{"id":29371,"date":"2022-06-08T17:17:29","date_gmt":"2022-06-08T14:17:29","guid":{"rendered":"https:\/\/milliycha.uz\/?p=29371"},"modified":"2022-06-08T17:17:30","modified_gmt":"2022-06-08T14:17:30","slug":"talas-viloyati","status":"publish","type":"post","link":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/talas-viloyati\/","title":{"rendered":"TALAS VILOYATI"},"content":{"rendered":"\n<p>TALAS VILOYATI \u2014 Qirg&#8217;iziston Respublikasining shimoliy g&#8217;arbiy qismidagi viloyat, Talas vodiysida joylashgan. Shimoliy, shimol g&#8217;arbdan Qozog&#8217;iston, Janubi g&#8217;arbdan O&#8217;zbekiston va Jalolobod viloyati, sharqdan Norin va Chu viloyatlari bilan chegaradosh. Talas viloyati 1944-55 yillarda mavjud bo&#8217;lgan, 1955-80 yillarda tuman, 1980 yilda qaytadan tashkil qilingan. Umumiy maydoni 11,5 ming kilometr kvadrat. Aholisi 199,9 ming kishi (1999). Markazi \u2014 Talas shahri. Talas viloyatining yer yuzasi tog&#8217;li va shu tufayli murakkab relef shakllariga ega. G&#8217;arbdan sharqqa 230 kilometrga cho&#8217;zilgan, eng keng joyi 80 kilometr. Vodiyni qurshab turgan Qirg&#8217;iziston va Talas Olatovlari sharqsa bir-biriga yaqinlashib, tog&#8217; tugunini hosil qiladi. Balandligi 650 metrdan 4500 metrgacha. Vodiy tomondagi tog&#8217;yon bag&#8217;irlari daryolar bilan parchalangan. Talas viloyati turli xil qazilma boyliklariga ega. Konlardan Jeroy oltin koni, Achchiqtosh oltingugurt kolchedan koni katta ahamiyatga ega. Ular geologik jihatdan yaxshi o&#8217;rganilgan. Sanoat zaxirasi bo&#8217;yicha bu konlardan oltin ajratib olish va sulfat kislotasini ishlab chiqarish. imkoniyati bor. Ko\u2019mir, qurilish materiallari mavjud. Iqlimi kontinental. Yog&#8217;ingarchilik oz. Tekisliklarda yozi issiq, qurg&#8217;oqchil, qishi sovuq. Iyulning o&#8217;rtacha temperaturasi 20-22\u00b0, yanvarniki -6\u00b0, -7\u00b0. Yillik yog&#8217;in g&#8217;arbda 200 millimetr, Sharqda 400 millimetrgacha, vegetatsiya davri 130-160 kun. Viloyat daryolari, asosan, Talas daryosi sistemasiga kiradi. Talas viloyatidagi Qarqara daryosi Axsi daryosiga quyiladi. Talas daryosi kattaligi bo&#8217;yicha Qirg&#8217;izistonda 3-o&#8217;rinda turadi. Viloyatda tabiiy ko&#8217;llar yo&#8217;q. Talas Olatovida muzliklar uchraydi. Tuprog&#8217;i, asosan, bo&#8217;z tuproq. Tog&#8217;yon bag&#8217;irlarida (1600\u2014 2500 metr) ko&#8217;pincha karbonatli qo&#8217;ng&#8217;ir tuproq va tog&#8217;qora tuprog&#8217;i uchraydi. O&#8217;simliklardan chala cho&#8217;lda shuvoqefemerli va shuvoqbetaga o&#8217;simliklar o&#8217;sadi. Baland tog&#8217; o&#8217;tloqli mintaqada (2500 metrdan yuqorida) archa, qarag&#8217;ay, pixta o&#8217;rmonlari bor. Glyasialnival mintaqada (3400-3600 metrdan yuqorida) qoyatosh va shag&#8217;allar orasida Alp o&#8217;simliklari o&#8217;sadi. Talas daryosi bo&#8217;ylarida (Kumushtog&#8217;dan Qoraqo&#8217;lgacha) terak, tol va boshqa keng bargli daraxtlar bor. Tog&#8217; yon bag&#8217;irlaridan yaylov sifatida foydalaniladi. Yovvoyi hayvonlardan ayiq, silovsin, arxar, tog&#8217;takasi, kiyik, qobon, bo&#8217;ri, sug&#8217;ur, har xil kemiruvchilar, qushlar, daryolarda baliq ko&#8217;p. Talas viloyatida Talas davlat kompleks va zoologiya ko&#8217;riqxonalari bor. Talas viloyati Qirg&#8217;iziston Respublikasida qishloq xo&#8217;jaligi. mahsulotlari ayrim turlarini etishtirishda muhim ahamiyatga ega. Oziq-ovqat, yengil sanoat, qurilish materiallari korxonalari bor. Shulardan eng yiriklari: Talas shahridagi