab yig&#8217;indisi bozor talabi , barcha bozorlarda barcha tovarlarga jamiyat miqiyosida bildirilgan ijtimoiy talab yalpi talab deyiladi. Talab miqdorining o&#8217;zgarishiga bir qancha omillar ta&#8217;sir qiladi. Ularning orasida eng muximi narx omilidir. Tovar narxining pasayishi sotib olinadigan tovar mikdorining o&#8217;sishi va aksincha, narxning o&#8217;sishi xarid miqdorining kamayishiga olib keladi. Taklif \u2014 muayyan vaqtda va muayyan narxlar bilan bozorga chiqarilgan va chiqarilishi mumkin bo&#8217;lgan tovarlar va xizmatlar miqdori bilan ifoda etiladi; taklif ishlab chiqaruvchi (sotuvchi) larning o&#8217;z tovarlarini sotishga (bozorga) taklif etish istagi. Bozorda Tovar narxi bilan uning taklifi miqdori o&#8217;rtasida bevosita bog&#8217;liqlik mavjud: narx qanchalik yuqori bo&#8217;lsa, boshqa sharoitlar o&#8217;zgarmagan hollarda, sotish uchun shuncha ko&#8217;proq tovar taklif etiladi, yoki aksincha, narx pasayishi bilan taklif hajmi qisqaradi. Masalan, 10 so&#8217;m narxda 3 tovar birligi taklif etiladi, agar narx 15 so&#8217;mga ko&#8217;tarilsa, taklif hajmi 5 birlikka qadar ko&#8217;payadi, agar narx 20 so&#8217;mga etsa, taklif hajmi 6 birlikka etadi. Shunday qilib, taklif miqdorining o&#8217;zgarishlari taklif egri chizig&#8217;ida bir nuqtadan ikkinchisiga ko&#8217;chishida o&#8217;z ifodasini topadi. Egri chiziqning ijobiy og&#8217;ishi tovar narxi bilan uning taklifi miqdori o&#8217;rtasidagi bevosita bog&#8217;liqdikni aks ettiradi. Tovar taklifiga, tovarning o&#8217;z narxidan tashqari bir qator omillar: shu tovarni ishlab chiqarish. zarur bo&#8217;lgan resurslar narxlari; qo&#8217;llaniladigan texnologiya; soliqlar va dotatsiyalar; taqchillik yoki narxlar o&#8217;zgarishlarini kutish; bozordagi sotuvchilar soni va boshqa ta&#8217;sir ko&#8217;rsatadi. Masalan, resursarning arzonlashuvi muayyan tovarni ishlab chikarish xarajatlarini kamaytiradi, bu esa uning taklifi o&#8217;sishini ta\u2019minlaydi. Taklifning o&#8217;ziga ta&#8217;sir ko&#8217;rsatadigan omillar o&#8217;zgarishlariga, birinchi navbatda, narx o&#8217;zgarishlariga sezgirligi taklif elastikligi deb ataladi. Talab va taklifning tub mazmuni ularning narx orqali o&#8217;zaro aloqadorlikda mavjud bo&#8217;lishidir. Bu aloqadorlik \u2014 talab va taklif qonuni bozor iqtisodiyotining ob&#8217;yektiv qonuni hisoblanadi. Talab va taklif qonuniga ko&#8217;ra bozordagi taklif va talab faqat miqdoran emas, balki o&#8217;zining tarkibi jihatidan ham bir-biriga mos kelishi kerak, shundagina bozor muvozanatiga erishiladi. Bu qonun ayirboshlash qonuni bo&#8217;lib, bozorni boshqaruvchi va tartiblovchi kuch darajasiga ko&#8217;tariladi. Unga ko&#8217;ra bozordagi talab o&#8217;zgarishlari darhol ishlab chiqarishga yetkazilishi kerak. Bozordagi Talab va taklif nisbatiga qarab ishlab chiqarish sur&#8217;atlar va tuzilmasi tashkil topadi. Jamiyat bu qonundan bozor muvozanatiga aloqador omillarga ta&#8217;sir etish orkali foydalanadi. Talab va taklif qonunning nazariy asoslari dastlab A. Marshall asarlarida ifodalab berilgan. Ad.: Shodmonov Sh. va b., Iqtisodiyot nazariyasi, T., 2003; Tojiboeva D., Iqgisodiyot nazariyasi, T., 2003. Ahmadjon O&#8217;lmasov, Muxtor Rasulov.<\/p>\n","protected":false},"excerpt":{"rendered":"<p>TALAB VA TAKLIF \u2014 bozor iqtisodiyotining fundamental tushunchalari. Talab (tovarlar va xizmatlarga talab) \u2014 xaridor, iste&#8217;molchining bozorda muayyan tovarlarni, ne&#8217;matlarni sotib olish istagi; bozorga chiqqan va pul imkoniyatlari bilan ta&#8217;minlangan &hellip; <a href=\"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/talab-va-taklif\/\" class=\"more-link\">Read More<\/a><\/p>\n","protected":false},"author":1,"featured_media":16402,"comment_status":"open","ping_status":"open","sticky":false,"template":"","format":"standard","meta":{"footnotes":""},"categories":[187],"tags":[],"class_list":["post-29365","post","type-post","status-publish","format-standard","has-post-thumbnail","hentry","category-t-harfi","entry"],"translation":{"provider":"WPGlobus","version":"3.0.0","language":"ru","enabled_languages":["uz","kr","ru"],"languages":{"uz":{"title":true,"content":true,"excerpt":false},"kr":{"title":false,"content":false,"excerpt":false},"ru":{"title":false,"content":false,"excerpt":false}}},"_links":{"self":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/29365","targetHints":{"allow":["GET"]}}],"collection":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/posts"}],"about":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/types\/post"}],"author":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/users\/1"}],"replies":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/comments?post=29365"}],"version-history":[{"count":1,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/29365\/revisions"}],"predecessor-version":[{"id":29366,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/29365\/revisions\/29366"}],"wp:featuredmedia":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/media\/16402"}],"wp:attachment":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/media?parent=29365"}],"wp:term":[{"taxonomy":"category","embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/categories?post=29365"},{"taxonomy":"post_tag","embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/tags?post=29365"}],"curies":[{"name":"wp","href":"https:\/\/api.w.org\/{rel}","templated":true}]}}