{"id":29524,"date":"2022-06-14T14:54:35","date_gmt":"2022-06-14T11:54:35","guid":{"rendered":"https:\/\/milliycha.uz\/?p=29524"},"modified":"2022-06-14T14:54:37","modified_gmt":"2022-06-14T11:54:37","slug":"tan-jazosi","status":"publish","type":"post","link":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/tan-jazosi\/","title":{"rendered":"TAN JAZOSI"},"content":{"rendered":"\n<p>TAN JAZOSI, jismoniy jazo (huquqda) \u2014 ibtidoiy jamoa davrida, shuningdek, musulmon huquqiyal jinoyat sodir etgani uchun jinoyatchini jismoniy qiynash, azoblash, unga tan jarohati yetkazish. Asosan zino, tuhmat, o&#8217;g&#8217;irlik, qaroqchilik (bosqinchilik), odam o&#8217;ldirish yoki uni jarohatlash, mast qiluvchi ichimliklar iste&#8217;mol qilish, dindan qaytish, isyon ko\u2019tarish va boshqa jinoyatlarga nisbatan belgilangan. Bunday jazolarni darra bilan urish, shaxening qo&#8217;l va oyog&#8217;ini kesish, toshbo&#8217;ron qilib, osib yoki boshini tanasidan judo qilib o&#8217;ldirish bilan amalga oshirish ko&#8217;zda tutilgan. Tan jazosi asosan qamchilar orqali ijro etilgan. Qamchi tuya yoki boshqa hayvon terisidan ishlangan. Musulmon davlatlarida eng ko&#8217;p tarqalgan jazo turlaridan biri qo&#8217;llarni kesish jazosidir. Bunday jazoni tayinlash uchun o&#8217;g&#8217;irlangan pul yoki moddiy boylik miqdori belgilab qo&#8217;yilgan. Uyga, masjidga kirib, cho&#8217;ntakka tushib sodir etilgan jinoyatlar uchun so&#8217;zsiz qo&#8217;llar kesilgan. Kesish asosan barmoklarni, bilagigacha, oyoqni esa to&#8217;pig&#8217;igacha kesish orqali ijro etilgan. Shariat qoidalariga ko&#8217;ra, o&#8217;g&#8217;irlik va bosqinchilik yo&#8217;li bilan fuqarolarning mulkini egallash katta gunoh, o&#8217;ta og&#8217;ir jinoyat hisoblangan. Shariatga oid manbalarda qaroqchilar musulmon yoki zimlshyning molini olgan bo&#8217;lsa, ularning o&#8217;ng qo&#8217;llari bilan chap oyoqlari kesilgan. Agar mollarini olmasdan, ularni o&#8217;ldirgan bo&#8217;lsalar, jinoyatchilarning o&#8217;zlari ham o&#8217;ldirilgan. Agar aybdorlar molni olmasdan turib, shaxsga tan jarohati etkazgan bo&#8217;lsa, ularning barchasidan yetkazilgan tan jarohati darajasida qasos olingan. Bordiyu, jinoyatchilar molmulkni olib, so&#8217;ng shaxsga jarohat yetkazgan bo&#8217;lsa, ularning qo&#8217;l-oyoqlari kesilgan. Yangi ijtimoiy munosabatlarning tarkib topishi barobarida musulmon davlatlari huquqida 19-asrning 2-yarmidan yangi jinoyat, savdo, prosessual va boshqa qonun hamda kodekslar asosida mahkama ishlarini yuritish ustuvorlik qila boshladi (jazo). Gulchehra Matkarimova.<\/p>\n","protected":false},"excerpt":{"rendered":"<p>TAN JAZOSI, jismoniy jazo (huquqda) \u2014 ibtidoiy jamoa davrida, shuningdek, musulmon huquqiyal jinoyat sodir etgani uchun jinoyatchini jismoniy qiynash, azoblash, unga tan jarohati yetkazish. Asosan zino, tuhmat, o&#8217;g&#8217;irlik, qaroqchilik (bosqinchilik), &hellip; <a href=\"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/tan-jazosi\/\" class=\"more-link\">Read More<\/a><\/p>\n","protected":false},"author":1,"featured_media":16402,"comment_status":"open","ping_status":"open","sticky":false,"template":"","format":"standard","meta":{"footnotes":""},"categories":[187],"tags":[],"class_list":["post-29524","post","type-post","status-publish","format-standard","has-post-thumbnail","hentry","category-t-harfi","entry"],"translation":{"provider":"WPGlobus","version":"3.0.2","language":"ru","enabled_languages":["uz","kr","ru"],"languages":{"uz":{"title":true,"content":true,"excerpt":false},"kr":{"title":false,"content":false,"excerpt":false},"ru":{"title":false,"content":false,"excerpt":false}}},"_links":{"self":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/29524","targetHints":{"allow":["GET"]}}],"collection":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/posts"}],"about":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/types\/post"}],"author":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/users\/1"}],"replies":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/comments?post=29524"}],"version-history":[{"count":1,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/29524\/revisions"}],"predecessor-version":[{"id":29527,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/29524\/revisions\/29527"}],"wp:featuredmedia":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/media\/16402"}],"wp:attachment":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/media?parent=29524"}],"wp:term":[{"taxonomy":"category","embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/categories?post=29524"},{"taxonomy":"post_tag","embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/tags?post=29524"}],"curies":[{"name":"wp","href":"https:\/\/api.w.org\/{rel}","templated":true}]}}