sut, pishloq zavodlari, Qorabura tumanidagi yog&#8217; zavodi. Shuningdek, non, pivo zdlari, go&#8217;sht ktlari, tikuvchilik, poyabzal fkalari faoliyat ko&#8217;rsatadi. Qurilish korxonalaridan g&#8217;isht zdi, uysozlik kombinati, temir-beton buyumlari korxonasi, shag&#8217;al saralash zdlari mavjud. Qayindi konidan granit qazib olinadi. Qishloq xo\u2019jalikning asosiy tarmog&#8217;i\u2014 chorvachilik. Qo&#8217;y, echki, qoramol, cho&#8217;chqa boqiladi. Parrandachilik, yilqichilik rivojlangan. Ot zotlarini yaxshilovchi Talas yilqichilik zavodi mavjud. Dehqonchilikda g&#8217;alla, tamaki, ozuqa, ildiz mevali o&#8217;simliklar ekiladi. Viloyatning quyi dehqonchilik rnlarida tokchilik, tog&#8217; etaklarida mevachilik rivojlangan. Viloyatdagi transportning asosiy turi avtomobil transporta. Yirik shaharlarni tutashtiruvchi magistral avtomobil yo&#8217;llari bor. Talas shahar havo yo&#8217;li orqali Bishkek, Jalolobod, To&#8217;ktag&#8217;ul, Yangibozor (Chatqol tumani) bilan bog&#8217;langan. Talas viloyatida 3 xalq teatri, adabiy-etnografik muzey, rassomchilik hunarmandchilik muzeyi, 4 madaniyat va istirohat bog&#8217;i, Manas gumbazi bor. Manas eposining 1000 yillik yubileyi munosabati bilan noyob Manas majmuasi qurilgan.<\/p>\n","protected":false},"excerpt":{"rendered":"<p>TALAS VILOYATI \u2014 Qirg&#8217;iziston Respublikasining shimoliy g&#8217;arbiy qismidagi viloyat, Talas vodiysida joylashgan. Shimoliy, shimol g&#8217;arbdan Qozog&#8217;iston, Janubi g&#8217;arbdan O&#8217;zbekiston va Jalolobod viloyati, sharqdan Norin va Chu viloyatlari bilan chegaradosh. Talas &hellip; <a href=\"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/talas-viloyati\/\" class=\"more-link\">Read More<\/a><\/p>\n","protected":false},"author":1,"featured_media":16402,"comment_status":"open","ping_status":"open","sticky":false,"template":"","format":"standard","meta":{"footnotes":""},"categories":[187],"tags":[],"class_list":["post-29371","post","type-post","status-publish","format-standard","has-post-thumbnail","hentry","category-t-harfi","entry"],"translation":{"provider":"WPGlobus","version":"3.0.0","language":"ru","enabled_languages":["uz","kr","ru"],"languages":{"uz":{"title":true,"content":true,"excerpt":false},"kr":{"title":false,"content":false,"excerpt":false},"ru":{"title":false,"content":false,"excerpt":false}}},"_links":{"self":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/29371","targetHints":{"allow":["GET"]}}],"collection":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/posts"}],"about":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/types\/post"}],"author":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/users\/1"}],"replies":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/comments?post=29371"}],"version-history":[{"count":1,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/29371\/revisions"}],"predecessor-version":[{"id":29373,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/29371\/revisions\/29373"}],"wp:featuredmedia":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/media\/16402"}],"wp:attachment":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/media?parent=29371"}],"wp:term":[{"taxonomy":"category","embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/categories?post=29371"},{"taxonomy":"post_tag","embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/tags?post=29371"}],"curies":[{"name":"wp","href":"https:\/\/api.w.org\/{rel}","templated":true}]}}