{"id":29519,"date":"2022-06-13T17:31:04","date_gmt":"2022-06-13T14:31:04","guid":{"rendered":"https:\/\/milliycha.uz\/?p=29519"},"modified":"2022-06-13T17:31:06","modified_gmt":"2022-06-13T14:31:06","slug":"tamil-adabiyoti","status":"publish","type":"post","link":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/tamil-adabiyoti\/","title":{"rendered":"TAMIL ADABIYOTI"},"content":{"rendered":"\n<p>TAMIL ADABIYOTI &#8212; Janubiy Hindistondagi Tamilnad shtati xalqining adabiyoti. Tamil adabiyoti sanskrit adabiyoti ta&#8217;siri ostida milodiy 1-ming yillikda shakllangan. Tamil tilidagi dastlabki (1-3-asrlar) yozma yodgorliklar \u2014 &#171;Ettutoxey&#187; (&#171;sakkiz to&#8217;plam&#187;), &#171;Pattuppattu&#187; (&#171;o&#8217;n qo&#8217;shiq kitobi&#187;) nazmda yaratilgan bo&#8217;lib, ular &#171;sangi she&#8217;riyati&#187; deyiladi. Unda &#171;porul&#187; (poetik mazmun) o\u2019zini 2 xil: &#171;puram&#187; (&#171;tashki ma&#8217;no&#187;) va &#171;axam&#187; (&#171;ichki ma&#8217;no&#187;) tarzida namoyon etadi. &#171;Puram&#187;da Tamil xalqining kundalik muammolari, kaxramonliklari, Odil shoh madhiyasi, ba&#8217;zan harbiylar kuylangan. &#171;Axam&#187;da esa sevgi, oilaviy munosabatlar ko&#8217;proq aks etgan. She&#8217;riyatda (6-12-asrlar) &#171;tiney&#187; (&#171;turlar&#187;) toifasidagi to&#8217;plamlar ko&#8217;p yaratilgan. Masalan, &#171;Aintiney ejubadi&#187; (&#171;besh mavzuli tineyga 70 ta she&#8217;r&#187;) yoki &#171;Tineymaley nuttraimbadi&#187; (&#171;Tiney mavzusiga yuz ellikta she&#8217;r gulchambari&#187;) va boshqalr. &#171;Tirukural&#187; (&#171;Muqaddas kurallar&#187;, 6-asr) va &#171;Naladiyar&#187; (&#171;To&#8217;rtliklar&#187;, 6\u2014 9-asr) din, hayot va sevgi mavzusidagi aforizmli she&#8217;riy to&#8217;plamlardir. 13-asrlarga kelib Tamil adabiyoti rivojlanib, hikmatli so&#8217;zlar, chuqur ma&#8217;noli she&#8217;rlardan iborat to&#8217;plamlar yaratilib, she&#8217;riy tarjimai hol janri shakllandi. Shivaizmga oid risolalardan Meykandarning &#171;Sivanyanapodam&#187; (&#171;shivaizm haqida ilmlar&#187;) to&#8217;plami mashhurdir. Bu davrda &#171;talapuranam&#187; (&#171;mahalliy Puranlar&#187;) janri keng tus oldi. 19-asrga kelib ijtimoiy-madaniy hayotda ko&#8217;tarilish bo&#8217;ldi, ma&#8217;rifatparvarlik g\u2019oyalari o&#8217;sdi, birinchi Tamil jurnali &#171;Tamil patrika&#187; (1831) va &#171;Svadesamittiran&#187; (1880) gazeta nashr etildi. Tamil naslchiligining otasi, shrilankalik yozuvchi Arumugu navarala (1823-79) ham shu davrga mansub bo&#8217;lib, u 1-sinflar uchun Tamil tilida qo&#8217;llanma yozgan. Birinchi Tamil romani &#171;Mudalnyor Pratan tarixi&#187; (1879) muallifi S. Vedayanagam Pillai (1826-89) hamda A. Madaviya (1874-1926), Mareinmaleya Adigal (1876-1950) va boshqa yozuvchilar Tamil romanini mavzu va g&#8217;oyaviy jihatdan yuqori pog&#8217;onaga ko&#8217;tardilar. S. Ayer (1881 \u2014 1925) va boshqaning dastlabki asarlarida xalqning kolonializmga qarshi kayfiyatlari bayon etilgan. Natesa Sastiri (1859-1906) detektiv hikoyaga, Rajam Ayyar (1872-98) publitsistikaga asos solgan. Dastlabki Tamil roman va hikoyalarida ma&#8217;rifatparvarlik g&#8217;oyalari, romantik motivlar ustun bo&#8217;lib, ayollarga past nazar bilan qarash qoralangan. 20-asr Tamil she&#8217;riyatida Suppiramaniya baradi (1882-1921) ijodi o&#8217;ziga xos o&#8217;rin tutgan (&#171;Milliy qo&#8217;shiqlar&#187;, 1908; &#171;tush&#187;, 1910; &#171;Baradining 66 she&#8217;ri&#187;, 1917 va boshqalar). Keyingi davr Tamil adabiyoti taraqqiyotida M. Baradarajanning (1912) &#171;ko&#8217;mir bo&#8217;lagi&#187;, Lakshmining (1912) &#171;ayol qalbi&#187; romanlari, Jagannadan (1906) va g. Ajahirisamining (1923) hikoyalari, B.S. Ramayyaning (1905) dramalari katta rol o&#8217;ynadi. Ad.: Bo&#8217;chixina L. V., Dubyanskiy A. M. Tamilskaya literatura, M., 1987. Ulfatxon Muhibova.<\/p>\n","protected":false},"excerpt":{"rendered":"<p>TAMIL ADABIYOTI &#8212; Janubiy Hindistondagi Tamilnad shtati xalqining adabiyoti. Tamil adabiyoti sanskrit adabiyoti ta&#8217;siri ostida milodiy 1-ming yillikda shakllangan. Tamil tilidagi dastlabki (1-3-asrlar) yozma yodgorliklar \u2014 &#171;Ettutoxey&#187; (&#171;sakkiz to&#8217;plam&#187;), &#171;Pattuppattu&#187; &hellip; <a href=\"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/tamil-adabiyoti\/\" class=\"more-link\">Read More<\/a><\/p>\n","protected":false},"author":1,"featured_media":15012,"comment_status":"open","ping_status":"open","sticky":false,"template":"","format":"standard","meta":{"footnotes":""},"categories":[187],"tags":[],"class_list":["post-29519","post","type-post","status-publish","format-standard","has-post-thumbnail","hentry","category-t-harfi","entry"],"translation":{"provider":"WPGlobus","version":"3.0.2","language":"ru","enabled_languages":["uz","kr","ru"],"languages":{"uz":{"title":true,"content":true,"excerpt":false},"kr":{"title":false,"content":false,"excerpt":false},"ru":{"title":false,"content":false,"excerpt":false}}},"_links":{"self":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/29519","targetHints":{"allow":["GET"]}}],"collection":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/posts"}],"about":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/types\/post"}],"author":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/users\/1"}],"replies":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/comments?post=29519"}],"version-history":[{"count":1,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/29519\/revisions"}],"predecessor-version":[{"id":29520,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/29519\/revisions\/29520"}],"wp:featuredmedia":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/media\/15012"}],"wp:attachment":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/media?parent=29519"}],"wp:term":[{"taxonomy":"category","embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/categories?post=29519"},{"taxonomy":"post_tag","embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/tags?post=29519"}],"curies":[{"name":"wp","href":"https:\/\/api.w.org\/{rel}","templated":true}]}}