{"id":29537,"date":"2022-06-14T15:48:44","date_gmt":"2022-06-14T12:48:44","guid":{"rendered":"https:\/\/milliycha.uz\/?p=29537"},"modified":"2022-06-14T15:48:46","modified_gmt":"2022-06-14T12:48:46","slug":"tanbur","status":"publish","type":"post","link":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/tanbur\/","title":{"rendered":"TANBUR"},"content":{"rendered":"\n<p>TANBUR \u2014 qadimgi torli musiqa cholg&#8217;u asbobi. Forobiyning musiqa risolasida Xuroson Tanburining parda tuzilishi keltirilgan. O&#8217;zbek, tojik, uyg&#8217;ur va boshqa xalqlarda professional soz sifatida keng tarqalgan. Noksimon o&#8217;yma kosasi yo&#8217;g&#8217;on va uzun dastasi bilan birga yaxlit tut yog&#8217;ochidan yasaladi; umumiy uzunligi 110\u2014 130 santimetr. Kosasining qopqog&#8217;i, ko&#8217;pincha, yupqa yog&#8217;och taxtachadan qilinadi, unda rezonator teshikchalari bor. Pay ip bilan bog&#8217;langan 16-19 pardasi bo&#8217;lib, oltinchisi, odatda, ijro etiladigan asarning ladtonallik xususiyatiga ko&#8217;ra yuqori yoki pastga surib qo&#8217;yiladi. Kosa qopqog&#8217;ida cho&#8217;pdan yana 4 ta xas pardasi bo&#8217;ladi. Tanburning 3 ta toridan birinchisi (yukrridan) asosiy, 2 tasi yordamchidir; birinchisi va uchinchisi unisonga, ikkinchisi ularga nisbatan kvarta, ba&#8217;zan kvinta yoki sekunda past sozlanadi. Tanbur qo&#8217;lning ko&#8217;rsatkich barmog&#8217;iga kiyiladigan noxun bilan turli uslubda (torlarni yuqoridan va pastdan urib) chalinadi. Tanbur O&#8217;zbekistonda boshqa torli chertma sozlardan farqli o&#8217;laroq, diatonic tovushqatorga ega. Tanburning torlari uzun va ingichka, pardalari yo&#8217;g&#8217;on (diametri 3 millimetrgacha) bo&#8217;lganligidan torni turlicha kuch bilan bosib, tovush balandligini yarim tongacha o&#8217;zgartirish mumkin. Mazkur yo&#8217;l bilan Tanburda kuylarga o&#8217;ziga xos tebratma sayqal, nolalar beriladi. Tanburning o&#8217;ziga xos nozik va ta&#8217;sirchan ovozi, keng diapazoni tufayli Buxoro Shashmakrmi ijrosida asosiy yakkanavoz va (vocal qismlarda) jo&#8217;rnavoz soz hisoblanadi. Tanburning keng badiiy imkoniyatlari Tanbur Alimatov va uning shogirdlari talqinida namoyon bo&#8217;lmoqda. Tanburning chortor (4 t nb torli), panjtor (5 torli), an ur&#8217; shashtor (6 torli) turlari bor. Tanburning elektr adapter bilan jihozlangan turlari estrada ijrochiligida qo&#8217;llaniladi. O&#8217;zbek bastakorlaridan Hoji Abdulaziz, J. Sultonov, F.Mamadaliev, O.Hotamov, kompozitorlardan Sayfi Jalil (&#171;Qalbimda&#187;), M.Mahmudov (&#171;Navo&#187; simfoniyasi), M.Bafoev (&#171;Lison uttayr&#187;) va boshqalar. Tanbur imkoniyatlaridan ijodiy foydalanishgan.<\/p>\n","protected":false},"excerpt":{"rendered":"<p>TANBUR \u2014 qadimgi torli musiqa cholg&#8217;u asbobi. Forobiyning musiqa risolasida Xuroson Tanburining parda tuzilishi keltirilgan. O&#8217;zbek, tojik, uyg&#8217;ur va boshqa xalqlarda professional soz sifatida keng tarqalgan. Noksimon o&#8217;yma kosasi yo&#8217;g&#8217;on &hellip; <a href=\"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/tanbur\/\" class=\"more-link\">Read More<\/a><\/p>\n","protected":false},"author":1,"featured_media":16402,"comment_status":"open","ping_status":"open","sticky":false,"template":"","format":"standard","meta":{"footnotes":""},"categories":[187],"tags":[],"class_list":["post-29537","post","type-post","status-publish","format-standard","has-post-thumbnail","hentry","category-t-harfi","entry"],"translation":{"provider":"WPGlobus","version":"3.0.2","language":"ru","enabled_languages":["uz","kr","ru"],"languages":{"uz":{"title":true,"content":true,"excerpt":false},"kr":{"title":false,"content":false,"excerpt":false},"ru":{"title":false,"content":false,"excerpt":false}}},"_links":{"self":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/29537","targetHints":{"allow":["GET"]}}],"collection":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/posts"}],"about":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/types\/post"}],"author":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/users\/1"}],"replies":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/comments?post=29537"}],"version-history":[{"count":1,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/29537\/revisions"}],"predecessor-version":[{"id":29542,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/29537\/revisions\/29542"}],"wp:featuredmedia":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/media\/16402"}],"wp:attachment":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/media?parent=29537"}],"wp:term":[{"taxonomy":"category","embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/categories?post=29537"},{"taxonomy":"post_tag","embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/tags?post=29537"}],"curies":[{"name":"wp","href":"https:\/\/api.w.org\/{rel}","templated":true}]}}