{"id":29450,"date":"2022-06-10T10:25:25","date_gmt":"2022-06-10T07:25:25","guid":{"rendered":"https:\/\/milliycha.uz\/?p=29450"},"modified":"2022-06-10T10:25:26","modified_gmt":"2022-06-10T07:25:26","slug":"tangrichilik","status":"publish","type":"post","link":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/tangrichilik\/","title":{"rendered":"TANGRICHILIK"},"content":{"rendered":"\n<p>TANGRICHILIK \u2014 qadimgi turkiy va qadimgi Oltoy xalqlari dini. Qadimgi Shumer davlatida (miloddan avvalgi 3-ming yillik) Tangriga sajda qilganlar. Til va etnik jarayonlar taraqqiyotining nostratik (borey) kontsepsiyasiga asoslangan tadqiqotchilar fikricha, 5-6 ming yillar muqaddam qadimgi Shumerdan Oltoygacha bo&#8217;lgan ulkan hududda protooltoy qabilalari yashagan. Qadimgi shumerlar qadimgi turk tiliga yakin bo&#8217;lgan protooltoy tili laxjasida so&#8217;zlashganlar. Shu davrda Tangrichilik protooltoy xalklarining eng kad. dini, insoniyat tarixidagi ilk monoteistik dinlardan biri sifatida shakllangan. Miloddan avvalgi 2-ming yillikda Mesopotamiyaga qadimgi Somiy, miloddan avvalgi 1-ming yillikda hozirgi Eron, Afg&#8217;oniston va Turon tekisligi hududlariga oriy qabilalari kirib kelishi natijasida protooltoylarning katta qismi Oltoy, Sayan tog&#8217;lari, hoz. Shim. Xitoy, Mongoliya va Sibir tomonga ketishga majbur bo&#8217;lishgan va bu yerda Oltoy xalqlari sifatida shakllangan. Ilgarigi hududda qolgan qismi esa, g&#8217;olib xalqlarga muayyan darajada qo&#8217;shilib keyin paydo bo&#8217;lgan boshqa dinlarni (zardushtiylik, buddizm, yahudiylik, xristianlik) qabul qilishgan. Tangrichilik qadim zamonda jahonda eng keng tarqalgan dinlardan biri bo&#8217;lgan. Qadimgi Oltoy xalqidan kelib chiqqan turkiy, mongol, tungus manjur, koreys va yapon xalqlarida Tangrichilikning izlari hozirgacha saqlanib qolgan. Miloddan avvalgi 1-ming yillikdan boshlab Oltoy xalqlarining turkiy xalqlar guruhi G&#8217;arbga qaytish borasida harakatini kuchaytirgan. Hunnular, sak, massaget, yueyji, Kushon, eftaliylar yagona osmon ruhi \u2014 Tangriga sajda qilganlar. Ba&#8217;zi tadqiqotchilar (M. Aji) fikriga ko&#8217;ra, hoz. xristian dinining ramzlari sifatida qaraladigan ko&#8217;p narsalarning boshlang&#8217;ich shakllari (masalan, xoch, ibodatxonalar, ibodatlar, ikonalar, cherkov qo&#8217;ng&#8217;iroklari va boshqalar) milodiy 4-asrda gunnlar bilan Yevropaga kelgan. Ad.: Sulay monov o.,Azi Ya, AlmaAta, 1975; Antonov N.K., Nasledie predkov, Yakutsk, 1993; Islam, xristianstvo: vozmojnosti duxovnoy konsolidasii narodov Kazaxstana, Al mato&#8217;, 2001; Karimov B. R., Millat, inson va til: taraqqiyot muammolari, qarshi, 2003. Baxtiyor Karimov.<\/p>\n","protected":false},"excerpt":{"rendered":"<p>TANGRICHILIK \u2014 qadimgi turkiy va qadimgi Oltoy xalqlari dini. Qadimgi Shumer davlatida (miloddan avvalgi 3-ming yillik) Tangriga sajda qilganlar. Til va etnik jarayonlar taraqqiyotining nostratik (borey) kontsepsiyasiga asoslangan tadqiqotchilar fikricha, &hellip; <a href=\"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/tangrichilik\/\" class=\"more-link\">Read More<\/a><\/p>\n","protected":false},"author":1,"featured_media":16402,"comment_status":"open","ping_status":"open","sticky":false,"template":"","format":"standard","meta":{"footnotes":""},"categories":[187],"tags":[],"class_list":["post-29450","post","type-post","status-publish","format-standard","has-post-thumbnail","hentry","category-t-harfi","entry"],"translation":{"provider":"WPGlobus","version":"3.0.2","language":"ru","enabled_languages":["uz","kr","ru"],"languages":{"uz":{"title":true,"content":true,"excerpt":false},"kr":{"title":false,"content":false,"excerpt":false},"ru":{"title":false,"content":false,"excerpt":false}}},"_links":{"self":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/29450","targetHints":{"allow":["GET"]}}],"collection":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/posts"}],"about":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/types\/post"}],"author":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/users\/1"}],"replies":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/comments?post=29450"}],"version-history":[{"count":1,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/29450\/revisions"}],"predecessor-version":[{"id":29452,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/29450\/revisions\/29452"}],"wp:featuredmedia":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/media\/16402"}],"wp:attachment":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/media?parent=29450"}],"wp:term":[{"taxonomy":"category","embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/categories?post=29450"},{"taxonomy":"post_tag","embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/tags?post=29450"}],"curies":[{"name":"wp","href":"https:\/\/api.w.org\/{rel}","templated":true}]}}