{"id":29764,"date":"2022-09-11T15:42:15","date_gmt":"2022-09-11T12:42:15","guid":{"rendered":"https:\/\/milliycha.uz\/?p=29764"},"modified":"2022-09-11T15:42:17","modified_gmt":"2022-09-11T12:42:17","slug":"yil-fasllari","status":"publish","type":"post","link":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/yil-fasllari\/","title":{"rendered":"YIL FASLLARI"},"content":{"rendered":"\n<p>YIL FASLLARI \u2014 bahor, yoz, kuz, qish. Yil fasllarining almashinishi yer aylanish o&#8217;qining orbita (yerning Quyosh atrofida aylanish yo&#8217;li) tekisligiga nisbatan og&#8217;ishganligi (66\u00b033&#8242;) sabab bo&#8217;ladi. Yer Quyosh tevaragida aylanganda Yer o&#8217;qining yo&#8217;nalishi o&#8217;zgarmaydi. Shu sababli yer Quyosh atrofida aylanar ekan bir shimoliy qutb, bir Janubiy qutb Quyoshga qarab qoladi. Shimoliy qutb Quyoshga ro&#8217;para bo&#8217;lganda shimoliy yarim shar ko&#8217;proq isiydi, Janubiy qutb Quyoshga ro&#8217;para kelganda esa Janubiy yarim shar ko&#8217;proq isiydi. Shundan yil fasllari almashinadi. Shimoliy yarim sharda bahor faslining boshlanishi deb \u2014 Quyoshning bahorgi kun-tun tengligi nuqtasidan o&#8217;tish vaqti (21-22 mart); yoz faslining boshlanishi deb Quyoshning yozgi turish nuqtasidan o&#8217;tishi (21 -22 iyun); kuz faslining boshlanishi deb \u2014 Queshning kuzgi teng kunlik nuqtasidan o&#8217;tishi (23 sentabr) va qishning boshlanishi deb \u2014 Quyoshning kishki turish nuqtasidan o&#8217;tishi (21-22 dekabr) kunlari qabul qilingan. Janubiy yarim sharda bularning aksi bo&#8217;ladi. Yil fasllari bir-biridan yer yuzining hamma joyida ham farq qila bermaydi. Masalan, ekvator yaqinida havo doim bir xil bo&#8217;ladi. Bu o&#8217;lkalarga ikki tomondan tutashgan joylarda (ekvator yoni o&#8217;lkalarda) yil 2 faslga bo&#8217;linadi: qurg&#8217;oqchil va seryomg&#8217;ir fasl. O&#8217;zbekiston joylashgan kengliklarda esa bahor va kuz fasllari qisqaroq (2 oy atrofida), yoz fasli uzun (5 oy chamasi) bo&#8217;ladi. Qutbiy o&#8217;lkalarda, aksincha, yoz juda qisqa, qish uzoq davom etadi. Yil fasllarining astronomik uzunligi: bahorniki 92,8 sutka, yozniki 93,6 sutka, kuzniki 89,8 sutka va qishniki 89,0 sutka, biroq turli zonalarda Yil fasllarining uzunligi turlicha bo&#8217;ladi.<\/p>\n","protected":false},"excerpt":{"rendered":"<p>YIL FASLLARI \u2014 bahor, yoz, kuz, qish. Yil fasllarining almashinishi yer aylanish o&#8217;qining orbita (yerning Quyosh atrofida aylanish yo&#8217;li) tekisligiga nisbatan og&#8217;ishganligi (66\u00b033&#8242;) sabab bo&#8217;ladi. Yer Quyosh tevaragida aylanganda Yer &hellip; <a href=\"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/yil-fasllari\/\" class=\"more-link\">Read More<\/a><\/p>\n","protected":false},"author":1,"featured_media":15012,"comment_status":"open","ping_status":"open","sticky":false,"template":"","format":"standard","meta":{"footnotes":""},"categories":[196],"tags":[],"class_list":["post-29764","post","type-post","status-publish","format-standard","has-post-thumbnail","hentry","category-y-harfi","entry"],"translation":{"provider":"WPGlobus","version":"3.0.0","language":"ru","enabled_languages":["uz","kr","ru"],"languages":{"uz":{"title":true,"content":true,"excerpt":false},"kr":{"title":false,"content":false,"excerpt":false},"ru":{"title":false,"content":false,"excerpt":false}}},"_links":{"self":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/29764","targetHints":{"allow":["GET"]}}],"collection":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/posts"}],"about":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/types\/post"}],"author":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/users\/1"}],"replies":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/comments?post=29764"}],"version-history":[{"count":1,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/29764\/revisions"}],"predecessor-version":[{"id":29769,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/29764\/revisions\/29769"}],"wp:featuredmedia":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/media\/15012"}],"wp:attachment":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/media?parent=29764"}],"wp:term":[{"taxonomy":"category","embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/categories?post=29764"},{"taxonomy":"post_tag","embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/tags?post=29764"}],"curies":[{"name":"wp","href":"https:\/\/api.w.org\/{rel}","templated":true}]}}