{"id":29431,"date":"2022-06-10T09:10:33","date_gmt":"2022-06-10T06:10:33","guid":{"rendered":"https:\/\/milliycha.uz\/?p=29431"},"modified":"2022-06-10T09:10:34","modified_gmt":"2022-06-10T06:10:34","slug":"tallin","status":"publish","type":"post","link":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/tallin\/","title":{"rendered":"TALLIN"},"content":{"rendered":"\n<p>TALLIN (sobiq Revel) \u2014 shahar, Estoniya poytaxti. Yirik industriya, ilmiy va madaniy markaz, transport yo&#8217;llari tuguni, dengiz porti. Aeroport bor. Fin qo&#8217;ltig&#8217;ining Janun sohilida, Tallin buxtasi yonida joylashgan. Shaharning shimoliy Sharqiy (Pirita) qismidan Pirita daryosi oqib o&#8217;tadi. Iqlimi dengiz iqlimi. Fevralning o&#8217;rtacha temperaturasi -5,8\u00b0, iyulniki 16,4\u00b0. Yillik yog\u2019in 600 millimetrgacha. Maydoni 145,9 kilometr kvadrat. Aholisi 404 ming kishi (2000). Shahar 4 ma&#8217;muriy tumanga bo&#8217;lingan. Arxeologik ma&#8217;lumotlarga ko&#8217;ra, shahar 10-asrda vujudga kelgan. Dastlab, Idrisiyning 1154 yil tuzilgan dunyo xaritasida Kolivan (xalq eposi qahramoni \u2014 Kaleva) nomi bilan tilga olingan. 1219 yil daniyaliklar hozirgi Tallin o&#8217;rnidagi estonlarga qarashli ko&#8217;hna shaharni bosib olib, unga Reval (Revel) deb nom berdilar. Biroq estonlar shaharning yangi nomini qabul qilmay, uni Tallin (Taani linna \u2014 Daniya shahri) deb atay boshladilar. Tallin savdo-hunarmandchilik markazi va dengiz porti sifatida tez rivojlandi. 1285 yil Ganza Ittifoqiga kirdi, 13-14-asrlarda Boltiq bo&#8217;yidagi eng yirik shaharlardan biriga aylandi. Tallinni 1710 yilda Rossiya bosib olgan. 19-asr oxiri \u2014 20 asr boshlarida Tallin yirik sanoat markaziga aylangan. 1940 yil 6 avgustda Tallin Estoniya SSR tarkibiga kiritildi. Urush davri (1941\u2014 45)da Tallin katta talafot ko&#8217;rdi. Urushdan keyin shahar butunlay qayta tiklandi. Sanoatining etakchi tarmokdari: mashinasozlik (kemasozlik) va metallsozlik. Ayniqsa, elektronika, elektrotexnika, priborsozlik sanoatlari tez rivojlanmoqda. Yirik korxonalari: &#171;Volta&#187; elektr motorlari zavodi, elektronika, radiotexnika, kabel, nazorato&#8217;lchov priborlari zdlari. Mashinasozlik, ekskavator, kema ta&#8217;mirlash, kimyofarmasevtika zavodlari, kimyo, fanermebel, uysozlik, tsellyulozaqog&#8217;oz kombinatlari, konditer, mebel fabrikalari bor. To&#8217;qimachilik, trikotaj, tikuvchilik, ko&#8217;npoyabzal korxonalari, elevator ishlab turibdi. Baliq, sut, go&#8217;sht, mahsulotlari, konservalar, turli qurilish materiallari ishlab chikariladi. Tallinda Estoniyada ishlab chiqariladigan yalpi sanoat mahsulotining qariyb 2\/5 qismi tayyorlanadi. Shahar tuzilishida Markaziy o&#8217;rin egallagan o&#8217;rta asr qurilishi (eski shahar) saqlangan. Eski shaharning o&#8217;zi 2 qism: Toompea tepaligidagi qismi (13-14-asrlarda qurilgan qasr bilan) va undan Janubi Sharqdagi quyi shahardan iborat. Dom sobori (13-15-asrlar) va boshqalar bor. Quyi shaharda 13-16-asrlar devor qoldiqlari, 17-asr yer osti qal&#8217;alarining qismlari, o&#8217;rta asrga xos tor ko&#8217;chalar va ko&#8217;plab me&#8217;morchilik xamda san&#8217;at yodgorliklari saqlanib qolgan. Tallinda 4 oliy o&#8217;quv yurti (politexnika, pedagogika, badiiy musiqa va teatr san&#8217;ati), bir qancha o&#8217;rta maxsus o&#8217;quv yurti, Estoniya Fanlar Akademiyasi va uning institutlari, botanika bog&#8217;i joylashgan. 13 muzey (tarix, badiiy, tabiiy fanlar, shahar, teatr va musiqa va boshqalar), 5 teatr, konservatoriya, filarmoniya, &#171;Tallinfilm&#187; kinostudiyasi, telemarkaz bor. Shahar xalqaro turizm markazi. Mehmonxona, turistik baza, kempinglar faoliyat ko&#8217;rsatadi. Tallinning Pirita, Kadriorg bog&#8217;i, eski shahar qismlari mehmonlar va sayyohlarning sevimli dam olish joylaridir.<\/p>\n","protected":false},"excerpt":{"rendered":"<p>TALLIN (sobiq Revel) \u2014 shahar, Estoniya poytaxti. Yirik industriya, ilmiy va madaniy markaz, transport yo&#8217;llari tuguni, dengiz porti. Aeroport bor. Fin qo&#8217;ltig&#8217;ining Janun sohilida, Tallin buxtasi yonida joylashgan. Shaharning shimoliy &hellip; <a href=\"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/tallin\/\" class=\"more-link\">Read More<\/a><\/p>\n","protected":false},"author":1,"featured_media":16402,"comment_status":"open","ping_status":"open","sticky":false,"template":"","format":"standard","meta":{"footnotes":""},"categories":[187],"tags":[],"class_list":["post-29431","post","type-post","status-publish","format-standard","has-post-thumbnail","hentry","category-t-harfi","entry"],"translation":{"provider":"WPGlobus","version":"3.0.2","language":"ru","enabled_languages":["uz","kr","ru"],"languages":{"uz":{"title":true,"content":true,"excerpt":false},"kr":{"title":false,"content":false,"excerpt":false},"ru":{"title":false,"content":false,"excerpt":false}}},"_links":{"self":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/29431","targetHints":{"allow":["GET"]}}],"collection":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/posts"}],"about":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/types\/post"}],"author":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/users\/1"}],"replies":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/comments?post=29431"}],"version-history":[{"count":1,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/29431\/revisions"}],"predecessor-version":[{"id":29432,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/29431\/revisions\/29432"}],"wp:featuredmedia":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/media\/16402"}],"wp:attachment":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/media?parent=29431"}],"wp:term":[{"taxonomy":"category","embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/categories?post=29431"},{"taxonomy":"post_tag","embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/tags?post=29431"}],"curies":[{"name":"wp","href":"https:\/\/api.w.org\/{rel}","templated":true}]}}