{"id":29566,"date":"2022-08-24T14:51:43","date_gmt":"2022-08-24T11:51:43","guid":{"rendered":"https:\/\/milliycha.uz\/?p=29566"},"modified":"2022-08-24T14:51:45","modified_gmt":"2022-08-24T11:51:45","slug":"tanlash","status":"publish","type":"post","link":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/tanlash\/","title":{"rendered":"TANLASH"},"content":{"rendered":"\n<p>TANLASH \u2014 1) chorvachilikda \u2014 naslchilikdagi sun&#8217;iy tanlash usullaridan biri; hayvonlarni poda va zot ichidan xo&#8217;jalik va selektsion sifat (tashqi ko&#8217;rinish) va va miqdor (tirik vazni, jun va tivit chiqishi va boshqalar) belgilari bo&#8217;yicha baholab, nasl olish uchun ajratish; chorva hayvonlarini tanlashda ulardagi selektsion belgilarining asosiylari e&#8217;tiborga olinadi. Masalan, Qorako&#8217;l qo&#8217;ylarida terining sifati, hisori qo&#8217;ylarda vazni, tana shakli, sigirlarda sut sog&#8217;imi va tarkibi, yilqichilikda ot tanasining rivoji va shakli asosiy Tanlash belgilari hisoblanadi. Tanlash ishlari mollarning yoshligidan olib boriladi va har bir guruh uchun o&#8217;ziga xos baholash va Tanlash usullari qo&#8217;llaniladi. Masalan, buqalarni baholash va Tanlash 1-bosqichda genotipi, 2-bosqichda o&#8217;sish quvvati, rivojlanishi, ekstereri, urug&#8217;lantirish qobiliyati, 3-bosqichda avlodining sifati bo&#8217;yicha o&#8217;tkaziladi. Sigirlar ekstereri kompleks bahosining 40%ni elin sifat ko&#8217;rsatkichlari, 25% ini oyoq va tuyoq shakli, mustahkamligi, 20%ini gavda tuzilishi shakli, 15% ini sutdorlik tipi tashkil etadi. Tanlashning samaradorligi populyasiya soni va uning arealiga, hayvonlarning serpushtligi va mahsuldorligiga, belgilarning naeldannaelga o&#8217;tish tarzi hamda o&#8217;zgaruvchanligiga, Tanlashning jadalligi va yo&#8217;nalishiga bog&#8217;liq; 2) o&#8217;simlikshunoslikda \u2014 selektsiyaning asosiy usullaridan biri; genetik usullar bilan birga tegishli belgi va xususiyatlarga ega bo&#8217;lgan yangi navlar yaratish imkoniyatini beradi. Tanlash o&#8217;simliklarning hosildorligi, kasalliklar hamda zararkunandalarga chidamlilik va boshqa belgilari bo&#8217;yicha tabiiy va sun&#8217;iy usulda olib boriladi. Tabiiy tanlanishaa ma&#8217;lum o&#8217;sish sharoitida ko&#8217;proq mukammallashgan va shu sharoitga yaxshiroq moslashgan o&#8217;simliklar yashab qoladi. Sun&#8217;iy Tanlash inson tomonidan olib boriladi. O&#8217;simlikshunoslikda Tanlash, shuningdek, ekin turi, xo&#8217;jalik belgilari va selektsiya maqsadlariga qarab, 3 xil \u2014 yalpi, yakka va klon usulda olib boriladi. Yalpi va yakka Tanlash bir va ko&#8217;p martali hamda uzluksiz bo&#8217;ladi. Yalpi (umumiy) Tanlashda qator belgilari eng yaxshi va bir tipli usimliklar ajratib olinadi. Yakka Tanlashda eng yaxshi o&#8217;simliklar ajratib olinadi va urug&#8217;lari alohida-alohida paykallarga ekiladi. Har ikki usulda ham o&#8217;simliklar bir marta yoki ko&#8217;p marta ekilishi mumkin. Klon Tanlashda tuganak, qalamcha, ildiz yoki piyozboshlardan foydalanib, yangi navlar yaratish ham mumkin.<\/p>\n","protected":false},"excerpt":{"rendered":"<p>TANLASH \u2014 1) chorvachilikda \u2014 naslchilikdagi sun&#8217;iy tanlash usullaridan biri; hayvonlarni poda va zot ichidan xo&#8217;jalik va selektsion sifat (tashqi ko&#8217;rinish) va va miqdor (tirik vazni, jun va tivit chiqishi &hellip; <a href=\"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/tanlash\/\" class=\"more-link\">Read More<\/a><\/p>\n","protected":false},"author":1,"featured_media":16402,"comment_status":"closed","ping_status":"closed","sticky":false,"template":"","format":"standard","meta":{"footnotes":""},"categories":[187],"tags":[],"class_list":["post-29566","post","type-post","status-publish","format-standard","has-post-thumbnail","hentry","category-t-harfi","entry"],"translation":{"provider":"WPGlobus","version":"3.0.2","language":"ru","enabled_languages":["uz","kr","ru"],"languages":{"uz":{"title":true,"content":true,"excerpt":false},"kr":{"title":false,"content":false,"excerpt":false},"ru":{"title":false,"content":false,"excerpt":false}}},"_links":{"self":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/29566","targetHints":{"allow":["GET"]}}],"collection":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/posts"}],"about":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/types\/post"}],"author":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/users\/1"}],"replies":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/comments?post=29566"}],"version-history":[{"count":1,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/29566\/revisions"}],"predecessor-version":[{"id":29568,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/29566\/revisions\/29568"}],"wp:featuredmedia":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/media\/16402"}],"wp:attachment":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/media?parent=29566"}],"wp:term":[{"taxonomy":"category","embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/categories?post=29566"},{"taxonomy":"post_tag","embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/tags?post=29566"}],"curies":[{"name":"wp","href":"https:\/\/api.w.org\/{rel}","templated":true}]}}